Ko‘plab mamlakatlarda yoshlarning radikallashuviga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatmoqda


– Zamonaviy Misr tarixidan ma’lumki, mamlakat uzoq yillar davomida


Download 219.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana08.01.2023
Hajmi219.29 Kb.
#1084158
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish

– Zamonaviy Misr tarixidan ma’lumki, mamlakat uzoq yillar davomida 
radikalizm, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash olib bormoqda. 
Ayting-chi, Misrning amaldagi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi davrida 
davlatning mazkur xavf-xatarlarga qarshi kurash siyosatida qanday muhim 
o‘zgarishlar yuz berdi? 
– Darhaqiqat, Misrning terroristik va radikal harakatlarga qarshi kurashi uzoq 
tarixga ega. Aslida 1928 yilda «Musulmon birodarlar» harakati paydo bo‘lganidan 
beri mamlakat rahbariyati ularning faoliyati oldini olish uchun turli xil choralarni 
ko‘rib kelmoqda. Biroq, 2013 yil 30 iyunda o‘n millionlab misrliklar (dastlabki 
ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining taxminan 57%) o‘z shaharlari 
ko‘chalariga chiqib, «Musulmon birodarlar» harakati vakili bo‘lgan Prezident 
Muhammad Mursiyning zudlik bilan iste’foga chiqishini talab qilgan inqilob 
umumiy norozilikning avj nuqtasi bo‘ldi. O‘sha kunlarda Misr xalqi armiya 
rahbariyatiga faqatgina bir yil hokimiyatda bo‘lgan radikal tashkilot hukmronligini 
tugatish talabi bilan murojaat qildi. Mudofaa vaziri va bo‘lajak Prezident 
Abdulfattoh as-Sisi keyingi voqealar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi: aynan 
u mudofaa bo‘limi boshlig‘i sifatida mamlakatda tartibni ta’minlashga qaratilgan, 
Prezident Mursiyga ultimatum e’lon qilgan, Misr jamiyatining turli siyosiy va 


ijtimoiy kuchlarini birlashtirishga hissa qo‘shgan, muvaqqat hukumatga hokimiyatni 
topshirishning tinch natijasini nazorat qilgan. 
Abdulfattoh as-Sisi prezident etib saylanganidan so‘ng, Misrda diniy 
ekstremizm, terrorizm va radikalizmga qarshi kurash choralari sezilarli darajada 
kuchaytirildi va hokimiyat tomonidan ushbu masalaga yondashuv sifat jihatidan 
o‘zgardi, jumladan, bir qator yangi qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi, yoshlar 
bilan tizimli ishlar boshlandi. 

Download 219.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling