7-sinf fizika darsligi asosida 16-mavzu: Aylanma harakatni tavsiflaydigan kattaliklar orasidagi munosabatlar


Download 1.06 Mb.
Sana26.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1125756
  • 7-sinf fizika darsligi asosida 16-mavzu:
  • Chiziqli tezlik bilan burchak tezlik orasidagi munosabat
  • Avvalgi mavzu oxiridagi masala yechish namunasida tekis aylanma harakat qilayotgan jismning yo‘l formulasi keltirib chiqarilgan edi:
  • Bu formulani chiziqli tezlik formulasiga qo‘yib, quyidagi ifodani hosil qilamiz:
  • Demak, tekis aylanma harakatda chiziqli tezlik bilan burchak tezlik orasidagi munosabat quyidagicha bo‘ladi:
  • Aylanish davri, chastotasi, chiziqli tezlik va burchak tezlik orasidagi munosabatlar
  • Aylanma tekis harakatini yanada to‘liqroq ifodalash uchun aylanish davri va aylanish chastotasi tushunchalaridan foydalaniladi.
  • Jismning bir marta aylanishiga ketgan vaqt aylanish davri deb ataladi.
  • Aylanish davri T bilan belgilanadi. Uning asosiy birligi – sekund (s).
  • 49-rasmda tasvirlangan ipga bog‘langan sharcha 8 s da 20 marta aylansa, aylanish davri quyidagicha topiladi:
  • Jismning vaqt birligidagi aylanishlar soni aylanish chastotasi deb ataladi.
  • Aylanish chastotasi v (nyu) bilan belgilanadi. Uning asosiy birligi – 1/s.
  • Ipga bog‘langan jism 8 s da 20 marta aylansa, aylanish chastotasi quyidagicha topiladi:
  • Aylanish davri T bilan aylanish chastotasi v orasidagi munosabat:
  • Aylanish davri T bilan chiziqli tezlik υ orasidagi munosabat:
  • Aylanish chastotasi v bilan burchak tezlik ω orasidagi munosabat:
  • Ifodalardan ko‘rinib turibdiki, moddiy nuqtaning burchak tezligi uning aylanish davriga teskari, aylanish chastotasiga esa to‘g‘ri proporsional munosabatda bo‘ladi.
  • Aylanma harakatlar ichida jismlarning tekis harakati ko‘p uchraydi. Masalan, elektr dvigatellarining parraklari, orbita bo‘yicha harakatlanayotgan Yerning sun’iy yo‘ldoshlari va h.k. Bir xil vaqt oralig‘ida bir xil tezlikda harakatlanayotgan jismlar vaziyatini matematik ko‘rinishda ifodalash oson.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling