7-sinf 1-29 Betlar


Download 126.52 Kb.
bet1/4
Sana20.07.2020
Hajmi126.52 Kb.
#124329
  1   2   3   4
Bog'liq
7-sinfJahon Javohir





7-sinf 1-29 Betlar

1. Milоdiy V аsr охiridаn – XI аsr o‘rtаlаrigа qаdаr yuz bergan voqealarni aniqlang.

1) yangi fеоdаl jаmiyatigа o‘tish; 2) Yer egаligining yangi turlаri shаkllаnishi; 3) G‘аrbiy Yevropadа yangi diniy ta’limоt – хristiаnlikning kеng tаrqаlishi; 4) Sharqdа islоm dinining vujudgа kеlishi va tarqalishi; 5) yirik feodal davlatlarning paydo bo‘lishi.

A) 1, 2, 3 B) 1, 5 C) 2, 4, 5

D) Barchasi to‘g‘ri



2. Germanlarda qaysi omil natijasida xo‘jalikda dehqonchilikning ahamiyati oshadi?

A) mulkiy tabaqalanishning kuchayishi

B) aholi sonining ko‘payishi

C) iqlimning soviy boshlashi

D) omochdan temir plugga o‘tilishi

3. Quyidagi ko‘rsatilgan qabilalarda qaysi birlari qadimgi german qabilalariga mansub?

1) pikt; 2) vestgotlar; 3) ostgotlar; 4) vandallar; 5) burgundlar; 6) langobardlar; 7) fin; 8) ugor; 9) tyuring; 10) franklar

A) 2, 3, 4, 5, 6, 10 B) 1, 3, 5, 7, 9 C) 2, 4, 6, 8, 10

D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10



4. XI аsrning o‘rtаlаridаn – XV аsr охiriga qadar yuz bergan voqealarni aniqlang.

1) O‘rtа аsrlarda shaharlаrning vа hunаrmаndchilik sexlаrining tаrаqqiyoti; 2) G‘аrbiy Yevropadа yangi diniy ta’limоt – хristiаnlikning kеng tаrqаlishi; 3) Yevropa shaharlаrining sеnоrlаr hukmrоnligidаn оzоd bo‘lish uchun kurаshi; 4) erkin shaharlаr, shahar rеspublikаlаr vа yirik mаrkаzlаshgаn dаvlаtlаrning shakllanishi; 5) yangi fеоdаl jаmiyatigа o‘tish; 6) Yer egаligining yangi turlаri shаkllаnishi; 7) Sаvdоning yuksаlishi: xalqaro savdo, bozor, yarmarka va birjalarning paydo bo‘lishi; 8) Sharqdа islоm dinining vujudgа kеlishi va tarqalishi; 9) yirik feodal davlatlarning paydo bo‘lishi; 10) tоifаviy hokimiyat organlari (parlament, General shtatlar)ning shаkllаnishi.

A) 1, 2, 4, 7, 9 B) 1, 2, 3, 5, 6 C) 1, 3, 4, 7, 10

D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7



5. Buyuk Karl davrida kimlar imperatorning joylardagi vakillari sifatida uning buyruqlarini bajargan?

A) franklarning yuzlik yig‘inlari

B) qaram dehqonlari va mayda feodal-vassallari bo‘lgan yer egasi

C) yepiskoplar, yirik monastirlar abbatlari

D) zodagonlar yo‘lboshchilari

6. Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tuzgan tinchlik sulhiga binoan bo‘lingan orolning chegarasi qaysi yo‘l bo‘ylab o‘tadi?

A) Denlo viloyati hududidagi qadimgi tosh yo‘l orqali

B) Bermingem va Plimut shaharlarini bog‘lovchi karvon yo‘li bo‘ylab

C) London va Chechter oralig‘idagi qadimgi rimliklar qurdirgan tosh yo‘l bo‘ylab

D) La-Mansh bo‘g‘ozidagi dengiz yo‘li bo‘ylab

7. Qachon Xitoyda kitob bosish dastgohi yaratildi?

A) IX asrda B) XII asr oxirida C) XI asrda

D) XV asr o‘rtalarida

8. Uesseksda Buyuk Alfred qaysi yillarda hukmronlik qilgan?

A) 789-82-yillar B) 897-902-yillar

C) 871-900-yillar D) 879-900-yillar

9. “Xalqlarning buyuk ko‘chishlari” jarayoniga qanday sabablar turtki bo‘lgan?

1) german qabilalarida aholisi sonini ko`payib borishi natijasida yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi; 2) xunnlarning Sharqdan hujumlari ko‘plab varvar qabilalarini o‘z makonlaridan siljishga majbur etishi; 3) Yevropada iqlimning soviy boshlashi; 4) yangi feodal jamiyatiga o‘tilishi; 5) yer egaligi yangi turlarining shakllanishi; 6) G‘arbiy Yevropada yangi diniy ta’limot – xristianlikning keng tarqalishi.

A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4,5,6, C) 1,3,5, D) 1,2,3

10. Yevropaning qaysi hukmdori o‘rta asrlarda Rimda ko‘plab yepiskoplar ishtirokida o‘zi yoqtirmagan papalardan birining ustidan sud jarayonini uyushtirib, uni tahqirli holatda vazifasidan chetlatgan?

A) Otton III B) Otton I C) Buyuk Alfred

D) Buyuk Karl

11. German qabilalari tuzgan o‘z davlatlari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?

1) vestgot; 2) vandallar; 3) ostgotlar; 4) franklar; 5) angl-sakslar

a) Pireneya yarim oroli va Galliyaning bir qismida; b) Shimoliy Afrikada; c) Italiyada; d) Galliyada; e) Britaniyada.

A) 1-c; 2-e; 3-a; 4-b; 5-d B) 1-c; 2-d; 3-e; 4-a; 5-b

C) 1-b; 2-c; 3-d; 4-e; 5-a D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e*

12. Nima sababdan Germaniya qirolligida cherkov zodagonlari o‘z imkoniyatlari, hokimyatlari jihatidan gersog va graflardan kam bo‘lmagan?

A) cherkov zodagonlari – yepiskoplarning abbatlarni o‘zlari lavozimiga tayinlaganliklari sababli

B) yepiskoplarga mahalliy hokimlari o‘zlari tayinlashi va jinoyati uchun jazolash huquqlarining berilishi natijasida

C) Rim papasining barcha hukmdorlar ustidan hukmronlikni o‘rnatishi natijasida

D) Otton I ning Germaniyadagi yepiskop va abbatlarga yer-mulk, boyliklardan tashqari ko‘plab huquq va imtiyozlar berishi natijasida

13. Franklarda qabila boshliqlari kimlardan saylab qo‘yilgan?

A) zodagonlardan

B) harbiy ishga alohida jasorat ko‘rsatgan kishilardan

C) qabilaning eng boy, obro‘-e’tiborli kishilaridan

D) oddiy jangchilardan

14. Ma’lumki, rim-gallar bilan yaqin qo‘shnichilik munosabatida bo‘lgan franklarning tashqi ko‘rinishi ham boshqa german qabilalaridan ancha farqlangan. Quyidagi ko‘rsatilgan holatlardan qay biri franklar tashqi ko‘rinishiga to‘g‘ri keladi.

A) franklar matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan

B) franklar hayvon terisidan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini o‘stirib yurishgan

C) franklar matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini o‘stirib yurishgan

D) franklar jundan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan

15. Nechanchi asrdan Il de Frans davlat nomiga asos bo`ladi va u Fransiya deb atala boshlandi?

A) VI asr oxiridan B) IV asrdan

C) V asr boshlaridan D) X asrdan

16. Qaysi paytdan franklar va rimliklar asta-sekin yaqinlashib yagona xalqqa aylana boshlaydi?

A) qirollarning benefitsiylar taqdim etgan paytdan

B) Xlodvigning xristian dinini qabul qilgan paytdan

C) Galliyada rim noibi Egidiy mustaqil knyazlik tuzgan paytdan

D) Xlodvigning franklar davlatiga asos solgan paytdan

17. Yer egaligi ishlаb chiqаrish munоsаbаtlаrining yuksalishi, o‘z-o‘zini ta’minlоvchi – nаturаl хo‘jаlikdаn, bоzоr uchun mаhsulоt yetishtiruvchi хo‘jаlikkа o‘tilishi qaysi davrda bo‘lib o‘tdi?

A) XI аsrning o‘rtаlаridаn – XV аsr охiri

B) V asrning o‘rtalari – XI asr boshi

C) X asrning o‘rtalaridan – XII asrgacha

D) IV asrning boshlari – IX asr oxirigacha

18. Qay tariqa franklarda yangi yirik yer egalari – feodallar toifasi vujudga keladi?

A) Xlodvigning xristianlikka o‘tishi tufayli

B) urug‘chilik jamoasi qo‘shnichilik jamoasiga aylanishi tufayli

C) mulkiy tengsizlik kuchayishi tufayli

D) qirollarning alohida xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin hamkorlariga benefitsiylar taqdim etishi tufayli

19. Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi Xlodvigning vorislari davrida qayerlarni istilo qiladi?

A) Flandriya va Anjuni

B) Akvitaniya va Burgundiyani

C) Galliya va Normandiyani

D) Burgundiya va Provansni

20. Qirol Gеnrix I mamlakat mudofaa qudratini yuklasal­tirish maqsadida qanday tadbirlarni amalga oshiradi?

1) faqat otliqlardan iborat bo‘lgan qo‘shin tuzadi; 2) qishloqda yashaydigan har 9 kishidan bittasini tanlab, uni burgga ko‘chiradi; 3) Italiyaga yurish qilib, mamlakatning janubiy chegaralarini xavfsizlantiradi; 4) barcha yig‘inlar, chеrkov soborlarini, bazm­larni burgda o‘tkazishni buyuradi; 5) aholining asosiy mulki qal’alarda bo‘lishini ta’minlash choralarini ko‘radi; 6) ritsarlar qo‘shinini tuzadi.

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 4, 5 C) 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 5, 6

21. Franklar germanlarning qaysi qabilalarini bo‘ysundirib, ularni har yili o‘lpon to‘lashga majbur etadilar?

A) vestgotlar, ostgotlar, vandallar

B) tyuring, alemann, bavar

C) burgundlar, langobardlar, ostgotlar

D) alemann, got, sakslar

22. 936-973-yillarda Germaniyada kim hukmronlik qilgan?

A) Otton III B) Genrix I C) Otton I D) Otton II



23. Franklar davlatida graf qanday vazifalarni bajargan?

1) urug‘, qabila udumlari, an’analarini yosh avlodga yetkazish uchun ma’sul; 2) harbiy qo‘shinga boshchilik qilish; 3) sud qilish; 4) ekin maydonlarini urug‘ va yirik oilalarga taqsimlab bergan; 5) o‘z hududlarini qirol nomidan boshqarib, aholidan soliqlarni yig‘ib olish.

A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 4 D) 2, 3, 5

24. 778-yili Karl qayerga qarshi muvaffaqiyatsiz yurish qiladi?

A) Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga

B) germanlarning langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga

C) Reyn daryosining o‘ng sohilida yashagan saks qabilalariga

D) germanlarning vestgotlarning Pireneya yarim oroli va Galliyaning bir qismida tuzgan davlatiga

25. Nechanchi yilda Bavariyaning Lex daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan og‘ir jang­da vengerlar mag‘lub etiladi?

A) 961-yil B) 955-yil C) 962-yil D) 936-yil



26. Buyuk Karlning saks qabilalari qarshi urushlari davrida saks qabilalari qayerlarda yashagan?

A) Dunay daryosining so‘l sohilida

B) Reyn va Elba daryolari havzasida

C) Reyn daryosining o‘ng sohilida

D) Reyn daryosining quyi oqimida

27. Ma’lumki, Buyuk Karlning maslahatchilarida uni qadimgi rimliklarga taqlid qilib, imperator deb e’lon qilish g‘oyasi tug‘iladi. Bunday imkoniyat qaysi voqea sabab vujudga keladi?

A) 476-yili G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi orqali

B) 800-yili Rim mahalliy zodagonlarining papa Lev III ga qarshi isyon ko‘tarishi orqali

C) Karlning 53 harbiy yurishga boshchilik qilib, yirik saltanat tuzishi orqali

D) 773-yili Langobardlar qiroli Dezideriy mag‘lub etilganidan so‘ng

28. Muqaddas Rim imperiyasi tarkibiga qaysi hududlar kirgan?

A) Fransiyaning sharqiy qismi va Ispaniya yerlari

B) Italiya va Sharqiy Ispaniya yerlari

C) Italiya, Fransiya, Germaniya hududlari

D) German yerlari, Italiyaning shimoliy hududlari*

29. Franklar davlatida qirol tomonidan graflarga qanday ishlarini boshqarishning topshirilishi ularning hokimiyatini kuchaytirdi?

A) aholidan soliq yig‘ish

B) aholiga soliq solish

C) sud


D) harbiy qo‘shinga boshchilik qilish

30. Sharqiy Frank qirolligini 843-919-yillarda kimlar boshqargan?

A) Valualar oilasi

B) Buyuk Karl­ning avlodlari

C) vengerlar

D) saksoniyaliklar sulolasi

31. Qaysi yilda Yevropa xaritasida yangi davlat – Germaniya qirolligi vujudga keladi?

A) 919-yil* B) 955-yil C) 962-yil D) 936-yil



32. Qaysi voqea Otton I ga Buyuk Karl singari Rimda imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish istagini uyg‘otadi?

A) Otton I ning Germaniya taxtini egallashi

B) ritsarlar qo‘shinining tuzilishi

C) vengerlarning mag‘lub etilishi

D) G‘arbiy Frank davlatining zaiflashib qolishi

33. Silvester III qaysi yillarda Rim papaligiga saylangan?

A) 1066-1097-yillar B) 999–1003-yillar

C) 999-1008-yillar D) 888-903-yillar

34. Qachon yutlar Kent viloyatini bosib oladi?

A) VI asr boshlarida B) IV asr oxirlarida

C) V asr o‘rtalarida D) III asr oxirlarida

35. Qаdimgi gеrmаnlаr tаriхi hаqidаgi bоy ma’lumоtlаrni ... uchrаtаmiz?

A) Yuliy Sеzаrning “Gаlliya urushi haqida xotiralar” Tаtsitning “Gеrmаniya” asarlarida

B) Eyngardning “Buyuk Karl tarixi” va Manandrning “Tarix” asarlarida

C) Klavdiy Ellianning “Buyuk tarix” va Pompey Trogning “Rim tarixi” asarlarida

D) Alkuining “Franklar tarixi” va Yustinianning “Tarix” asarlarida

36. Germanlar istilosidan so‘ng bosqinga uchramagan kelt qabilalari qaysi hududlarda saqlanib qolgan?

A) faqat Irlandiyada

B) faqat Shotlandiyada

C) Britaniyaning sharqiy qismi va Galliyada

D) Irlandiya va Shotlandiyada, qisman Britaniyaning g‘arbiy chekkasida

37. Normannlar tomonidan London bosib olinib, yondirib yuborilgan yilni aniqlang.

A) 842-yili B) 600-yil C) 879-yil D) 871-yil



38. O‘rta asrlarda dastlab barcha hujjat va kitoblar kimlar tomonidan bitilgan?

A) senorlar B) hunarmandlar C) xattotlar*

D) qirol kotiblari

39. Qaysi davrga kelib Alfredning vorislari Daniya qonunlari viloyatini Angliya qirolligiga qo‘shib oladi?

A) XI asrning birinchi yarmida

B) X asrning so‘nggi choragida

C) X asrning birinchi choragida

D) IX asrning so‘nggi choragida

40. Qachon yirik yer egаlаri – fеоdаllаr, qаrаm dеhqоnlаr tоifаlаri shakllandi?

A) Milodiy V asr oxiri – X asr boshi

B) milody VI asr oxiri – XII asr o‘rtalari

C) milоdiy V аsr охiri – XI аsr o‘rtаlаri*

D) milodiy IX asr – XI asr oxirlari

Javohir Do’stmurodov
7-sinf Jahon Tarixi Testlar

29-64-betlar

1. IV аsrdа Vizаntiya tаrkibigа qaysi hududlar kirgаn?

A) Bоlqоn yarim оrоli, Apinnin yarim oroli, Galliya, Suriya, Fаlаstin, Misr va Kiрr оrоllаri

B) Bоlqоn yarim оrоli, Kichik Оsiyo, Kаvkаz, Suriya, Fаlаstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiрr оrоllаri

C) Pireney yarim оrоli, Old Оsiyo, Germaniya, Liviya, Misr, shuningdek, Krit, Korsika va Kiрr оrоllаri

D) Sitsiliya oroli, Kichik Оsiyo, Apinnin yarim oroli, Sardiniya, Fаlаstin, Malta va Kiрr оrоllаri
2. Qachondan boshlab yunоn-rim tаriхchilаri аsаrlаridа slаvyan qаbilаlаri hаqidа dаstlаbki ma’lumоtlаr tilgа оlinаdi?

A) milodiy I-II asrlardab

B) milоddаn аvvаlgi II-I аsrlаrdаn

C) milodiy III asrdan

D) miloddan avvalgi IV-III asrlardan
3. Qaysi qabilalarning birlashuvidan Kiyev Rusi davlati vujudga kelgan?

A) drevlyanlar, rodimichlar

B) tiverlar, dregovichlar

C) vyatichlar, sevoryanlar

D) Hamma javoblar to`g`ri
4. Xristian diniga oid san’atning maqsadi?

A) Ibodatxonalarni bezatishda cherkov qonunlariga qat’iy rioya qilish

B) Iso pay g‘ambar, Bibi Maryam, avliyolar va «Bibliya» manzaralari tasvirlash

C) inson vafot etganidan keyin jannatning rohat-farog‘atiga qanday erishish yo‘l-yo‘rig‘ini dindorlarga targ‘ib qilish

D) kishilarning dunyo haqidagi tasavvurlarini o`zgartirish
5. Arablar Islom dinigacha e’tiqod qilgan xudolarni ketma-ket tartibda joylashtiring?

1). urush va hosildorlik xudosi; 2) ona xudo; 3) Oy xudosi; 4) dahshatli va halokatli xudo.

a) Lat; b) Sin; c) Astar; d) Quyosh xudosi.

A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c

B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c

C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d

D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d
6. Kimning xalifaligi dаvridа аrаblаr Fаlаstin, Suriya, Misr vа Liviyani, Erоnning kаttа qismini istilо qilgаn?

A) xаlifa Umаr

B) xalifa Usmon

C) Abu Bakr

D) Ali ibn Abu Tolib
7. O`rta asrlarda qaysi davlatda shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko‘rinishda bo‘lmasdan, qulchilik udumlari ham ma’lum darajada saqlanib qolgan. Ammo qullar mehnatidan ishlab chiqarishda emas, ko‘pincha uy yumushlarida foydalanishgan. Xo‘jayin qulni yegulik bilan ta’minlashdan tashqari unga yilda bir marta kiyim ham olib bergan?

A) Arab xalifaligi

B) Xitoy

C) Hindiston

D) Yaponiya
8. Qaysi asrdan boshlab asrda Xitoyda yer egaligi munosabatlari shakllana boshlaydi?

A) II asrdan

B) IV asrdan

C) V asrdan

D) III asrdan
9. Ilk O`rta asrlarda Arab xalifaligida boshlangan qaysi jarayon mamlakatda hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi?

A) Islom dining qabul qilinishi

B) Mulkiy tengisizlikning kuchayishi

C) aniq fanlar – matematika, astronomiya,

geografiyaning taraqqiyoti

D) Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilishi


10. Qaysi davlatda tabiblar murakkab jarrohlik asboblari va og‘riqni bosadigan dori-darmonlar ko‘magida jarrohlik muolajalarini o‘tkazganlar, davolashda maxsus tayyorlangan suyuq va quyuq dorilardan foydalanishgan?

A) Arab xalifaligi

B) Xitoy

C) Hindiston

D) Yaponiya
11. “U ko‘plab yangiliklar kiritgan. Hozirga qadar u qachonlardir kashf qilgan ko‘plab narsalardan foydalanamiz. U mavsumga qarab kiyim kiyishni joriy etgan. Yupqa shisha idish oltin va kumush idishga nisbatan qulay va nafis ekanligini isbotlagan. Tantanalarda dasturxonga taom tortishning qat’iy tartibini belgilab bergan: dastlab suyuq taom (sho‘rva kabi), ortidan go‘shtli taom, so‘ng parranda go‘shti va nihoyasida shirinliklar tortilgan”. – Quyidagi ta’rif kimga tegishli?

A) Ibn Battuta

B) Ibn Xavqal

C) Ziryab

D) Al-Ma’sudiy
12. VI аsrdа Sharqiy Rim imperiyasida qaysi shaharlаr yirik savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida gullаb-yashnаgаn?

A) Rim, Parij, London, Florensiya, Afina

B) Kоnstаntinоpоl, Аlеksаndriya, Аntiохiya, Edеssа

C) Konstantinopol, Bag‘dod, Qohira, Ederna, Rim

D) Damashq, Izmir, Afina, Sarayvo, Anqara
13. Vizantiyada boshlang‘ich va o‘rta maktablarning ko‘pchiligi G‘arbiy Yevropadagi cherkov va monastir o‘quv muassasalaridan farqliroq... bo`lgan.

A) xususiy

B) cherkovniki

C) davlatniki

D) A va C
14. “Slavyanlarda dehqonlar boshoqli ekinlardan ko‘proq arpa va tariq ekkanlar. Ular yig‘ilgan g‘allani alohida omborlarda saqlaganlar” – quyidagi fikrlar qaysi tarixchiga tegishli?

A) Menandr

B) Zenon

C) Mavrikiy

D) Tatsit
15. Vizantiyada VIII asrda yozilgan sharqiy slavyanlarning urf-odatlari haqidagi itob qanday nomlanadi?

A) “Xalq yig`inlari”

B) “Kiyev Rusi tarixi”

C) “Ziroatchilik qonunlari”

D) “Qabila udumlari”
16. Buyuk karl davrida saroy akademiyasining yana bir a’zosi u va uning shogirdlari maorifni yoyishda katta xizmat qilgan. Kim u?

A) Eyngard

B) Alkuin

C) Platon

D) Magnavr
17. G`arbiy Yevropa me’morchiligining qaysi uslubidada ibodatxonalar ulkan, salobatli devorlari, gumbazlari, qalin ustunlari, katta bo‘lmagan derazalari, darvoza va eshiklari arkali qilib qurilganligi bilan ajralib turadi?

A) gotika uslubi

B) roman uslubi

C) modern uslubi

D) vizantiyacha uslubi
18. Vizantiya sarkardasi Velisariyga qarshi kurash uchun kimlar qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foydalanishgan?

A) ispaniyalik vestgotlar

B) italiyalik ostgotlar

C) Shimoliy Afrikalik vandallar

D) galliyalik franklar
19. 893-927-yillarda Bоlgаriyada kim hukmronlik qilgan?

A) Simеоn B) Asparux

C) Bratislav D) Boleslav
20. Qaysi qabila ittifoqi boshida Prjemislovichlar xonadonidan bo‘lgan knyaz­lar turgan?

A) chex B) bolgar C) polyak D) chernogor


21. O‘rta asrlarda slavyan davlatining qaysi hukmdori o‘z tug‘ishgan ukasi tomonidan xoinona o‘ldiriladi?

A) Oleg B) Bratislav II

C) Vatslav D) Boleslav Jasur
22. Polsha davlatiga kim tomonidan va qachon asos solingan?

A) Meshko I, X asr o‘rtalarida

B) Boleslav, X asr oxirida

C) Meshko I, X asrning birinchi choragida

D) Piast, XI asr boshlarida
23. Qaysi knyaz davrida rus qo‘shini Konstantinopolga hujum qilib, vizantiyaliklardan katta to‘lov olishga erishadi?

A) Igor

B) Oleg

C) Svyatoslav

D) Vladimir
24. Qaysi jangda va qachon frаnklаr hukmdоri Kаrl Mаrtеll аrаblаrni yеngib, ulаrning Fransiyagа yurishlаrigа chеk qo‘yadi?

A) Bordo jangida 741-yil

B) Kale jangida 742-yil

C) Bordo jangida 723-yil

D) Puаtе jаngidа 732-yil
25. Аrаblаrgа qаrshi bo‘lib o‘tgan хаlq qo‘zg‘оlоnlаrini sanalari bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.

1) Kufа shаhridаgi qo‘zg‘olon; 2) Аbu Muslim bоshchiligidаgi qo‘zg‘оlоn; 3) Muqаnnа bоshchiligidаgi qo‘zg‘оlоn; 4) Bоbеk bоshchiligidаgi qo‘zg‘оlоn

a) 747-749-yillar; b); 685-687-yillar c); 815-yil; d) 769-783-yillаr

A) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c

B) 1-b; 2-a; 3-d, 4-c

C) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d

D) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d
26. Hindistonda mulkchilik munosabatlari mustahkamlanib borishi bilan qanday nomdagi yerlar avloddan-avlodga o‘tadigan merosiy mulkka aylana boshlagan.

A) iqto’


B) patta

C) grass


D) suyurg`ol
27. Xitoyda mamlakat viloyatlari orasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, Xuanxe va Yanszi daryolari oralig‘idagi hududlarni savdo-sotiq munosabatlariga tortish maqsadida... qurildi.

A) Buyuk Xitoy devori qurildi

B) pul islohoti o`tkazilib VII asrdan yagona pul – syan joriy etildi

C) mamlakatning barcha hududlarida dehqonlarga kichik-kichik yerlar ijaraga berildi

D) Buyuk Kanal qurildi
28. Quyidagi qaysi arab sаyyohlаri yevropaliklаrdаn bir nеchа аsr аvvаl Hindistоn vа Хitоydа, Аfrikа vа Sharqiy Yevropaning eng chеk­kа rаyоnlаridа bo‘lib, ushbu o‘lkаlаr hаqidа аsаrlаr yozib, хаritаlаr tuzgаnlаr?

A) Abu Sahl Masihiy, Ibn Fadlan, Sulaymon Hammor, Ibn al-Asir

B) Ibn Xavqal, Ibn Xaldun, Ibn al-Asir, Mahmud Qoshg‘ariy

C) Аl-Ma’sudiy, Ibn Dаst, Ibn Fаdlаn, Ibn Bаttutа

D) Istaxriy, Ibn Dast, Abu Bakr Roziy, Ibn al-Iroq
29. Hindistondagi Ajanta ibodatxonalari majmui nechanchi asrlarda yaratilgan?

A) mil.av. II asr – milodiy VIII asr

B) mil.av. II asr – milodiy VII asr

C) Mil. II asr – mil. VII asr

D) Mil. II asr – mil. VIII asr
30. Qachondan Pеkindа “Pоytахt ахbоrоti” nоmli gаzеtа chiqаrilаdi?

A) VII asrdan

B) IX asrdan

C) VIII аsrdаn

D) X asrdan
31. Eron shohi Xisrav I tomonidan Yaman nechanchi yilda ishg‘ol qilinadi?

A) 561-yil B) 570-yil C) 651-yil D) 583-yil


32. Xаlifa Аli hukmrоnligi davri …

A) Suriya va Falastin Arab xalifaligiga qo‘shib olinadi

B) o‘z rаqiblаri bilаn to‘хtоvsiz urushlаrdа o‘tadi*

C) yangi hududlar ishg‘ol qilinib, islom bayrog‘ini o‘rnatish bilan o‘tadi

D) mamlakatda tinchlik va sokinlik hukm suradi
33. Suriya vа Erоn istilо etilgаch, аrаb zodagonlаri хаlifаgа bоsib оlingаn yerlаrni tаqsimlаsh tаklifi bilаn murоjааt qilganlarida хаlifа Umаr …

A) barcha yerni arab zodagonlariga taqsimlaydi

B) yerni egаlаridа qоldirishni buyurаdi

C) yerlarning yarmini egalariga qoldirib, qolganlarini islom lashkarboshilariga taqsimlaydi

D) yerlarning 1/3 qismini o‘z egalariga qoldirib, qolganini vaqf mulkiga topshirishni buyuradi
34. Nima sababdan Guptаlаr impеriyasi pаrchаlаnib, mаmlаkаtning kаttа qismi istilоchilаr qo‘ligа o‘tаdi?

A) Hindistonda qabila-urug‘chilik udumining uzoq vaqt saqlanib qolganligi natijasida

B) mamlakatda kuchli tabaqalanishning mavjud bo‘lganligi natijasida

C) grass yerlarining avloddan-avlodga o‘tib borishi sababli

D) VI аsrdа Hindistоnga shimoli-g‘аrbidаn bоstirib kirgаn eftаliylаr hujumlаri sababli
35. Quyidagi sulolalarni hukmronlik yili bilan to‘g‘ri joylashtiring.

1) Suy; 2) Umaviylar; 3) U Day; 4) Tan; 5) Abbosiylar; 6) Sun.

a) 907-960-yillar; b) 589-618-yillar; c) 750-1258-yillar; d) 960-1279-yillar; e) 661-750-yillar; f) 618-907-yillar.

A) 1-b; 2-e; 3-a; 4-f; 5-c; 6-d

B) 1-a; 2-e; 3-b; 4-f; 5-d; 6-c

C) 1-b; 2-d; 3-a; 4-f; 5-c; 6-e

D) 1-a; 2-e; 3-b; 4-c; 5-f; 6-d


Download 126.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling