7-sinf fizika darsligi asosida 36-mavzu: impuls kuch impulsi


Kuch impulsi jismga ta’sir etayotgan kuchning shu kuch ta’sir etish vaqtiga ko‘paytmasiga teng


Download 1.01 Mb.
bet2/3
Sana09.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1179886
1   2   3
Bog'liq
7-sinf Fizika fanidan Impuls dars taqdimoti

Kuch impulsi jismga ta’sir etayotgan kuchning shu kuch ta’sir etish vaqtiga ko‘paytmasiga teng.
Xalqaro birliklar sistemasida kuch impulsi – I → ning birligi Nyuton · sekund (N·s). 1 N·s li impuls – bu 1 s davomida ta’sir etuvchi 1 N kuch impulsidir.
Kuch impulsi vektor kattalik bo‘lib, uning yo‘nalishi kuchning yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladi.
Jism impulsi
Yong‘oqni chaqish uchun katta tosh bilan uni sekingina urish kifoya, u chaqiladi. Lekin qattiq urib yuborilsa, yong‘oq maydalanib ketadi.
Agar tosh kichkina bo‘lsa, yong‘oqni chaqish uchun sekingina urish yetarli emas. Toshni yong‘oqqa katta tezlik bilan urish kerak bo‘ladi. Demak, harakatlanayotgan jism zarbi shu jism massasi va uning tezligiga bog‘liq ekan.
Yog‘och taxtaga mix qoqish uchun bolg‘ani katta yoki kichik tezlik bilan urish mumkin.
Bolg‘ani katta tezlik bilan urish zarbi kichik tezlik bilan urish zarbidan kattaroq bo‘ladi. Bolg‘a bitta, uning massasi o‘zgar madi, faqat uning tezligi o‘zgardi. Demak, ta’sir etayotgan jism massasi bir xil bo‘lganida, tezlik qancha katta bo‘lsa, impuls ham shuncha katta bo‘lar ekan.
Endi katta-kichikligi har xil ikkita bolg‘ani olib, bir xil tezlik bilan urib ko‘raylik. Bunda massasi katta bolg‘aning zarbi kattaroq bo‘lishi aniq.
Demak, ikkita jismning tezligi bir xil bo‘lganida qaysi jism massasi katta bo‘lsa, o‘sha jismning impulsi katta bo‘lar ekan. 10 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 10 g massali jismning devorga urilish zarbi xuddi shunday tezlik bilan harakatlanayotgan 100 g massali jismning urilish zarbidan 10 marta kichik bo‘ladi. Miltiq otilganda uning 10 g massali o‘qi 600 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda, deylik. O‘q bunday tezlik bilan yupqa taxtani teshib o‘tadi. Chunki katta tezlikda harakatlanayotgan 10 g massali o‘qning urilish zarbi 10 m/s tezlikda harakatlanayotgan shunday massali jismning urilish zarbidan 60 marta katta.
Yuqorida keltirilgan misollardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
  • Bir xil tezlikda harakatlanayotgan jismlardan birining massasi qancha katta bo‘lsa, uning urilish zarbi shuncha katta bo‘ladi.
  • Harakatlanayotgan jismning tezligi qancha katta bo‘lsa, uning urilish zarbi shuncha katta bo‘ladi.

Demak, jism harakatini tavsiflash uchun jism massasi va uning tezligini alohida tarzda emas, balki ularni birgalikda qarash kerak. Shu maqsadda jism impulsi degan fizik kattalik kiritilgan.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling