7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)
Download 1.37 Mb.
|
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA
44-§. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI MADANIYATI Turklar madaniyati. Usmonlilar jamiyatida XV asr oxirida madaniyatning turli sohalari ravnaq topdi. Mamlakatda shoira Mehri xotun va shoir Mulla Mahmud kabi qator iqtidorli shoirlar yetishib chiqdi. Turk me’morchiligi turli mamlakatlardan keltirilgan usta – quruvchilar tajribasidan foydalanib yuksala borgan. Millati yunon bo`lgan Xoja Sinon qurgan ajoyib me’morchilik durdonalari uni butun jahonga tanitdi. U o`z faoliyati davrida 300 dan ortiq inshootlar: masjidlar, madrasalar, saroylar, favvoralar, hammom va ko`priklar qurilishiga boshchilik qilgan. Fanning turli sohalari ichida geografiyaning taraqqiyoti, ayniqsa, e’tiborga molikdir.
Koreys madaniyati.
Amerika xalqlari madaniyati. Mayyalarning iqtisodiy-madaniy taraqqiyot milodiy asr boshlarida yozuvni yaratish imkonini beradi. Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni bitib, rasmlar bilan bezatgan. Mayyalar hayotida kohinlar muhim o`rin tutgan. Ular jamoa a’zolariga dehqonchilik ishlarini bajarish muddatlarini belgilab berganlar. Mayyalar eng aniq taqvimlardan birini yaratganlar. Matematikaga «nol»ni anglatuvchi belgi mayyalar tomonidan hindlardan ham avval kiritilgan. Mamlakat poytaxti – Chichen-Itsada rasadxona qurilgan. Unda kohinlar sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanishi vaqtini hisoblab chiqqanlar hamda Quyosh va Oyning tutilishini oldindan aytib bera olganlar. Mayyalar maxsus tepaliklar yasab, baland poydevorlar ustida o`zlarining zinapoyali ehromlarini, saroy va ibodatxonalarini barpo etganlar. Saroy va ibodatxonalarning derazalari bo`lmasdan, ular eshiklar orqali yoritilgan. Tekis va ravon shahar ko`chalari toshdan bunyod etilgan. Asteklar qo`shni mayyalar ixtirosi asosida o`zlarining quyosh taqvimini yaratganlar. Piktografik yozuv shakllangan. Asteklar dini ko`p xudolikka asoslangan edi. Xudolar orasida eng e’tiborlisi, urush xudosi sharafiga hatto odamlar ham qurbonlik qilingan. Ibodatxona kohinlari xalq orasida alohida hurmat-e’tiborga ega bo`lgan. Poytaxt Tenochtitlanda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar bo`lgan. Xalq bolalari uchun maktablarda dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ish o`rgatilgan. Zodagonlarning farzandlari esa tarix, husnixat, o`qish, hisoblash, astronomiya, she’riyat, notiqlik san’atlari asoslarini o`rganishgan. Tenochtitlanda har yili madhiya, qissalar yozadigan shoir-qo`shiqchilar ko`rik-musobaqalari o`tkazilib, g`oliblar mukofotlangan. Piktografik yozuv (lotincha pictus – rasmli va yunoncha grapho – yozaman, rasmli yozuv) – ma’lumotning umumiy mazmunini rasm orqali yoki rasmlarni ketma-ketligi orqali eslab qolish maqsadida tasvirlash. Inklar. Zodagonlarning bolalari maxsus maktablarda o`qigan. Yozuv bo`lmagani sababli bolalar inklarning dini, boshqaruv tartibi, qonunlari va udumlariga oid ma’lumotlarni yodlaganlar. Inklarning o`ziga xos «tugunli xati» (kipu) bo`lib, uning sirlari faqat ruhoniylarga ma’lum edi. Inklarning matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, botanika va boshqa ilm-fan sohalarida chuqur bilimlari bo`lgan. Ularning aniq taqvimi 12 oyga bo`lingan. Tabiblar insonning bosh suyagida jarrohlik muolajalarini amalga oshirishni bilganlar. Afrika xalqlari madaniyati. Afrika xalqlarida avloddan-avlodga o`tib kelgan ajoyib afsona va ertaklar ko`p bo`lgan. Ular qimmatli tarixiy manba bo`lib xizmat qiladi. Afrika xalqlari ichida o`z yozuviga ega bo`lganlari ham bor edi. Jumladan, Aksumda IV asrdayoq mahalliy yozuv islohoti o`tkaziladi. Bu alifbo Efiopiyada hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Aksumda qurilish sohasida, ayniqsa, katta yutuqlarga erishilgan. Bu davrda qurilgan saroylar,xristian ibodatxonalari va yerosti daxmalari bugunga qadar saqlanib qolgan.G`arbiy Sudan xalqlari madaniyatining yuksak taraqqiyotida arablarning ta’siri kattadir. Islom dini qabul qilinganidan keyin bu yerlarda arab mamlakatlaridan kelgan usta va me’morlar masjidlar, saroylar, qasrlar, jamoat binolari, kasalxonalar, hammom, istirohat bog`lari quradilar. Musulmon maktab va madrasalari ochiladi.
Yog`och va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar nafisligi bilan odamlarni hozirgi kungacha hayratlantirib kelmoqda. Benindagi shoh saroyidan jezdan ishlangan podsho va a’yonlarning bo`rtma rasmlari topilgan. Ularda ov va urushlar, shuningdek, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan. Afrika xalqlarining o`rta asrlardagi taraqqiyoti Osiyo va Yevropa davlatlaridagiga nisbatan birmuncha orqada bo`lishiga qaramasdan aholi xo`jalikda muvaffaqiyatlarga erishib, o`ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyat yaratdi Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling