Ko‘plab mamlakatlarda yoshlarning radikallashuviga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatmoqda
– Misr hukumatining yoshlar radikallashuviga qarshi hozirgi siyosati
Download 219.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish
– Misr hukumatining yoshlar radikallashuviga qarshi hozirgi siyosati
haqida qisqacha ma’lumot bersangiz. – Hozirda Misr hukumatining yoshlar radikallashuviga qarshi siyosati bir necha yo‘nalishda amalga oshirilmoqda. Ulardan birinchisi va ehtimol, eng muhimi — media sohasidir. Bir necha yillardan buyon Misr kinematografiyasi radikal, shu jumladan, terroristik tashkilotlar va ular bilan kurashayotgan mamlakat huquq- tartibot idoralari vakillarining sahna ortidagi hayoti haqida hikoya qiluvchi yuqori professional seriallar va badiiy filmlarni katta muvaffaqiyat bilan yaratmoqda. Qolaversa, ko‘pincha haqiqiy voqealarga asoslangan bunday filmlarning syujetlari nafaqat hayajonli va ishonchli, balki jahon kino yaratish nuqtai nazaridan ham yuqori sifatga ega. Misollar orasida «Tanlov», «Tashkilot», «Qarshi hujum», «Qohira – Kobul» kabi nufuzli seriallar, shuningdek, «Poda» va «Hujayra» filmlari mavjud. Shu bilan birga, davlat va xususiy telekanallar yoshlarning radikallashuvi va davlat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilinadigan o‘z dasturlari, tok- shoulari, o‘yinlar va intervyulariga egadirlar. Ikkinchi yo‘nalish — Misr yoshlari bilan bevosita ishlash bo‘lib, mamlakatda muntazam ravishda xalqaro yoshlar tadbirlari o‘tkaziladi va ulardan eng mashhuri 2017 yilda Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi homiyligida Misrning Sharm ash-Shayx shahrida tashkil etilgan Jahon yoshlar forumidir. Forum shioriga ko‘ra, u «yoshlar tomonidan tinchlik, farovonlik, totuvlik va taraqqiyot xabarini butun dunyoga yetkazadi». Bu forum har yili noyabr oyida bo‘lib o‘tib, Misr yoshlari va dunyoning turli burchaklaridan kelgan yigitlarni birlashtiradi, ularning ekologiya, tadbirkorlik, ijtimoiy adolat, inson huquqlari, texnologiya va raqamlashtirish, jahon energetikasi kelajagi, masofaviy ta’lim hamda boshqa masalalarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantiradi. O‘z navbatida, Misr yoshlar va sport vaziri Ashraf Sobhi yaqinda o‘z bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan yoshlarning keyingi ta’limini rivojlantirishga yordam beradigan, shuningdek, ularni munosib ish bilan ta’minlaydigan rahbar yoxud tadbirkor bo‘lish, ya’ni o‘z mamlakati hayotida faol ishtirok etish imkoniyatini beradigan davlatning 2022-2027 yillardagi milliy yoshlar strategiyasi haqida xabar berdi. Va nihoyat, Misrda yosh misrliklarni rivojlantirish, ularni mavjud loyihalarga kiritish, shuningdek, jamiyat hayotiga faol jalb etishga qaratilgan dunyoviy yoshlar tashkilotlari rivojlanmoqda. Bunday tashkilotlarga «Misr yoshlar va taraqqiyot jamg‘armasi», «Misr yoshlari Federatsiyasi», «Misrni sevadigan yoshlar», «Misr avlodlari» va «Yo‘nalish» kabi tashkilotlar kiradi. Download 219.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling