7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet57/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Oksford universiteti professori Rojer Bekon (XIII asr) fandagi yutuqlarga faqat ilmiy kuzatishlar va tajribalar yo‘li bilan erishish mumkinligini isbotlaydi. Uning o‘zi 1)optika, 2) fizika, 3)kimyo fanlariga oid tajribalar o‘tkazadi. Bekon o‘zi suzadigan kema, suv osti kemasi va havoda uchadigan apparatlar qurish mumkinligini aytgan. Bekonning hayoti qiyinchiliklar va xavf-xatarlar ichida, cherkov ta’qibida o‘tgan.

33-§. YEVROPADA ME`MORCHILIK, SAN`AT VA ADABIYOT

Me`morchilik.
Dastlab bino va hatto qasrlar yog‘ochlardan qurilgan. XI asrga kelib G‘arbiy Yevropada
qurilish sohasi ham taraqqiy eta boshlaydi.
Qurilishda toshdan keng foydalanishga o‘tiladi. Undan dastlabki ibodatxona va monastirlar barpo etiladi. Qurilish toshlari bo‘lmagan Angliya va Polshada saroylar, ibodatxonalar pishiq g‘ishtdan qurila boshlaydi. Fransiya, Italiya va Germaniya me`morchiligida dastlab roman uslubi hukmron edi.
Germaniyadagi Laax monastiridagi cherkov (XI asr) roman uslubining yorqin namunasidir. An`anaga ko‘ra, ko‘rkam va ulug‘vor bosh cherkov binosi shahar markazida qurilgan. Bu maydon atrofidagi binolar gotika uslubida bunyod etilib, u me`morchilikdagi roman uslubini surib chiqaradi. Bu uslubda qurilgan imoratlar balandligi bilan farq qiladi. Salobatli, og‘ir gumbaz o‘rnini uchli, baland gumbazlar egallaydi. Gotika uslubida qurilgan eng mashhur inshootlar: Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi, Ruan, Reyms va Shartr (Fransiya), Milan (Italiya) ibodatxonalaridir.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling