7 ona tili javobi docx


lug‘aviy shakl sanaladi. Egalik, kelishik, -man, -miz, -san, -siz, -dir


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana28.02.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1237687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
7 - ona tili JAVOBI

lug‘aviy shakl
sanaladi. Egalik, kelishik, -man, -miz, -san, -siz, -dir qo‘shimchalariga ega
bo‘lgan shakli esa munosabat shakllari hisoblanadi. Ism asoslariga qo‘shilib,
ularni boshqa so‘zlarga bog‘lab kelish va gap bo‘laklarini shakllantirishga xizmat
qilgani uchun egalik, kelishik, -man, -miz, -san, -siz, -dir qo‘shimchalari
munosabat shakllari deyiladi. Ismlarning munosabat shakllariga quyidagilar
kiradi: 1) egalik shakllari; 2) kelishik shakllari; 3) ismlarni kesim sifatida
shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi -man, -miz, -san, -siz, -
dir qo‘shimchalari, bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so‘zlari. Uchinchi turdagi
qo‘shimchalar bog‘lamalar deb ham yuritiladi.
ISMLARNING SINTAKTIK (MUNOSABAT) SHAKLLARI
Egalik, kelishik, kesimlik(bog’lama).


10
Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, asos qismda ifodalangan narsa, belgi-
xususiyat, harakat-holatlarning uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan
shakllar tizimi EGALIK QO‘SHIMCHALARI hisoblanadi:
Ilmning nihoyasi yo‘q. (Abdurauf Fitrat) O‘qishda, madaniyatda ilg‘or, sog‘lom,
siyosiy yuqori saviyali yoshlarimiz bizning iftixorimizdir. (Oybek)
Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida qo‘llangan III shaxs
egalik qo‘shimchasi shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, balki xoslik, umumdan
ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shuning uchun bunday birikmalarda oldingi
qism qaratqich kelishigida qo‘llanilmaydi. Masalan: Bobur bog‘i; Orol dengizi.
-i, -si egalik qo‘shimchasi bir qator so‘zlarda qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan
bog‘lanmaydi. Bunday so‘zlarda ular yaxlitlanib qolgan. O‘z vazifasini yo‘-
qotgan: kechasi, kunduzi kabi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling