GERMANIYADA XII ASRDA HUNARMANDCHILIK VA SAVDO MARKAZLARI
1
|
Kyoln
|
2
|
Vorms
|
3
|
Frankfurt
|
4
|
Ulm
|
5
|
Nyurnberg
|
6
|
Augsburg
|
Germaniya shaharlari qo‘shni Fransiya, Niderlandiya, Italiya, Vengriya, Bolqon yarimorolidagi mamlakatlar bilan qizg‘in savdo-sotiq olib borgan. Nemis hunarmandlari ishlab chiqargan movut, surp, metalldan yasalgan qurol-aslahalar, buyumlar boshqa o‘lkalarda ham qadrlangan.
Siyosiy taraqqiyot.
№
|
Fridrix I Barbarossa (1152–1190-yy) haqida ma`lumotlar
|
1
|
Fridrix o‘z istilolarini salib yurishlari tufayli boyib ketgan Italiya shaharlariga qaratadi. Bunga faqat Milan va Lombardiyaning bir necha shaharlari qarshi chiqadi
|
2
|
1158-yilda Ronkal vodiysida chaqirilgan seym (kengash) imperatorning Italiyadagi hokimiyatini cheklanmagan deb e’tirof etadi.
|
3
|
Fridrix I ning Bolonyadan taklif etgan eng bilimdon huquqshunoslari uning xizmatiga kirib,
qonunlar majmualarini tuzib beradilar. Bu qonun to‘plamlarida Fridrix I «yerdagi jonli qonun» deb e’tirof etiladi.
|
4
|
Milan boshchiligida Lombardiya shaharlari bosqinchilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Qo‘zg‘olonni bostirish davomida Milan aholisiga sakkiz kunda shaharni tashlab ketish sharti qo‘yiladi. Lekin Milan XII asrning 60–70-yillarida qayta tiklanib, yangi jangga hozirlik ko‘ra boshlaydi.
|
5
|
1176-yilda Lenyano jangida Liga qo‘shini imperator ritsarlarini tor-mor qiladi.
|
6
|
Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlariga kommuna – erkinlik huquqini berishga majbur bo‘ladi.
|
Innokentiy III Germaniya siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan Rim papasi bo‘ldi. U deyarli barcha tomonidan unutilgan Barbarossaning 18 yoshli nabirasini dastlab german knyazlari 1212-yilda qirol deb tan olinishiga erishadi. Keyingi papaning qo‘llashida Fridrix II oradan sakkiz yil o‘tib imperator deb e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |