7-sinf 1-2-mavzulardan test
Download 23.49 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-sinf 1-2 mavzulardan
7-sinf 3-4-mavzular
1. Ma’naviyatning bosh sharti nima? A) tarixni bilish B) ruhning pokligi C) qalban ulg`ayish D) kamtarlik 2. qlbning o`zimiz o`sgan Vatanga muhabbat, ona xalqimizga mehr va sadoqat bilan to`lib, shu asosda oqdan qorani ajratib, mukammallashib borishini bildiruvchi tushuncha bu-? A) tarixni bilish B) ruhning pokligi C) qalban ulg`ayish D) kamtarlik 3. Ko`ngil tozaligini, ezgu orzu-niyatlar bilan, beg`araz yashashni bildiruvchi tushunch bu-? A) tarixni bilish B) ruhning pokligi C) qalban ulg`ayish D) kamtarlik 4. Ruhiy poklanishga intilgan insonlarda boshqalarga qaraganda nima kuchli bo`ladi? A) sabr-qanoat B) tafakkur C) mehr-oqibat D) ma’naviyat 5. Hayotni faqat tashqaridan emas, ayni paytda xayol va tasavvur, aql hamda tafakkur yordamida kuzatib, tahlil etib boorish imkonini beradigan ruhiy-ma’naviy olam nima deyiladi? A) iroda B) odamning ichki dunyosi C) iymon-e’tiqod D) tafakkur 6. Ma’naviy dunyosi boy kishida ichki nazar kuchli bo`ladi. Bunday insonlarni qanday ta’riflaydilar? A) yuksak qobiliyatli B) tarixiy xotirasi boy C) ma’naviyatli D) qalb ko`zi ochiq 7. Ichki dunyosi keng, boy va baquvvat inson hamma ishni puxta o`ylab amalgam o’shiradi va qayerdan kuch-qudrat olib turadi? A) yaqin do`stlaridan B) oilasidan C) ajdodlaridan D) ichki ma’naviy hamrohi, maslahatdoshidan 8. Inson irodasining baquvvatligi nima bilan belgilanadi? A) insonning aql-idroki, his-tuyg`ularining aniq maqsadga qaratilgani B) o`zini ichki va tashqi tomondan boshqara olish qobiliyati C) o`zini ichki va tashqi tomondan boshqara olish qobiliyati va mehnatkashligi D) A va B 9. Odamning irodasi nimaning natijasida mustahkamlanib boradi? A) Tinimsiz mashq, hayot sinovlarida toblanish natijasida B) Qiyinchiliklardan cho`chimasdan, faqat oldinga intilish natijasida C) O`zining kuch va imkoniyatlariga ishonish natijasida D) barcha javob to`g`ri 10. Qanday odam o`ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani o`z zimmasiga olishdan qo`rqmaydi? A) Mehnatkash odam B) masuliyatli odam C) irodasi baquvvat odam D) A, B, C 11. Ezgulik va haqiqatga qat’iy ishonch, komillikka qarab intilish nimaning belgisi? A) iroda B) odamning ichki dunyosi C) iymon-e’tiqod D) tafakkur 12. Insondagi ishonch-e’tiqod butun, ya’ni to`la va mukammal bo`lsa, hech qanday shubha-gumon unga rahna sololmaydi, u ma’naviyatning nimasiga aylanadi? A) tayanchi va o`zagiga B) beqiyos kuch va g`ayratiga C) asosiy tamoyiliga D) A, B, C 13. Hamma narsaga haqiqat va adolat nuqtayi nazaridan qarash, yondashish, mas’uliyatni his etish nima deyiladi? A) iroda B) odamning ichki dunyosi C) vijdon D) iymon-e’tiqod 14. Hayotda yaxshilik va ezgulikning amal qilishi uchun kurashish, yaxshiga – yaxshi, yomonga – yomon munosabatda bo`lish qanday odamning ishi? A) irodali B) ichki dunyosi boy C) vijdonli D) iymon-e’tiqodli 15. Qanday illatlar insondagi vijdon tuyg`usini so`ndirib, bora-bora uni vijdonsiz kimsaga aylantirib qo`yishi mumkin? A) yolg`onchilik, ko`zbo`yamachilik, uyatsizlik, kamtarlik B) yolg`onchilik, ko`zbo`yamachilik, rostgo`ylik, birovning haqqiga xiyonat qilish C) yolg`onchilik, ko`zbo`yamachilik, dinsizlik, birovning haqqiga xiyonat qilish D) yolg`onchilik, ko`zbo`yamachilik, uyatsizlik, birovning haqqiga xiyonat qilish 16. “Vijdoni uyg`oq odav yon-atrofda bo`layotgan voqealarga, yordam va ko`makka muhtoj insonlarning muammalariga, adolatning toptalishigabefarq qaray olmaydi. Ayniqsa, el-yurt manfaatiga zarar yetkazadiganyovuz xatti-harakatlarga hech qachon chetdan jim qarab turolmaydi, o`z yurti va xalqiga nisbatan ….. also kechira olmaydi”. Nuqtalar o`rnidagi so`zlarni toping. A) yovuzlik va yolg`onchilik B) ikkiyuzlamachilik va poraxo`rlik C) xiyonat va sotqinlik D) barcha javob to`g`ri 17. ….. vijdonni uyg`otgani uchun ha insonning barcha qarashlari mezoni bo`lib kelmoqda. Nuqtalar o`rnidagi so`zni toping? A) Madaniyat B) tarix C) marifat D) ma’naviyat 18. Insonning qalbini, dunyoqarashini, xatti-harakatlarini belgilaydigan ishonch-e’tiqodga nima deyiladi? A) Insonning ichki kechinmalari B) Insonning barcha qarashlari mezoni C) Inson tafakkur dunyosi D) Insonning dunyoqarashi 19. Odamzot narsa-hodisalarga baho berishda aynan nimaga tayanib ish ko`radi? A) ma’naviyatga B) ma’naviy mezonlarga C) tafakkuriga D) A va B 20. Inson, xalq va jamiyat hayotining asosiy va bosh belgisi nima? A) tarix D) madaniyat C) ma’naviyat D) ma’rifat 21. Inson hayotida har kuni turli voqea-hodisalarni ko`rib, kuzatib, ular haqidagi ma’lumotlarni tinimsiz qabul qilib borgani uchun uning ongu tafakkurida ham doimo o`zgarishlar yuz berib turadi. Ularni biz nima deymiz? A) fikr B) o`y C) xayol D) A, B, C 22. Odamlarning orzu-niyatlariga qarab, firlar ikki xil bo`ladi. Ular qanday bo`ladi? A) faqat biro damning tasavvurini ifoda etadigan ijtimoiy fikr, ko`pchilikning tasavvurini ifoda etadigan shaxsiy fikr B) faqat biro damning tasavvurini ifoda etadigan shaxsiy fikr, ko`pchilikning tasavvurini ifoda etadigan siyosiy fikr C) faqat biro damning tasavvurini ifoda etadigan iqtisodiy fikr, ko`pchilikning tasavvurini ifoda etadigan ma’naviy fikr D) faqat biro damning tasavvurini ifoda etadigan shaxsiy fikr, ko`pchilikning tasavvurini ifoda etadigan ijtimoiy fikr 23. Fikr odamlarning e`tiborini tortadigan, ularni birlashtiradigan, harakatga undaydigan bo`lsa nima deyiladi? A) ijtimoiy voqea B) g`oya C) mafkura D) dunyoqarash 24. Ko`pchilikning orzu-intilishlari va manfaatlarini ifoda etadigan, odamlarni birlashtiradigan va biron-bir maqsadni amalgam oshirish uchun safarbar etadigan tushuncha bu-? A) ijtimoiy voqea B) g`oya C) mafkura D) dunyoqarash 25. Agar fikr mamlakat miqiyosida ijtimoiy ahamiyat kasb etsa, u nimaga aylanishi mumkin? A) iqtisodiy g`oya B) istiqlol goyasi C) milliy g`oya D) siyosiy g`oya 26. Mustaqillik ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgani, yillar davomida xalqimiz manfaatlariga javob beradigan maqsadga aylanganin uchun barchani birlashtiradigan qanday g`oyaga aylanadi? A) iqtisodiy g`oya B) istiqlol goyasi C) milliy g`oya D) siyosiy g`oya 27. Bizning eng ulug` maqsadimiz, eng ulug` g`oyamiz qanday? A) mustaqillikni mustahkamlash B) mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirish C) yorug` va erkin hayot sari olg`a yurish D) A, B, C 28. ”Ijtimoiy fikrni o`rganish” iborasini tarifini aniqlang? A) mamlakatda odamlarning jamiyatdagi o`zgarish va islohotlarga munosabatini, umumiy kayfiyatini bilish uchun ularning fikrini o`rganish B) mamlakatda odamlarning jamiyatdagi saylovga munosabatini, saylov qonunlarini bilish uchun ularning fikrini o`rganish C) mamlakatda odamlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish yo`llari haqida fikrini o`rganish D) A, B, C 29. Maqsadga muvofiq bo’lgan, talab va ehtiyojlarga javob beradigan narsa-hodisa, xatti-harakat yoki faoliyat nima? A) Burch B) manfaat C) mas’uliyat D) e’tiqod 30. Yurtimizda barpo etilayotgan demokratik jamiyat sharoitida ijtimoiy ahamiyatga molik g`oyalar qanday amalgam oshiriladi? A) parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar orqali B) Prezidentning qaror va farmonlari, farmoyishlari orqali C) hukumat qarorlari, dasturlari va boshqa qonunlar orqali D) A, B, C Download 23.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling