7-seminar mashg'uloti: Dostondagi xulosaviy boblarni tahlil qiling


Shoirning ijodiy jarayon haqidagi fikrlarini tahlil qilib kо‘ring


Download 20.43 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi20.43 Kb.
#207957
1   2   3
Bog'liq
7.Navoiyshunoslik

Shoirning ijodiy jarayon haqidagi fikrlarini tahlil qilib kо‘ring.

“Xamsa” muqaddimalarida tuyuq, masnaviy, mustazod kabi janrlar poetikasi, she’r tabiati va shoirlik, surat va ma’ni birligi bilan bog‘liq qarashlar shoir
badiiy tafakkurining nechog‘li keng ekanligini ko‘rsatuvchi omillardandir. Xususan, “Hayrat ul-abror” dostonining o‘n beshinchi bobida o‘zini shoir deb biluvchi, aslida she’rga xos oddiy qonuniyatlardan ham bexabar, o‘zlari anglamagan badiiy vositalar-u usullarni she’rlarida qo‘llashga intilgan ba’zi she’rtaroshlar haqida shunday yozadi:

Tab’kaj-u borcha takallumnamoy,


Nag‘machapu borcha tarannumsaroy.
Anglamayin so'zda tuyuq bahrini,
Qaysi tuyuq, balki qo'shuq bahrini.
Lafzlari bemaza, tarkibi sust,
Nosara ma’niyu ado nodurust...
Turf a bukim, she’r qo'yub otini,
Yetkurubon ko'kka mubohotini.

Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari bevosita uning


surat va ma’ni (shakl va mazmun) masalasiga bo'lgan munosabatida yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi. U o'zigacha salaflari tomonidan qonuniyat darajasiga yetkazilgan - shakl va mazmun mutanosibligi masalasini ijodining bosh tamoyili qilib oldi. Shayx Abdulqohir Jurjoniy o'zining “Asror ul-balog‘a” asarida
“Eng yaxshi ma’noni o'z tabiati va ixtiyoriga qo'y, u o'ziga muvofiq so'zlar (shakl)ni o'zi topa olsin” deb yozgan bo'lsa, Navoiy bu fikrni she’riy yo'l bilan quyidagicha bayon qildi:

Nazmda ham asl anga ma’ni durur,


Bo'lsun aning surati har nedurur.
Nazmki ma’ni anga marg'ub emas,
Ahli maoniy qoshida xo‘b emas.
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma’ni dog‘i dilkash anga.

Navoiyning o'z ijodida bu tamoyilga qat’iy amal qilganligi


o'z davridayoq zamondoshlarining asarlarida e’tirof etilgan edi. Daqiq she’rshunos Atoulloh Husayniy “Badoyi’ us-sanoyi’” asarida she’rning matbu’ turiga to'xtalar ekan, bunday she’rning shakli yoqimli va mazmuni maqbul bo'lishi kerakligini uqtiradi va Alisher Navoiy “Tuhfat ul-afkor” qasidasining matla’sini bunga misol qilib keltiradi: “Matbu’ deb andoq she’rg'a ayturlarkim, ul sog'lom tab’larg'a maqbul vazng'a, tuzuk qofiyag'a asoslang'an bo‘lur, alfozi yoqimlig‘-u iste’molda mashhur bo'lur, tarkibi mustahkam-u latif bo'lur, aning ma’nosi maqbul bo'lub,
kishilarning ko'ngliga tekkan bo'lmag'ay, sanoyi’din nimaiki nuda ishlatilgan bo'lsa, yetuk tarzda bo'lg'ay va aning tufaylidin kalom anglamig‘ayu husni adosig‘a qusur yetgan bo‘lmag‘ay; qadimg‘ilar she’r jihatidin orttirg‘an ortiqcha harf-u alfoz
va alfoz o'zgarishlaridin xoli bo‘lg‘ay, hazrati xudovandgor (Alisher Navoiy)ning quyidag'i bayti yanglig:

Otashin la’le, ki toji xusravonro zevar ast,


Axgare bahri xayoli xom puxtan dar sar ast”.

Navoiyning poetik mahorat bilan bog‘liq qarashlari ustoz ijodkorlar va zamondosh shoirlarga bergan baholarida yanada konkretroq namoyon bo'ladi. Shoir “Xamsa” dostonlarining ustozlarga bag'ishlangan boblarida poetik mahoratning ijodiy


asar yaratishdagi ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy kabi ulug‘ so‘z san’atkorlarining bu sohadagi mahoratlariga, o‘zining ular izidan borib, qanday o'rganganligi, o‘z asarlari ustida qanday ishlaganligi bilan bog'liq fikrlarini
bayon qiladi. Xususan, Nizomiy va Dehlaviy haqida so‘zlar ekan, ularga nisbatan “mohir” va “mahorat” atamalarini qo‘llaydi:

Ul ikov ustodi mohir edi,


Kim, mahorat alarda zohir edi.


Download 20.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling