7-sinf 1-2-mavzulardan test


Download 23.49 Kb.
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi23.49 Kb.
#1417422
1   2
Bog'liq
7-sinf 1-2 mavzulardan

7-sinf 3-4-mavzular
1. Ma’naviyatning bosh sharti nima?
A) tarixni bilish B) ruhning pokligi C) qalban ulg`ayish D) kamtarlik
2. qlbning o`zimiz o`sgan Vatanga muhabbat, ona xalqimizga mehr va sadoqat bilan to`lib, shu asosda oqdan qorani ajratib, mukammallashib borishini bildiruvchi tushuncha bu-?
A) tarixni bilish B) ruhning pokligi C) qalban ulg`ayish D) kamtarlik
3. Ko`ngil tozaligini, ezgu orzu-niyatlar bilan, beg`araz yashashni bildiruvchi tushunch bu-?
A) tarixni bilish B) ruhning pokligi C) qalban ulg`ayish D) kamtarlik
4. Ruhiy poklanishga intilgan insonlarda boshqalarga qaraganda nima kuchli bo`ladi?
A) sabr-qanoat B) tafakkur C) mehr-oqibat D) ma’naviyat
5. Hayotni faqat tashqaridan emas, ayni paytda xayol va tasavvur, aql hamda tafakkur yordamida kuzatib, tahlil etib boorish imkonini beradigan ruhiy-ma’naviy olam nima deyiladi?
A) iroda B) odamning ichki dunyosi C) iymon-e’tiqod D) tafakkur
6. Ma’naviy dunyosi boy kishida ichki nazar kuchli bo`ladi. Bunday insonlarni qanday ta’riflaydilar?
A) yuksak qobiliyatli B) tarixiy xotirasi boy C) ma’naviyatli D) qalb ko`zi ochiq
7. Ichki dunyosi keng, boy va baquvvat inson hamma ishni puxta o`ylab amalgam o’shiradi va qayerdan kuch-qudrat olib turadi?
A) yaqin do`stlaridan B) oilasidan C) ajdodlaridan D) ichki ma’naviy hamrohi, maslahatdoshidan
8. Inson irodasining baquvvatligi nima bilan belgilanadi?
A) insonning aql-idroki, his-tuyg`ularining aniq maqsadga qaratilgani B) o`zini ichki va tashqi tomondan boshqara olish qobiliyati C) o`zini ichki va tashqi tomondan boshqara olish qobiliyati va mehnatkashligi D) A va B
9. Odamning irodasi nimaning natijasida mustahkamlanib boradi?
A) Tinimsiz mashq, hayot sinovlarida toblanish natijasida
B) Qiyinchiliklardan cho`chimasdan, faqat oldinga intilish natijasida
C) O`zining kuch va imkoniyatlariga ishonish natijasida D) barcha javob to`g`ri
10. Qanday odam o`ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani o`z zimmasiga olishdan qo`rqmaydi?
A) Mehnatkash odam B) masuliyatli odam C) irodasi baquvvat odam D) A, B, C
11. Ezgulik va haqiqatga qat’iy ishonch, komillikka qarab intilish nimaning belgisi?
A) iroda B) odamning ichki dunyosi C) iymon-e’tiqod D) tafakkur
12. Insondagi ishonch-e’tiqod butun, ya’ni to`la va mukammal bo`lsa, hech qanday shubha-gumon unga rahna sololmaydi, u ma’naviyatning nimasiga aylanadi?
A) tayanchi va o`zagiga B) beqiyos kuch va g`ayratiga C) asosiy tamoyiliga D) A, B, C
13. Hamma narsaga haqiqat va adolat nuqtayi nazaridan qarash, yondashish, mas’uliyatni his etish nima deyiladi?
A) iroda B) odamning ichki dunyosi C) vijdon D) iymon-e’tiqod
14. Hayotda yaxshilik va ezgulikning amal qilishi uchun kurashish, yaxshiga – yaxshi, yomonga – yomon munosabatda bo`lish qanday odamning ishi?
A) irodali B) ichki dunyosi boy C) vijdonli D) iymon-e’tiqodli
15. Qanday illatlar insondagi vijdon tuyg`usini so`ndirib, bora-bora uni vijdonsiz kimsaga aylantirib qo`yishi mumkin?
A) yolg`onchilik, ko`zbo`yamachilik, uyatsizlik, kamtarlik
B) yolg`onchilik, ko`zbo`yamachilik, rostgo`ylik, birovning haqqiga xiyonat qilish
C) yolg`onchilik, ko`zbo`yamachilik, dinsizlik, birovning haqqiga xiyonat qilish
D) yolg`onchilik, ko`zbo`yamachilik, uyatsizlik, birovning haqqiga xiyonat qilish
16. “Vijdoni uyg`oq odav yon-atrofda bo`layotgan voqealarga, yordam va ko`makka muhtoj insonlarning muammalariga, adolatning toptalishigabefarq qaray olmaydi. Ayniqsa, el-yurt manfaatiga zarar yetkazadiganyovuz xatti-harakatlarga hech qachon chetdan jim qarab turolmaydi, o`z yurti va xalqiga nisbatan ….. also kechira olmaydi”. Nuqtalar o`rnidagi so`zlarni toping.
A) yovuzlik va yolg`onchilik B) ikkiyuzlamachilik va poraxo`rlik
C) xiyonat va sotqinlik D) barcha javob to`g`ri
17. ….. vijdonni uyg`otgani uchun ha insonning barcha qarashlari mezoni bo`lib kelmoqda. Nuqtalar o`rnidagi so`zni toping?
A) Madaniyat B) tarix C) marifat D) ma’naviyat
18. Insonning qalbini, dunyoqarashini, xatti-harakatlarini belgilaydigan ishonch-e’tiqodga nima deyiladi?
A) Insonning ichki kechinmalari B) Insonning barcha qarashlari mezoni
C) Inson tafakkur dunyosi D) Insonning dunyoqarashi
19. Odamzot narsa-hodisalarga baho berishda aynan nimaga tayanib ish ko`radi?
A) ma’naviyatga B) ma’naviy mezonlarga C) tafakkuriga D) A va B
20. Inson, xalq va jamiyat hayotining asosiy va bosh belgisi nima?
A) tarix D) madaniyat C) ma’naviyat D) ma’rifat
21. Inson hayotida har kuni turli voqea-hodisalarni ko`rib, kuzatib, ular haqidagi ma’lumotlarni tinimsiz qabul qilib borgani uchun uning ongu tafakkurida ham doimo o`zgarishlar yuz berib turadi. Ularni biz nima deymiz?
A) fikr B) o`y C) xayol D) A, B, C
22. Odamlarning orzu-niyatlariga qarab, firlar ikki xil bo`ladi. Ular qanday bo`ladi?
A) faqat biro damning tasavvurini ifoda etadigan ijtimoiy fikr, ko`pchilikning tasavvurini ifoda etadigan shaxsiy fikr
B) faqat biro damning tasavvurini ifoda etadigan shaxsiy fikr, ko`pchilikning tasavvurini ifoda etadigan siyosiy fikr
C) faqat biro damning tasavvurini ifoda etadigan iqtisodiy fikr, ko`pchilikning tasavvurini ifoda etadigan ma’naviy fikr
D) faqat biro damning tasavvurini ifoda etadigan shaxsiy fikr, ko`pchilikning tasavvurini ifoda etadigan ijtimoiy fikr
23. Fikr odamlarning e`tiborini tortadigan, ularni birlashtiradigan, harakatga undaydigan bo`lsa nima deyiladi?
A) ijtimoiy voqea B) g`oya C) mafkura D) dunyoqarash
24. Ko`pchilikning orzu-intilishlari va manfaatlarini ifoda etadigan, odamlarni birlashtiradigan va biron-bir maqsadni amalgam oshirish uchun safarbar etadigan tushuncha bu-?
A) ijtimoiy voqea B) g`oya C) mafkura D) dunyoqarash
25. Agar fikr mamlakat miqiyosida ijtimoiy ahamiyat kasb etsa, u nimaga aylanishi mumkin?
A) iqtisodiy g`oya B) istiqlol goyasi C) milliy g`oya D) siyosiy g`oya
26. Mustaqillik ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgani, yillar davomida xalqimiz manfaatlariga javob beradigan maqsadga aylanganin uchun barchani birlashtiradigan qanday g`oyaga aylanadi?
A) iqtisodiy g`oya B) istiqlol goyasi C) milliy g`oya D) siyosiy g`oya
27. Bizning eng ulug` maqsadimiz, eng ulug` g`oyamiz qanday?
A) mustaqillikni mustahkamlash B) mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirish
C) yorug` va erkin hayot sari olg`a yurish D) A, B, C
28. ”Ijtimoiy fikrni o`rganish” iborasini tarifini aniqlang?
A) mamlakatda odamlarning jamiyatdagi o`zgarish va islohotlarga munosabatini, umumiy kayfiyatini bilish uchun ularning fikrini o`rganish
B) mamlakatda odamlarning jamiyatdagi saylovga munosabatini, saylov qonunlarini bilish uchun ularning fikrini o`rganish
C) mamlakatda odamlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish yo`llari haqida fikrini o`rganish
D) A, B, C
29. Maqsadga muvofiq bo’lgan, talab va ehtiyojlarga javob beradigan narsa-hodisa, xatti-harakat yoki faoliyat nima?
A) Burch B) manfaat C) mas’uliyat D) e’tiqod
30. Yurtimizda barpo etilayotgan demokratik jamiyat sharoitida ijtimoiy ahamiyatga molik g`oyalar qanday amalgam oshiriladi?
A) parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar orqali
B) Prezidentning qaror va farmonlari, farmoyishlari orqali
C) hukumat qarorlari, dasturlari va boshqa qonunlar orqali D) A, B, C

Download 23.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling