Fitotsenozning dinamikasi (O’zgarishi) va doimiyligi
Download 95 Kb.
|
1363444661 42315
FITOTSENOZNING TASNIFI
Yer yuzida tarqalgai o’simliklar jamoasida juda ko’plab turlar uchrab, tur tarkibiga ko’ra jamoalar bir-biridan farq qilish bilan birga, ma’lum darajada bir-biriga o’xshaydi. Shuning uchun ham ularni bir-biridan ajratish uchun alohida birliklar qabul qilingan. Dastlabki o’simliklar qoplamining fizionomik tiplari-xillari formatsiyalar deb nomlangan edi. (Martius, 1824). Keyinchalik Grizebax (1888) umumiy fizionomik ko’rinishga ega bo’lgan o’simlik guruhlari - formatsiya deb ataladi degan edi. Ammo fizionomiyasiga qarab o’simliklar qoplamini tizimga solish noto’g’ri bo’lar edi. Shu sababli 1910 yilda Tsyurixda o’tkazilgan Butun dunyo botaniklar kongressida Flao va Shreterlarning taklifiga ko’ra, o’simliklar qoplamining asosiy sistematik birligini assotsiatsiya deb atash qobil qilindi.”Assotsiatsiya-o’ziga xos yashash (o’sish) sharoiti va fizionomiyasiga ega bo’lgan muayyan floristik tarkibdagi o’simlik uyushmalaridir”. O’simliklar jamoasini-fitotsenozni tasniflashda V. N. Sukachev (1928) taklif ztgan sistematik birlikdan foydalanish mumkin. Fitotsenozning o’simliklari bir xil bo’lgan hamma qismlari birgalikda -assotsiatsiya (qavm) ni tashkil qiladi. Fitotsenoz bilan assotsiatsiya o’rtasidagi farq xuddi o’simlik tushunchasi bilan tur tushunchalarining farqiga o’xshaydi. Fitotsenoz, o’simlik tushunchasi singari umumiy, assotsiatsiya esa turga o’xshash aniq tushunchadir. Ya’ni assotsiatsiya fitotsenozning alohida olingan, aniq holati. Tur-o’simliklar sistematikasida eng kichik asosiy birlik, turlar yig’indisi florani tashkil etadi. Assotsiatsiya esa fitotsenologiyadagi asosiy birlik bo’lib, ularning yig’indisi o’simliklar qoplamini, o’simliklar olamini tashkil etadi. Tur flora evolyutsiyasining bosqichi hisoblanadi. Assotsiatsiya esa o’simliklar olami taraqqiyotining bosqichidir. Fitotsenozni Harakterlovchi bir necha belgilar assotsiatsiya uchun ham Harakterlidir. Assotsiatsiyalar floristik tarkibiga ko’ra, hamda undagi edifikator turlariga qarab bir-biridan farqlanadi, Shuning uchun ham geobotanikada eng asosiy kichik birlik assotsiatsiyadir. Aniq bir kichik maydondagi assotsiatsiya - Sukachev tarificha bir xil tarkibga, tuzilishga, munosabatga o’xshash sinuziyaga ega bo’lgan o’simliklar turlaridan tashkil topgan, deyarli bir xil yashash sharoitga, tashqi ko’rinishga ega bo’lgan to’da turlarning qavm bo’lib yashashiga aytiladi. Har qanday assotsiatsiya-tashqi muhit va tuproq tarkibi bilan doimiy aloqada bo’lib turadi. Tabiatda aniq fitotsenozlar hamda ular birlashadigan assotsiatsiyalar mavjuddir. Assotsiatsiyalarni bir-biridan farqlashda subdominant turlar etiborga olinadi. Edifikator turlari bir xil, ammo subedifikatorlari har xil bo’lgan assotsiatsiyalarga subassotsiatsiyalar diyiladi. O’simliklar sistematikasida tur lotin tilida qo’sh nom bilan ataladi. Geobotanikada ham assotsiatsiyani nomlashda shu usuldan foydalaniladi. Assotsiatsiya edifikator va sub edifikator turlar nomi bilan yuritiladi. Bunda birinchi so’z birinchi yarusning dominant turi, ikkinchi so’z esa subdominantning nomi bo’ladi. Masalan assotsiatsiyada jusan edifikator, qo’ng’irbosh subedifikator bo’lganda lotin tilida yozilishda avval sub edifikator tur keyin oxirida edifikator tur yoziladi. Edifikator turning oxirgi qo’shimchasi tushib qoldirilib, o’rniga «etum» qo’shiladi, subdominant turga esa «osum» qo’shiladi. Masalan, lotin tilida yozganda Roa bullosum - Artemisia diffetum bo’lib, bunda jusan dominant ekanligi bilinadi. Ba’zan ba’zi bir assotsiatsiyalarni bir nechta tur o’simlik (2,3,4,5) nomi bilan ham ataladi. Bu o’simliklarning pog’onalik darajasiga bog’liq. Bunda birinchi pog’onada siyrak daraxtlar, ikkinchi pog’onada siyrak butalar, uchinchi pog’onada o’tlar yoki efemer turlar bo’lishi mumkin. Bunday assotsiatsiyalarni murakkab tartibli assotsiatsiya deb yuritiladi. Bunda bir xil pog’onadagi dominant va sub dominant turlar (+) plyus belgisi bilan, har xil yarusda uchraganlari esa (-) minus belgisi bilan ifodalanadi. O’xshash assotsiatsiyalarning yig’indisi bir oz yirik sistematik birlik assotsiatsiyalar gruppasiga birikadi. Misol uchun Hisor tog’ining shimoli- g’arbida shuvoqli archazorlar, butali archazorlar, aralasho’tli archazorlar gruppasi mavjud. Asosiy edifikatorlari va sub edifikatorlari bir xil bo’lgan assotsiatsiyalar gruppasi birlashib formatsiya (jamoani) tashkil etadi. Formatsiya lotincha-hosil bo’lish, shakllanish degan ma’noni bildirib, o’simliklar olamidagi, taksonomik natijadir. U dominant turlari bir-biriga o’xshash bo’lgan assotsiatsiyalar yig’indisidan iborat. Yuqoridagi misolda ko’rsatilganidek zarafshon archasi (qora archa) tarqalgan maydonlardagi assotsiatsiyalar qora archa (Juniperus zeravschanika Kom.) formatsiyasini tashkil qiladi. Formatsiyani nomlashda, shy formatsiyadagi edifikator tur nomi qo’llaniladi. Misol uchun qora archazorlar formatsiyasi, shuvoqzor formatsiyasi, bug’doyiqzorlar formatsiyasi, yantoq (Alhagi sparsifolia Shap) zorlar formatsiyasi va hokoza kabilar. Formatsiyada uchraydigan dominant turlarning hayotiy shakllari bir xil bo’lsa bular bitta formatsiya gruppasiga birikadi. Bular asosan daraxt va butalar mavjud bo’lgan formatsiyada juda yaxshi namoyon bo’ladi. Bundan tashqari formatsiya sinfi degan tushuncha ham bo’lib, bularning dominantlari bir-biriga yaqin bo’lgan hayotiy shaklga ega turlardan tashkil topgan formatsiyalar gruppasining yig’indisidir. O’zbekiston sharoitida uchraydigan bargini to’kadigan o’rmonlar formatsiyasi sinfi, nina bargli o’rmonlar formatsiyasi sinfi kabilar mavjud. Fitotsenologiyada formatsiya sinflarga birikib eng katta taksonomik birlik, tipni tashkil etadi. Tip- grekcha tipos-iz, qiyofa degan ma’noni anglatib, eng yirik taksonomik kategoriya-birlikdir. O’simlik tiplari ekologik va ekomorfologik belgilariga qarab guruhlarga ajratiladi. Ye. P. Korovin «O’rta Osiyo va janubiy Qozog’iston o’simliklari olami» (Rastitelnost sredney Azii i Yujnogo Kazaxstana) (1961;1962) nomli ikki yirik asarida shu hudud o’simliklar qoplamini 6 ta tip gruppasiga birlashgan 21 ta tipga bo’ladi. O’simlik tiplarini atashda joyning geografik holati ham inobatga olinadi. Misol cho’l o’simliklari tipi, dasht mintaqasi o’simliklari tipi, tog’-o’rmon o’simliklari tipi, archazorlar tipi, to’qaylar tipi. Yuqorida aytib o’tilgan, geobotanik birliklar orqali o’simliklar qoplami o’rganilib, o’zbek tilida tushunarli bo’lishi uchun «tip», oxiriga «lari», formatsiya oxiriga «zor», assotsiatsiya oxiriga «lar» qo’shimchalarini qo’shib atash va yozish maqsadga muvofiqdir. Masalan, efemer o’simliklari tipi, shuvoqli archazor formatsiyasi, efemer- bug’doyiqlar assotsiatsiyasi. Download 95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling