7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet49/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

XII–XIII asrlardan boshlab Angliyada dehqonlar kurashi kuchayadi.




  • XIV asrda xalq og‘zaki ijodining sevimli qahramoniga aylangan Robin Gud siymosi ana shu boylarning dushmani, ezilgan mehnatkash xalqning himoyachisi sifatida tasvirlanadi.

«Buyuk ozodlik xartiyasi».
Genrix II qirolligi davri (1154–1189)da Angliyada moliya va harbiy islohotlar o‘tkazildi. Baronlarga harbiy xizmat o‘rniga xazinaga «qalqon puli» solig‘i to‘lashiga ruxsat berildi. Bu qirolga muntazam yollanma qo‘shin tuzish imkonini berdi.



III Salib yurishi ishtirokchisi Richard I Sheryurakning ukasi Ioann qirolligi davrida (1199–1216) qo‘zg‘olonlar avj olgan. O‘z kuchiga ishongan qirol gunohkor hisoblangan baronlarning mulklarini tortib olgan, vassallaridan katta to‘lovlar talab etgan. Natijada bu siyosat barchani qirolga qarshi qilib qo‘ygan. Baronlar ritsarlar va shaharliklar ko‘magida 1215-yilning bahorida isyon ko‘taradilar. Poytaxt London aholisi qo‘zg‘olonchilarga darvozalarni ochib beradi.
Qirol «Buyuk ozodlik xartiyasi» nomini olgan hujjatni imzolashga majbur bo‘ladi.



Buyuk ozodlik xartiyasi (Angliya 1215-yil)

1

Buyuk ozodlik xartiyasining asosiy moddalari baronlar va ruhoniylar manfaatini ifodalagan

2

Buyuk ozodlik xartiyasi ritsarlar va erkin dehqonlarga ham ayrim yengilliklar bergan

3

Buyuk ozodlik xartiyasi 63 moddadan iborat bo`lgan




Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling