3. Yangi mavzuni yoritish:
Ko’pburchaklarning o’xshashligi
Kundalik turmushda teng shakllardan tashqari shakli (ko’rinishi) bir xil, lekin o’lchamlari turlicha bo’lgan shakllarga ko’p duch kelamiz. Tarix va geografiya fanlarida turli masshtabda ishlangan xaritalardan foydalangansiz. Respublikamizning sinf doskasiga ilinadigan va darslikda tasvirlangan xaritalari turli o’lchamda, lekin ular bir xil shaklda (ko’rinishda). Shuningdek, bitta fototasmadan turli o’lchamdagi fotosuratlar tayyorlanadi. Bu suratlarning o’lchamlari turlichabo’lsada, bir xil ko’rinishda, ya’ni ular bir-biriga o’xhsaydi (1-rasm). Masalan 2-rasmda har xil shakllar tasvirlangan. Ulardan, masalan, a) va g) shakllar bir-biriga o’xshash.
Faollashtiruvchi mashq.
2-rasmda keltirilgan shakllar ichidan yana qaysilari bir-biriga o’xshash? Nega?
Mashq. 3-rasmda to’rtta romb tasvirlangan. Ulardan faqat d) va e) romblar bir xil ko’rinishda ega. Bu romblar nimasi bilan boshqa romblardan ajralib turibdi? Keling, buni birgalikda aniqlaylik.
a) rasmdan ko’rinib turibdiki, AD=3, A1D1=2. Rombning tomonlari teng bo’lgani uchun,
tenglikni hosil qilamiz. Bu holatda romblarning mos tomonlari proporsional deb yuritiladi.
b) ABCD va A1B1C1D1 romblarning mos burchaklari o’zaro teng. Haqiqatdan ham A=A1=45o, B=B1=135o, C=C1=45o, D= D1=134o.
Shunday qilib, bu romblarning bir-biriga o’xshashligining sababi – mos tomonlarining proporsionalligi va mos burchaklarining tengligi deya olamiz. Ixtiyoriy ko’pburchaklar o’xshashligi tushunchasi ham shu asosda kiritiladi.
Burchaklari soni bir xil (demak, tomonlarining soni ham bir xil) bo’lgan ko’pburchaklar bir xil ismli ko’pburchaklar deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |