3. Yangi mavzuni yoritish:
To’rtburchaklar
Mazkur bo’limdagi masalalar 7-8-sinflarda o’rganilgan geometric shakllar va ularning xossalarini yodga olish uchun berilmoqda. Masalalarni yechish uchun darslikning oxirida keltirilgan asosiy geometric shakllarga oid ma’lumotlar hamda ularning xossalarini ifodalovchi formulalardan foydalanishingiz mumkin.
1 - Masala. Agar parallelogrammning bir uchidan uning ikki tomoniga tushirilgan balandliklari orasidagi burchak 55o ga teng bo’lsa, parallelogramning burchaklarini toping.
Yechilishi. Parallelogrammning BF va BE balndliklari orasidagi burchak 55o bo’lsin (1-rasm). Rasmda tasvirlangan ikki hol: a) BE balandlik CD tomonga; b) BE balandlik CD tomon davomiga tushgan bo’lishi mumkin.
holda BEDF to’rtburchak burchaklarining yig’indisi 360o bo’lgani ychun,
55o+90o+D+90o = 360o.
Bundan, D = 125o.
holda BE balandlik AD tomon bilan kesishgan nuqta K bo’lsin. Unda,
DKE = BKF = 90o-55o = 35o.
Uchburchak tashqi burchakgining xossasiga ko’ra,
ADC = DKE + KED = 35o+90o = 125o.
Demak har ikkala holda ham D = 125o. Unda, A = C = 180o - D = 55o, B = D = 125o. Javob: 55o, 125o, 55o, 125o.
Do'stlaringiz bilan baham: |