Fitotsenozning dinamikasi (O’zgarishi) va doimiyligi


GEOBOTANIKADAN ENG MUHIM TERMINLAR IZOHI


Download 95 Kb.
bet4/5
Sana22.10.2023
Hajmi95 Kb.
#1715219
1   2   3   4   5
Bog'liq
1363444661 42315

GEOBOTANIKADAN ENG MUHIM TERMINLAR IZOHI



Avtotrof



noorganik moddalarni fotosintez natijasida organik moddalarga aylantirib oziqlanuvchi o’simliklar.

Anemaxor



meva va urug’larning shamol yordamida changlanishi.



Atsedofil



Nordon, kislotali muhitdagina yashay oladigan o’simlik turlari.



Biotsenoz



bir xil tabiiy sharoitda tarqalgan va bir-birlariga moslashgan tirik organizmlar jamoasi.

Biogeotsenoz



o’simliklar qavmi yoki jamoasi (fitotsenoz) va unda tarqalgan hayvonlar (zootsenoz) ning ma’lum bir tabiiy sharoitda bir-biriga moslashib, kompleks holda mavjud bo’lishi biotop fitotsenoz, zootsenoz va geomuhitlardan iborat murakkab tsenoz.

Biotop



muayyan organizmlarning yashashi uchun mos bo’lgan o’ziga xos sharoitli maydon. Misol: botqoqlik yoki o’rmon maydoni.

Biotsenologiya



organizmlarning bir-biriga va tabiiy sharoitga bo’lgan munosabatini o’rganadigan fan.

Geobotanika



o’simliklar jamoasining va undagi qavmlarning (fitotsenozlarning) tuzilishi, tarkibi va taraqqiyotini tuproq, iqlim hamda boshqa omillarga bog’lab o’rganuvchi fan.

Gigrofitlar

suvga boy sharoitda o’sishga moslashgan o’simliklar.

Gidrofitlar



suvga tanasining yarmidan kam qismi botganligi bilan farklanadigan o’simliklar.

Gidotofitlar



tanasining yarmidan oshiqroq qismi yoki butunlay suvga botib o’sadigan o’simliklar.

Golofitlar

sho’r yerda yaxshi o’suvchi o’simliklar.

Dominantlar



har bir yarus va o’simlik assotsiatsiyasida ustinlik qiluvchi o’simlik turlari.

Indeferent

tuproq tarkibiga farqsiz o’simlik turlari.

Kalkafob

Toshli muhitda yashay olmaydigan o’simliklar.

Kalkofil

Toshloq yerlarda yaxshi o’sadigan o’simliklar.

Kaltsifil

ohakga boy bo’lgan muhitda (ishqorli) yaxshi o’suvchi o’simliklar.

Kaltsefob

ohakli muhitda yashay olmaydigan o’simliklar.

Kriofit

Sovuqqa chidamli o’simliklar.

Konsument

Organik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlar.

Liana

Boshqa o’simliklarga o’ralib o’suvchi o’simliklar.

Mezofit

o’rtacha namli tuproq va yumshoq iqlimli sharoitda o’suvchi o’simliklar.

Makrorelef

Hudud jihatdan ancha yirik bo’lgan yerning past- balandligi.

Mikrorelef

kichik bir joyning past-balandligi, relefi.

Oligotrof



o’zi o’sayotgan substratdan kam oziq moddalar talab etadigan o’simliklar. Ular kam oziqli tuproqlarda o’sadi.

Produtsentlar



oddiy anorganik tarkibiy qismlardan organik modda ishlab chiqaradigan avtotrof va xemotrof organizmlar.

Psammofit

qumli joylarda o’sishga moslashgan o’simliklar.

Redutsent



asosan bakteriya va zamburug’lardan iborat organizmlar bo’lib, o’lik organik moddalarni minerallashtiradi.

Sinuziya

ekologik jihatdan o’xshash hayotiy formalarni birlashtiruvchi o’simliklar assotsiasining bir bo’lagi.

Subdominant



fitotsenozdagi ustunlik qiluvchi (dominant) o’simliklarning ikkinchi darajalilari.



Sukkulent



barcha organlarida suv serob bo’lgan o’simliklar.



Suktsessiya



bir fitotsenozning shu joyning o’zida boshqa bir fitotsenoz bilan almashinishi, ya’ni o’simlik jamoasining gallanishi.

Stsiofitlar



soyasevar o’simliklar.

Skelerofitlar



qurg’oqchil sharoitda yaxshi o’sishga moslashgan, qattiq, qalin tuklarga o’ralgan o’simliklar.

Flora



ma’lum mamlakat yoki bir geografik punkt yoki hududidagi o’simlik turlarining majmui, ularning har tomonlama tasvirlangan umumiy ro’yxati.

Fitotsenoz



o’simliklar qavmi bprlashib yashovchi o’simliklarning tabiiy guruhi. U o’ziga xos turlari, strukturasi, muhiti bilan xarakterlanadi.

Fotoperiodizm



Kunning uzun va qisqa bo’lishiga o’simliklarning munosabati. Yorug’lik stadiyasining o’tishi.

Epifit



o’simliklar tanasida (ko’pincha daraxtlarda) tekinxo’rlik qilmasdan yashaydigan o’simlik turlari.

Adabiyotlar ro’yxati:

1. Adilov T. A., Arifxonova M. M. Granitov I. I. “O’simliklar geografiyasi”



Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling