Ko‘plab mamlakatlarda yoshlarning radikallashuviga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatmoqda
Download 219.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish
Radikal diniy oqimlar "Ko‘plab mamlakatlarda yoshlarning radikallashuviga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatmoqda" . Aslida radikal tushunchasi chegara bilmaydi. Bunga misol, «Otamdan qolgan dalalar» filmida jahli chiqqan ayolning Stalinning suratini oyna-poynasi bilan sindirib tashlaganini ko‘rib qo‘shnisi shaytonlab qoladi, esingizdami? Ana shu, masalan, shovinistik radikalizmga bir misol. Ya’ni radikalizmning aynan islom yoki dindor musulmonlar bilan o‘lchanishi noto‘g‘ri. Sababi, islom to‘laligicha mo‘’tadillikka asoslangan, buning kichik bir isbotini payg‘ambar Muhammad alayhissalomning «o‘rta yo‘lni tutinglar, taassubga ketmanglar» degan ma’nodagi so‘zlarida ham ko‘rish mumkin! Joriy yilning 13 oktyabr sanasida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligi, taraqqiyot va farovonligiga raxna solayotgan radikalizmga alohida to‘xtalib, uning yoshlar orasida keng tarqalayotganligi, bunday xavf-xatarlarga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik o‘rnatishga alohida e’tibor qaratdi: «Biz radikal g‘oyalarning keng xurujiga yanada ko‘proq to‘qnash kelmoqdamiz. Buzg‘unchi kuchlar targ‘ibot va mafkuraviy ta’sirning yangi usullaridan foydalangan holda, ekstremistik tashkilotlarga yoshlarni faol jalb etmoqda. Shu munosabat bilan yosh avlodni radikalizmdan asrash, ularning kuch-g‘ayrati va azmi-shijoatini bunyodkorlik sari yo‘naltirish uchun tizimli hamkorlikni o‘rnatishimiz kerak». Darhaqiqat, dunyoning turli burchaklarida diniy ekstremizm va radikalizmning keng yoyilishi mamlakatlar tinchligi, mintaqalar xavfsizligiga katta raxna solmoqda. Diniy ekstremizm, radikalizm va terrorizmga qarshi kurashning xorij tajribasini o‘rganish, ibratli jihatlarini o‘zlashtirish hamda hayotga tatbiq etish mavjud davlatlarning barchasi uchun bir xilda zarur va foydali. Shu bois Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti professori, Misr tashqi ishlar kengashi a’zosi Xalil Mona Abdul Malik xonim bilan Arab-islom olamida diniy ekstremizm va terrorizm muammosiga birinchilardan bo‘lib duch kelgan Misr Arab Respublikasining bu boradagi boy tajribasi haqida suhbatlashdik. Download 219.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling