Fitotsenozning dinamikasi (O’zgarishi) va doimiyligi


Download 95 Kb.
bet1/5
Sana22.10.2023
Hajmi95 Kb.
#1715219
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1363444661 42315


www.arxiv.uz

Reja:


1. Fitotsenozning tasnifi
2. O’zbekiston o’simliklari
Fitotsenozning dinamikasi (o’zgarishi) va doimiyligi
Biz yuqorida ko’rib o’gganimizdek o’simlikdar qoplami doimiy ravishda u yoki bu darajada o’zgarib turadi. Bunday o’zgarishlarning asosiy tipi qo’yidagilardir; sutkalik, mavsumiy, hamda yillik bo’ladi. O’simliklar qoplamining o’zgarishida bir qancha ekologik omillarning o’ziga xos o’rni bor. Jumladan iqlim omillari, edafik omillar, antropogen omillar. Shuningdek jamoalarning almashinishida turlarning alohida almashinishi, aksincha yoppasiga almashinishi hamda jamoa evolyutsiyasiga bog’liqlik bor.
Iqlim omillarining keskin o’zgarishi natijasida o’simliklar qoplamida sifat va miqdor jihatidan o’zgarishlar bo’lishi tabiiy. Yog’in miqdorining ko’p bo’lishi, o’simliklar qoplamining sifat jihatidan o’zgarishiga olib keladi. Masalan mavjud turlarning bo’yining baland bo’lishi, sershox va ko’p hosil qilishi kuzatilsa, jamoadagi turlar individ jihatidan ham ko’p bo’ladi. Aksincha, yog’ingarchilik mikdori juda kam bo’lganda jamoadagi ko’plab namsevar o’simlik turlari nobud bo’lib ketishi mumkin. Ular o’rniga qurg’oqchilikka chidamli boshqa turlar kirib keladi. Bundan tashqari o’simliklar qoplamining o’zgarishida tuproq omillarining ham roli katta. Bunga tuproqning mexanik va ximiyaviy tarkibi ta’sir ko’rsatadi. Misol uchun tuproq tarkibining sho’rlanishi natijasida mavjud jamoaning turlar tarkibi keskin o’zgaradi. Uzoq tarixiy taraqqiyotga ega bo’lgan turlar o’rniga boshqa sho’rga chidamli turlar kirib keladi. Bunday holni Orol dengizi atrofida, Qarshi va Mirzacho’liing o’zlashtirilgan maydonlarida ko’rish mumkin. Qarshi cho’lida bugungi kunda sho’rga chidamli sho’radoshlar oilasining vakillari hamda qamish, yulg’un (Tatapx hispida willd), kabi turlar keng tarqalgan. Har bir jamoa aslida asrlar davomida shakllanadi. Unga tuproq tarkibidagi oziq moddalar miqdori ham katta tasir ko’rsatadi. Yerda oziq moddalar miqdori yetarli yoki ko’p bo’lganda turlar soni ham, individlar soni ham ko’p bo’lib, efemer va efemeroid turlar ko’plab o’sadi. Tuproqda oziq moddalar miqdori kam bo’lganda jamoada o’simliklarning turlar soni ham anchagina kam bo’lish bilan birga individlar miqdori ham son jihatidan kam bo’ladi.
Har qanday muhitga tez moslashgan o’simlik turlari shu jamoaning xo’jayin turi bo’lib hisoblanadi. Misol uchun, shuvoq bilan yantoq (Alhagi sparsifolia Shap) bir jamoada juda kam hollarda birga o’sadi. Sababi shuki, yantoq (Alhagi sparsifolia Shap) muhitga tez moslashadi. Ildiz sistemasi yerga chuqur kirib, namga to’liq yetib boradi. Bu esa shuvoqning o’sib rivojlanishiga salbiy ta’sir etib, shuvoqni jamoadan siqib chiqaradi yoki aksincha tog’li zonalarda, yerosti suvlari kam bo’lgan joylarda shuvoq yantoq (Alhagi sparsifolia Shap)ni jamoadan siqib chiqaradi. Jamoaning o’zgarib turishida bundan tashqari antropogen omillarning, hayvonot dunyosining va tabiiy ofatlarning ham roli va o’rni juda katta.
Qumli cho’l sharoiti uchun o’simliklar qoplamida, asosan, quyonsuyak va saksovul (Haloxylon aphyllum) asosiy o’rinni egallar edi. Hozirgi kunda esa inson ta’siri natijasida bu o’simliklar keskin kamayib ketgan. Inson ta’siri natijasida O’zbekistonda juda ko’plab tur o’simliklar sifat va son jihatidan inqirozga uchragan. Juda katta maydonlarni egallagan jamoalar ham yo’q bo’lish darajasiga kelib qoldi. Tabiiy bodomzorlar, yong’oqzorlar, pistazorlar, bodomchazorlar maydoni keskin kamayib ketdi. O’zbekistonning noyob boyligi bo’lgan archazorlar o’tgan asrning boshlarida katta inqirozni boshidan kechirdi.
CHorva mollarining doimiy ravishda yaylov almashinib boqilishi natijasida tog’ va adir mintqasidagi ko’plab yovvoyi o’simlik turlari cho’l mintaqasida ham keng tarqaldi. Cho’l mintaqasida esa isiriq (Peganum harmala L) zorlar keng maydonlarni ishg’ol etib jamoa hosil qilib o’smokda. O’simlik turlarining bunday tarqalishida hayvonot dunyosining, jumladan, chorva mollarining o’rni katta.
Ma’lumki har bir jamoada o’ziga xos o’zgarishlar mavjud bo’ladi. Har bir jamoa sutka davomida ham o’zgarib turadi. Jamoaning sutkalik o’zgarishi deganda har bir individda sutka davomida bo’ladigan o’sish, rivojlanish, g’unchalash, gullash, urug’ va meva hosil qilish holatlari tushuniladi. Jamoada bo’ladigan mavsumiy o’zgarish ham son va sifat o’zgarishidan iboratdir. Malum bir fitotsenozda turlar tarkibiga ko’ra har xil o’zgarish bo’ladi. Fitotsenozdagi bir yillik efemer turlar yillik yog’ingarchilik miqdoriga havo haroratita qarab o’zgaradi. Jamoadagi har bir tur urug’ hosil qilib, vegetatsiya davrini tugatayotgan davrda ikkinchi bir tur gullayotgan, uchinchi bir tur endi unib chiqayotgan bo’ladi. Bu hol jamoaning sifat o’zgarishini keltirib chiqaradi. Jamoadagi turlarning ba’zilari yil davomida o’sib rivojlansa, boshqa bir turlar juda qisqa muddatda o’z vegetatsiyani tugatadi. Fitotsenozda turlar son jihatidan ancha kam bo’lib qoladi. Jamoadagi har qanday o’zgarish jamoa yashab turgan muhitga-ekologik omillarga bog’liq bo’ladi. O’simliklar qoplamidagi yillik o’zgarishlar f l u k t u a ts i o n o’zgarishlar deyiladi. Mavsumiy va yillik o’zgarishlar qaytar o’zgarishlar diyiladi, ular fitotsenozlarning o’zgarishiga olib kelmaydi.
Fitotsenozning almashinuvi deganda bir turdagi o’simliklar o’rniga boshqa turdagi o’simliklarning kirib kelishiga shuningdek fitotsenozlarning boshqalari bilan almashinuviga olib keladigan qaytmas o’zgarishlar-almashunuvlar yoki suktsessiyalar tushiniladi. S u k ts ye s s i ya- lotincha suktsessio vorislik degan manoni bildirib, o’simliklarni almashinishi bir fitotsenozning shu joyiing o’zida boshqa bir fitotsenoz bilan almashinishi, ya’ni o’simlik jamoasining navbatlanishi, gallanishi demakdir. Ba’zi adabiyotlarda berilishicha s u k ts ye s s i ya deganda o’simliklar dunyosida juda katta masshtabda emas aksincha ancha kichik maydonlarida ro’y beradigan o’zgarishlarni tushunamiz
V. N. Sukachev «Fitotsenologiyaningbir qancha asosiy masalalari» (1950) asarida fitotsenozning almashinishini quyidagi gruppalarga bo’ladi.
S i n g e n e t i k almashinish - biror bir yangi muhitga o’simlik turlarining yangidan kirib borishi bo’lib, qumloqlarda, toshloqlarda, daryo o’zanlarida ro’y beradi. Bunda turlar bir-birlari bilan tuproq, atmosfera muhitida o’zaro munosabatda bo’lib, moslasha boradi. Bu yerda yangidan tuproq o’simlik-muhiti tashkil topa boshlaydi. Ba’zi fizgeografik va floristik tumanlarda singenitik o’zgarishlarning o’tishi boshqa joylardagidan keskin farq qiladi. Xususan sernam muhitli joylarda bu jarayon butunlay o’ziga xos bo’ladi. Singenetik ikkilamchi ekotopda sodir bo’lsa, u dastlabki mavjud bo’lgan fitotsenoz tiklanguncha davom etadi va suktsession qator tarzida kechadi. Ba’zan o’rmondagi daraxtlarning yoshga bog’liq almashunuvlari ham singenetik almashinuvga misol bo’ladi. Singenetik o’zgarishlar ba’zan ancha tez, ba’zan esa haddan tashqari sekin (asriy) sodir bo’ladigan jarayondir. Bunga siyrak o’simliklar qoplamiga ega bo’lgan O’rta Osiyo cho’llarini misol qilish mumkin. Bunday bo’lishining sababi haroratning yuqori bo’lishi va suvning yetishmasligidir. Tabiiyki bunday sharoitda turlar soni va indivitlar zichligi ancha kam bo’ladi.
E n d o e k o g e n e t i k almashinish bu o’zgarishlar singenetik o’zgarishlarning keyingi bosqichi bo’lib, bunda jamoa o’zining ma’lum bir qat’iy muhitiga ega bo’ladi. Uning navbatdagi o’zgarishi jamoaning yangidan muhit hosil qiluvchi o’zgarishini ifodalaydi. Endoekogenetik almashinish—deganda, fitotsenoz o’zi yashab turgan sharoitni- fitotsenozning ichki muhitini o’zi tomonidan o’zgartirilish natijasida kelib chiqadigan almashinuvga tushiniladi. Klements aytganidek, fitotsenoz o’z tabiatidan kelib chiqadigan sabablarga ko’ra rivojlanadi, yetiladi va nobud bo’ladi va boshqa fitotsenozga o’rin bo’shatib beradi.
E k z o e k o g e n e t i k almashinish—bu jamoaga tashqaridan bo’ladigan tasodifiy hodisalar orqali tasir ko’rsatiladi. Hashoratlarning ko’payib ketishi, yer ko’chkilarining hosil bo’lishi, yer surilishi kabi hodisalar ro’y beradi. Ba’zan bunga inson ta’sirini ham kiritish mumkin. Masalan yong’inlar bo’lishi, yoppasiga kesish, surunkali chorva mollarini boqish va hakozolar. Ekzoekogenetik almashunuvlar quyidagi guruhlarga bo’linadi.
a) klimatogen (iqlimiy), b) geomorfogen, v) edafogen, g) zoogen, d) antropogen.
K l i m a t o g e n almashinuvlar. Bu almashunuvni iqlimiy almashunuv ham deb ataladi. Iqlimiy o’zgarishlar natijasida fitotsenozning ma’lum bir qismi o’zgarishi ham mumkin. Ba’an to’liq o’zgaradi. Masalan uchlamchi davr oxirida iqlimning sovub ketishi natijasida o’sha davr florasining juda kambag’allashb ketishiga asos bo’lgan. Natijada florada faqatgina sovuqqa chidamli turlar hukmron bo’lib qolgan.
G ye o m o r f o g ye n almashinuvlar. Bu almashunuv Yer shari landshaftining o’zgarishi bilan bog’liq. P. D. Yaroshenko fikriga ko’ra bu xil o’zgarishlar tog’ massivlarining ko’tarilishi, yer qobig’ining to’lqinsimon tebranishi natijasida kelib chiqadi. Tog’ massivlarining ko’tarilishi natijasida iqlim ham o’zgaradi, shu bilan birga balandlik pog’onalari ham shakllanadi.
E d a f o g e n almashinuvlar. Edafogen almashinuvlar tuproq muhitining o’zgarishi natijasida sodir bo’ladi.
Z o o g e n almashinuvlar. Hayvonlar natijasida bo’ladigan almashunuvlar. Bunga yaylovlarning degradasiyaga uchrashi yaxshi misol bo’la oladi. Bundan tashqari ba’zi bir turlarga turli xil kasalliklarning yuqishi natijasida nobud bo’lishi ham misol bo’la oladi.
A n t r o p o g e n almashinuvlar. (Biz bu haqda fitotsenozga inson faoliyatining salbiy ta’siri haqida antropogen omillar mavzusida misollar keltirgan edik.)
Sukachev (1954) jamoada o’simliklar almashinuvini yana bitta turga ko’paytiradi. Bu g o l o g e n e t i k almashinish - bu jarayon ancha katta maydonlarni o’z ichiga olib, jamoada turlar tarkibi ham keskin o’zgaradi. Bunday almashinish iqlim sharoitining keskin o’zgarishi natijasida, daryo sohillarining, o’zanining almashinishi, vodiylarning kengayishi, kuchli to’fonlarning bo’lishi natijasida ro’y beradi. Bu o’zgarishda o’simliklar qoplamining keskin almashinishi katta maydonlarda ba’zan birmintaqa va davlatlarda ham bo’lishi mumkin.
O’simliklar qoplamining o’zgarishini va almashinishini Yaroshenko (1961) ikki gruppaga bo’ladi. T a 6 i i y ravishda bo’ladigan almashinish. Bu ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi; a) doimiy ravishda bo’ladigan o’zgarishlar; b) tasodifiy ravishda bo’ladigan almashinish.
A n t r o p o g e n omil tasirida bo’ladigan almashinish. Bu ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi; a) doimiy bo’ladigan almashinish; b) tasodifiy bo’ladigan almashinii. Doimiy ravishda bo’ladigan o’zgarishlar har ikkala holda ham malum bir qonuniyat asosida ro’y beradi. Inson xo’jalik faoliyati uchun o’simliklar olamidan rejali, samarali, tejamkorlik bilan foydalanishi lozim. Tasodifiy almashinishni «h a l o k a t l i» almashinish deb ham atash mumkin. Sababi tasodifiy almashinish doimiy ravishda halokatli tugaydi. Iqlimning keskin o’zgarishi, kuchli suv toshqinlari, yerning t i k t o n i k harakati kabi hodisalar tasodifiy ro’y beradi.
Fitotsenozlarning doimiyligi. Tabiatda turlar nisbati o’zgarmasdir. Xuddi shunday fitotsenozlar ham ma’lum davr oralig’ida anchagina barqaror saqlanib turadi. Asosan inson ta’siri yetib bormagan joylarda, o’rmonlarda, baland tog’larda fitotsenozlar asrlar davomida o’zgarmasdan saqlanadi. Bundan tashqari ko’p yillik o’t o’simliklar ham anchagina barqaror bo’ladi. Chunki ko’p yillik o’simlik turlari ham urug’idan ham vegetativ yo’llar bilan ko’payadi. Doimiy kam o’zgaruvchi tsenozlarni Yer sharining tayga qismida, Amazonka to’qayzorlarida, Amudaryo to’qayzorlarida uchratish mumkin. Amerikalik olim Klements iqlim klimaksi ta’limotiga ko’ra, fitotsenozlar shakllanganligiga ko’ra ikkita guruhga ajratiladi, Bulardan birinchisi to’liq shakllanib bo’lgan fitotsenozlar bo’lib (klimakslar) bular o’zi yashayotgan muhitga to’liq moslashib bo’lgandir. O’zbekistonda bunday tseozlarga cho’ldagi saksavulzorlar misol bo’ladi. Bular ming yillar davomida almashinadigan iqlim ta’sirida to’liq almashinadi. Ikkinchisi to’liq shakllanib ulgurmagan fitotsenozlar bo’lib, klimaks shakllanishining ba’zi bir bosqichlari hisoblanadi. Ular ketma ken almashinish natijasida klimaks o’simlik uyushmasiga almashinishi mumkin. Bu jarayonni seriyali uyushmalar diyiladi. Bunda bir tur emas, balki har xil hayotiy shaklga ega bo’lgan bir qancha turlar ishtirok etishi mumkin. Masalan cho’lda saksavul bilan birga qum akatsiyasi, juzg’unlar ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari tuproqning sho’rlanishi natijasida subklimakslar deb nomlanuvchi tsenozlar faydo bo’ladi. Bular boshqa bir ta’sir natijasida klimakslarga aylana olmaydi. Misol tabiiy va antropogen ta’sirlar bo’lishi mumkin. Tabiiy klimakslarga antropogen ta’sir bo’lib, bu yerlarga boshqa ekinlar ekilsa bu yerlarda disklimakslar paydo bo’ladi. Bunga yerlarni o’zlashtirish natijasida tashkil etilgan agrofitotsenozlar yaqqol misol bo’ladi.



Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling