7-seminar mashg'uloti: Dostondagi xulosaviy boblarni tahlil qiling


Download 20.43 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi20.43 Kb.
#207957
  1   2   3
Bog'liq
7.Navoiyshunoslik


7-seminar mashg'uloti:

  1. Dostondagi xulosaviy boblarni tahlil qiling.

Doston boshqa dostonlardan farq qilib, kattagina xotima bilan yakunlanadi. Xotima 6 bobdan iborat bo‘lib, “Saddi Iskandariy” dostonini tugallash bilan muayyan ma’noda “Xamsa”ga ham yakun yasaydi. Xotima quyidagi boblarni o‘z ichiga oladi:

84-bob - Husayn Boyqaro va uning farzandlari ta’rifi

85-bob - Hakimlar (donishmandlar) ta’rifi

86-bob - Gadoning shohga nasihati xususida

87-bob - So‘z gavhari xususida

88-bob - Darveshaliga nasihat

89-bob - Xulosa.

Dostonning so‘nggi bobida Navoiy unga baxt-davlat rahnamolik qilib, nihoyat “Xamsa”ni yakunlaganini yozar ekan, “Hayrat ul-abror” dostoni yozilishidan boshlab “Saddi Iskandariy” yakunlanguncha bo‘lgan jarayonni birma-bir eslab


o‘tadi. Navoiy tong otib kech kirguncha el-yurt tashvishi bilan band bo'lgani holda salaflari uzoq muddat yozgan “Xamsa”ni juda qisqa muddatda - ikki yilda yakunlaganini, agar bevosita faqat yozish uchun ketgan vaqt hisoblab chiqilsa, olti oyga ham bormasligini faxriya tarzida bayon qiladi:

Sangakim yo‘q emgakda g'oyat padid,

Ulus mehnatida nihoyat padid.

Qilib tongdin oqshomg'acha qiylu qol,

Yuzungga уetib har nafas yuz malol.

0‘zung tinmayin xalq g‘avg‘osidin,

Qulog'ing xaloyiq alolosidin.

Bu mehnatlar ichra chekib so'zga til,

Zamondin kamo besh o'tub iki yil.

Chekib xoma bu noma itmomig'a,

Yeturgaysen og'ozin anjomig'a

Ki, aqli muhosib shitob aylasa,

Deyilgan zamonin hisob aylasa.

Yig'ishtursa bo‘lmas bori olti oy

Ki, bo'ldung bu ra’nog'a suratnamoy.

Navoiy o‘z beshligi kitobxonlar tomonidan qanday baholanishini bilish uchun ustozi Abdurahmon Jomiyning huzuriga boradi va unga “Xamsa”ni taqdim etadi. Jomiy asarni birma-bir varaqlab, shoirga lutf bilan munosabatda bo‘ladi va bir qo‘lini shoirning yelkasiga qo'yadi. Ustozi ham piri Jomiyning qo'li yelkasiga tekkach, shoir bir lahza hushini yo'qotadi va taxayyul olamiga g‘arq bo‘ladi: Navoiy ajoyib bir gulistonda sayr qilib yurib, bir guruh suhbatdoshlarni ко‘rib qoladi. Ulardan biri shoir tomonga kelib, o'zini fors-tojik shoiri Hasan Dehlaviy deb


tanishtiradi va davradagilar shoirni ko‘rnftqchi ekanliklarini aytadi. Navoiy hayajon bilan davra ahliga yaqinlashadi. Hasan Dehlaviy davradagilarni Navoiyga tanishtiradi. o‘rtada Nizomiy Ganjaviy, uning ikki yonida Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy, ularning atrofida o'tirganlar esa Firdavsiy, Unsuriy,
Sa’diy, Sanoiy, Hoqoniy va Anvariylar edi:

“...0‘rtodag‘i piri farruxjamol

Ki, vasfida keldi xirad nutqi lol,

Erur hazrati Shayx, ogoh bo‘l!

Niyoz aylabon xoki dargoh bo‘l.

0‘ng ilgi sori anga payravdurur,

Jahon ofati - Mir Xusravdurur.

Yana bir yon ustodu piring sening,

Raqamxoni lavhi zamiring sening

Chu Sa’di-yu, Firdavsi-yu, Unsuriy,

Sanoi-yu, Xoqoni-yu, Anvariy”...

Davradagilar Navoiyni ko'rishlari bilan o‘rinlaridan turadilar. Uning bir qo'lidan Xusrav Dehlaviy, ikkinchi qo‘lidan Abdurahmon Jomiy tutib, Nizomiyning yoniga o'tqizadilar. Navoiy Nizomiyga ta’zim bajo keltirib, uning yoniga o‘tiradi. Nizomiy Navoiyning “Xamsa”siga yuksak baho beradi va Jomiydan shoir


haqqiga duo o'qishini so'raydi... Shu onda Navoiy taxayyul olamidan qaytib qarasa, Jomiy qo‘lini uning yelkasidan olgan va unga qarab turgan ekan. Jomiy
Navoiyni ulug‘ muddaoga yetishganligi bilan qutlab, Tangriga shukrona keltirishga chorlaydi. Nihoyat Allohdan madad so‘rab, ilohiy jumla bilan ibtido topgan “Xamsa” buyuk Yaratganga shukronalik bilan yakun topadi:

Navoiy, qilib Tengri homing ravo,

Sanga ro'zi etti ajoyib navo.

Uzot Tengri shukri navosig‘a til,

Navo ortuq istar esang, shukr qil!

Professor Najmiddin Komilov talqiniga ko‘ra, “Saddi Iskandariy” dostonining markaziga qo‘yilgan bosh g‘oya bu - ibrat va ogohlikdir. Navoiy talqinidagi, Iskandar aslida shahzoda emas, balki vayronadan topilgan chaqaloq - onasi uni tug‘ib, so‘ng vafot etgan. Farzandsiz Faylaqus go'dakni topib, uni o‘ziga farzand bilib, parvarish etadi. Tabiatan darveshlar sulukiga ishtiyoqmand, saltanat savdosidan bezor Iskandar zimmasiga jahongirlik missiyasi tushadi. Jahongirlik va fotihlik da’vosi bilan tarix sahnasiga chiqqan boshqa hukmdorlardan farqli o'laroq, Navoiy xalq orzu-istagi va Haq roziligi asosida dunyoda adolatli hukmdorlikni o'rnatish, bilim va aql-zakovat, xayr-u saxovat, mehr-u shafqat tantanasiga erishishni o‘zining burchi deb bilgan Iskandar obrazini yaratdi. Shu sababli, bu dostonning oxiri qayg'uli tugasa-da, Navoiy voqealar bayoni davomida inson va jamiyat, shoh va darvesh, hayot va o‘lim, ustoz va shogird, yaxshilik va yovuzlik, hikmat va hukumat kabi turli ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy masalalar ustida mushohada yuritadi. Ana shu xulosalar, qissadan chiqarilgan hissalar tufayli Navoiy tasvirlagan Iskandar jahongir podshohdan ko‘ra, xaloskor, Adolat o'rnatuvchi, tabiati hukmdordan ko‘ra darveshlikka ko'proq moyil, ilm-hikmatga maxzan bo‘lgan ma’rifatli shaxs sifatida ko‘ngilga o‘rnashadi. “Saddi Iskandariy” dostoni “Xamsa”ning oxirgi dostoni bo‘lganligi sababli, muayyan darajada oldingi dostonlardagi g‘oyalarni umumlashtiruvchi xulosaviy xarakterga ega. Bu dostondagi adolat, afv, to‘g‘rilik, karam va saxovat, yigitlik, falakning jafokorligi haqidagi fikrlar “Hayrat ul-abror”ning shu mavzularga bag‘ishlangan maqolatlardagi fikrlarning davomi bo‘lsa, oldingi dostonlarning markaziy qahramonlari bo‘lgan Majnun (33- va 66-boblar), Bahrom Go‘r (54-bob) va Farhod (68-bob)lar hikmatli boblardan so‘ng asosiy g‘oyaning isboti sifatida keltirilgan hikoyatlarda ishtirok etadilar. Bu esa, Navoiyning “Xamsa”siga beshta mustaqil doston majmui emas,balki murakkab arxitektonikaga ega yaxlit bir asar sifatida qarash va o'rganishni taqozo etadi.




  1. Download 20.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling