3. Yangi mavzuni yoritish:
To’g’ri burchakli uchburchaklarning o’xshashlik alomatlari
Ma’lumki, to’g’ri burchakli uchburchaklarning bittadan burchaklari to’g’ri burchakdan iborat bo’ladi. Shuning uchun bunday uchburchaklarning o’xshashlik alomatlari ancha soddalashadi.
1-teorema. To’g’ri burchakli uchburchaklarning bittadan o’tkir burchagi mos ravishda teng bo’lsa, ular o’xshash bo’ladi.
2-teorema. To’g’ri burchakli uchburchaklarning katetlari mos ravishda proporsional bo’lsa, ular o’xshash bo’ladi.
3-teorema. To’g’ri burchakli uchburchaklardan birining gipotenuzasi va kateti ikkinchisining gipotenuzasi va katetiga mos ravishda proporsional bo’lsa, ular o’xshash bo’ladi.
Bu alomatlardan birinchi ikkitasining to’g’riligi o’z-o’zidan ravshan. Keling, uchinchi alomatni isbotlaylik.
Isbot. ABC uchburchakning BC tomoniga CE = C1B1 bo’ladigan qilib C1B1 kesmani qo’yamiz va DE || AB ni o’tkazamiz (1-rasm). Unda uchburchaklar o’xshashligining BB alomatiga ko’ra ΔDEC va ΔABC o’xshash bo’ladi. O’xshash uchburchaklar mos tomonlarining proporsionalligidan:
Yasashga ko’ra CE = C1B1. Demak,
Tenglik o’rinli. Boshqa tomondan, teorema shartiga ko’ra
(1) va (2) tengliklardan DE = A1B1 ekanligini aniqlaymiz.
A1B1C1 va DEC uchburchaklarni qaraymiz. Ularda:
CE = C1B1 (yasashga ko’ra),
DE = A1B1 (isbotlangan tenglik).
Tog’ri uchburchaklarning bittadan kateti hamda gipotenuzasi bo’yicha tenglik alomatiga ko’ra ΔA1B1C1 = ΔDEC.
Ikkinchi tomondan esa ΔABC o’xshashlik ΔDEC. U holda bo’ladi. Teorema isbotlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |