2
OLMOSH
Barcha mustaqil so‘z
turkumlari, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashinib
qo‘llaniluvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar
olmosh
hisoblanadi. Masalan:
Kitobni ko‘p o‘qisangiz,
undan ko‘p hikmat topasiz.
Istagim
shuki, doimo tinchlik bo‘lsin. Birinchi gapda
undan olmoshi
kitob so‘zi
(ot) o‘rnida,
ikkinchi gapda shuki olmoshi doimo tinchlik bo‘lsin
gapi o‘rnida
qo‘llanilgan. Olmoshlarning aniq
atash ma’nosi bo‘lmaydi. Uning qaysi ma’noda
kelayotgani matnda
qaysi so‘z yoki gap o‘rnida almashinib
kelishiga qarab
belgilanadi. Olmoshlarning ma’nosiga ko‘ra quyidagi turlari bor:
Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‘z, so‘z birikmasi o‘rnida qo‘llanib, unga ishora
qiluvchi yoki biror so‘zni aniqlab keluvchi olmoshlar ko‘rsatish
olmoshlari
hisoblanadi. So‘z ma’nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‘zi
aniqlayotgan
so‘zdan oldin qo‘llanadi. Masalan: Bu daftar meniki.
Bu, shu, u, o‘sha, ana, mana kabi so‘zlar
ko‘rsatish olmoshlari sanaladi.
Yozuvda mana bu,
mana shu, ana bu,
ana shu olmoshlari ajratib yoziladi. Ba’zan
bu olmoshlar og‘zaki nutqda
manovi, anovi tarzida talaffuz qilinishi va shunday
yozilishi mumkin. Ba’zi ko‘rsatish olmoshlariga egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt,
chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda,
«n» tovushi orttiriladi: shu+n+ga,
bu+n+da, bu+n+ im, o‘sha+n+ga kabi.
Olmosh + payt/o’rin = ravish
U yer, bu yer = bular
ravish,
olmosh emas