7-O`zbekiston tarixi Testlar 1-26-betlar Madaminbek Ikramov 1


Quyidagi qaysi ilk o‘rta asr davlati hukmdori “Sho” deb yuritilgan? A) Sosoniylar B) Kidariylar C) Eftallar D) Xioniylar 8


Download 52 Kb.
bet2/5
Sana19.01.2023
Hajmi52 Kb.
#1100484
1   2   3   4   5
Bog'liq
0a294c6ac55b99ae888d98ecdff7fd15 7-O`zbekiston tarixi Testlar

7. Quyidagi qaysi ilk o‘rta asr davlati hukmdori “Sho” deb yuritilgan?
A) Sosoniylar B) Kidariylar
C) Eftallar D) Xioniylar
8. Berilgan javoblarning qaysi biri noto‘g‘ri?
A) xioniylar davlati 120 yildan ortiqroq yashaydi
B) Pero‘z 484-yilda eftaliylarga qarshi yurishga otlanadi
C) IV asrning 70-yillarida O‘rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o‘rnatildi
D) kidariylar VI asrning 20-yillarida O‘rta Osiyoga kirib keldi
9. Qachon G‘arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chiradi?
A) VII asrning dastlabki choragida
B) VII asrning ikkinchi choragida
C) VII asrning oxirlarida
D) VIII asrning dastlabki choragida
10. Eftaliylarning 25 harfli yozuvi qaysi yozuv asosida paydo bo‘ldi?
A) baqtriya yozuvi B) oromiy yozuvi
C) kushon yozuvi D) so‘g‘d yozuvi
11. Turk xoqoni Istamiga kuyov bo‘lgan sosoniylar hukmdorini aniqlang.
A) Xusrav I Anushervon B) Kubod
C) Pero‘z D) Yazdigird
12. Turklar nechanchi yilda eftaliylar davlati yerlariga bostirib kirib, Parak va uning markazi Chochni egalladi?
A) 578-yil B) 558-yil C) 563-yil D) 576-yil
13. Qaysi ilk o‘rta asr davlatida ayrim tangalarida hatto hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan?
A) Xorazm B) Choch
C) So‘g‘d D) Toxariston
14. Ilk o‘rta asrlarda xat, hujjat va ayrim maktubotlar asosan nimalarga yozilgan?
A) tosh, devor va qog‘ozga B) qog‘oz, ohak va teriga
C) yog‘och, tosh va devorlarga D) charm, yog‘och va sopolga
15. So‘g‘dda bolalar ... yoshga to‘lgach yozuv va hisob o‘rgatilar,… yoshdan esa savdo ishlarini o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga jo‘natilar edi.
A) 7, 16 B) 6, 20 C) 5, 20 D) 7, 18
16. So‘g‘d tilida yozilgan hujjatlar topilgan Turfan shahri qayerda joylashgan?
A) Tojikistonda B) Mo‘g‘ulistonda
C) Sharqiy Turkistonda D) Yettisuvda
17. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyoda zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik, moniylik va qam kabi bir necha mahalliy dinlar mavjud bo‘lgan. Aholining ko‘pchiligi qaysi dinga e’tiqod qilgan?
A) moniylik B) buddaviylik
C) zardushtiylik D) qam (shomonlik)
18. O‘rta Osiyoda ko‘k turk xati ham qo‘llanilgan. Turklarning bu yozuvi bir-biriga chirmashib ketgan … harflardan iborat bo‘lgan.
A) 38-40 ta B) 20-25 ta C) 27-30 ta D) 48-50 ta
19. V-VII asrlarda O‘rta Osiyo bir qancha mayda, mustaqil hokimliklarga bo‘linib ketdi. Ularning soni qancha edi?
A) 20 dan ortiq B) 10 ga yaqin
C) 15 dan ortiq D) 25 ga yaqin
20. Toxariston aholisining asosiy qismi qishloq xo‘jaligining qaysi tarmog‘i bilan shug‘ullangan?
A) Ko‘chmanchi chorvachilik va hunarmandchilik
B) chorvachilik va qisman dehqonchilik
C) o‘troq dehqonchilik
D) yilqichilik, tuyachilik va qisman dehqonchilik
21. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ancha rivojlangan edi. Birgina Buxoro shahrining o‘zida usta hunarmandlar tomonidan nechta turdagi cholg‘u asboblari yasalgan?
A) o‘n besh turdagi B) yigirma turdagi
C) o‘n turdagi D) o‘ttiz turdagi

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling