7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


VLADIMIR Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash so‘ngida Vladimir


Download 1.37 Mb.
bet15/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

VLADIMIR

Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash so‘ngida Vladimir (980– 1015) taxtni egallaydi.

Dastlab u slavyan qabilalarining isyonini bostirib, Kiyev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal’alarini qurdiradi.

so‘ng knyaz Dunay bo‘ylarida yashagan bulg‘orlarga qarshi harbiy yurish uyushtiradi.

Rus tarixida Vladimir istilochi emas, balki 988-yilda ruslarni xristian dinini qabul qildirgan
Hukmdor sifatida qadrlanadi.

Vladimir mahalliy knyazlar sulolalarini tugatib, ularning o‘rniga o‘g‘illarini noiblikka tayinlagan.

Knyazning kata o‘g‘li Novgorod noibi Yaroslav Kiyevga boj to‘lashdan bosh tortgan. Vladimir
unga qarshi yurishga tayyorgarlik paytida vafot etgan.


  • Yaroslav (1019–1054) boshqaruvi Kiyev Rusining gullab-yashnagan davri bo‘lgan.

  • Yangi knyaz davrida Kiyev ostonalarida paydo bo‘lgan bijanak qabilalari uzil-kesil mag‘lub etilib, g‘alaba sharafiga Kiyevda avliyo Sofiya ibodatxonasi qurilgan.

  • Donishmand nomini olgan Yaroslav davrida rus yerlarining dastlabki yozma qonunlari to‘plami – «Rus haqiqati» tuzilgan.

«Rus haqiqati»ga fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha qonunlar kiritilgan.
Bundan tashqari, undan o‘sha zamon rus jamiyati ijtimoiy munosabatlari, odat, udum va an’analari bo‘yicha ma’lumotlar ham o‘rin olgan.
Og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosi belgilangan. Lekin «Rus haqiqati»dagi ko‘pchilik moddalarda jarima to‘lash ko‘zda tutilgan.




  • Ko‘chmanchi qipchoq qabilalari XI asrning o‘rtalarida Yoyiq daryosidan Dunaygacha bo‘lgan hududlarni egallashgan.

  • Rus knyazi Vladimir Monomax (1113–1125) ilk bor qipchoq xonlari qo‘shinini yengadi. Uning davrida urushlar qipchoqlar yashaydigan hududlarga ko‘chadi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling