Kiyev
2
|
Galich-Volin
|
3
|
Vladimir Suzdal
|
Vladimir Monomaxning o‘g‘li Yuriy Dolgorukiy XII asrda Volga va Oka daryolari havzasidagi yerlarni boshqarar edi. Knyazlikda Rostov, Suzdal, Yaroslavl, Vladimir kabi shaharlarga asos solinadi.
Knyaz Dolgorukiyning Kiyev ustidan 1147-yildagi g‘alabasini nishonlash sharafiga asos solingan Kuchkovo qo‘rg‘oni, keyinchalik Moskva nomini oladi. Yuriy Dolgorukiyning avlodlari Vladimir knyazligini Ivan Grozniyga – XVI asr o‘rtalariga qadar boshqaradilar.
XIV asrdan boshlab Vladimir-Suzdal knyazligi va Moskva shahri Rus yerlarining birlashuviga asos bo‘ladi
30-§. RUSLARNING BOSQINCHILARGA QARSHI KURASHI
Mo`g`ullarning Rus yerlarini istilo qilishi.
Chingizxon 1) O`rta Osiyo va 2) Eronning shimolini istilo qilganidan so`ng mo`g`ullar 1223-yilda
rus yerlariga ham bostirib kiradi. Mo`g`ullar rus askarlarini otliq qo`shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib, tor-mor qiladi. Chingizxonning nabirasi Botuxon 1237–1242-yillarda
Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari olib boradi. Uning qo`shinlari dastlab 1) Rus knyazliklarini, keyinchalik 2) Polsha, qisman 3) Serbiya va 4) Bolgariyani istilo qilishadi.Rusdagi feodal tarqoqlik mo`g`ullarga qo`l keladi, dastlab Volga bo`yi shaharlari, so`ng Kiyev 1240-yilda olinadi. Botuxon yangi bosib olingan hududlarda Oltin O`rda xonligini tuzadi. Uning dastlabki poytaxti Saroy Botu Volga daryosining quyi oqimida, hozirgi Astraxan shahri yaqinida bo`lgan. Botuxon bo`ysundirilgan aholidan soliq va to`lovlar-ni tezroq to`play boshlash uchun Yaroslavni «knyazlar oqsoqolligi»ga tayinlab, unga Vladimir knyazligini boshqarish yorlig`ini beradi. Mo`g`ullar istilosi rus davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishiga salbiy ta’sir o`tkazib, uning taraqqiyotini susaytirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |