7-sinf fizika darsligi asosida 36-mavzu: impuls kuch impulsi


Jism massasi bilan uning tezligi ko‘paytmasiga teng kattalik jism impulsi (yoki harakat miqdori) deb ataladi


Download 1.01 Mb.
bet3/3
Sana09.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1179886
1   2   3
Bog'liq
7-sinf Fizika fanidan Impuls dars taqdimoti

Jism massasi bilan uning tezligi ko‘paytmasiga teng kattalik jism impulsi (yoki harakat miqdori) deb ataladi.
Kuch impulsi va jism impulsi orasidagi munosabat
υ0 boshlang‘ich tezlik bilan harakatlanayotgan jism t vaqt davomida boshqa jism bilan ta’sirlashishi natijasida uning tezligi o‘zgarib, υ → ga teng bo‘lib qolsin.
Bu holda jism tekis o‘zgaruvchan harakat qiladi. Jismning olgan tezlanishi quyidagicha ifodalanadi:
Agar jismning massasi m, boshqa jism bilan ta’sirlashish kuchi F bo‘lsa, u holda Nyutonning ikkinchi qonuniga binoan tezlanishning quyidagi formulasi ham o‘rinlidir:
Vaqt birligi ichida jism impulsining o‘zgarishi shu jismga ta’sir etayotgan kuchga teng.
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi:
Doimiy kuch ta’sirida jism impulsi vektorining o‘zgarishi shu kuchning uning ta’sir etish vaqtiga ko‘paytmasiga teng.
Jismni harakatga keltirish uchun uning «inersiyasi»ni yengish kerakmi, degan savol tug‘iladi.
Jism unga kuch ta’sir etganida o‘zining harakatga keltirilishiga qarshilik qilmaydi. (5) formulani boshlang‘ich tezliksiz (υ0 = 0 ) holida ko‘rib chiqaylik:
Bu formulada vaqt t = 0 bo‘lganida, tezlik υ = 0 bo‘ladi. Chunki har qanday jismning massasi nolga teng emas. Demak, kuch ta’sir etib, jismni harakatga keltirishi uchun ma’lum bir vaqt kerak bo‘ladi.
Jism massasi qancha katta bo‘lsa, uni harakatga keltirish uchun shuncha ko‘p vaqt talab qilinadi. Shuning uchun bizga kuch jism inersiyasini yengayotganday seziladi. Jismning to‘g‘ri chiziqli harakatida kuch va tezliklar yo‘nalishi mos kelgani uchun formulani skalyar ko‘rinishda yozish mumkin:
Demak, jism impulsini bir xil miqdorda o‘zgartirishning ikki usuli mavjud ekan: qisqa vaqt davomida katta kuch va uzoq vaqt davomida kichik kuch ta’sir ettirish natijasida.
Bu ikki usulni amaliyotda ko‘p uchratamiz. Masalan, tog‘dagi xarsangtoshni yorish uchun qisqa vaqt davomida katta kuch ishlatilsa, uzoq vaqt davomida tomayotgan suv tomchilari ham toshni yemirishi mumkin. (5) formula Nyuton ikkinchi qonunining umumiy ko‘rinishdagi ifodasidir.
Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling