7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet56/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

XII asrdan boshlab yirik shaharlarda dastlabki oliy maktablar –universitetlar ochila boshlandi. Jumladan, Bolonya va Parijda ilk universitetlar tashkil topib, ular o‘z davri uchun yuksak ma’lumot berishgan. Eng yirik universitet Parijda edi. Uning asoschisi qirol xonadoni ruhoniysi Rober de Sorbon bo‘lgan. Qiroldan maxsus yorliq olgan universitetlar to‘la mustaqil bo‘lganlar.


XIII–XV asrlarda Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari o‘z universitetlariga ega bo‘lishadi. Ularni papa va yepiskoplar, imperator va qirollar, knyazlar va shaharlar tashkil etgan.



XII–XIII asrlarda Yevropada universitetlarning tashkil etilishi



Davlatlar

Universitetlar

1

Italiyada

Neapol va Bolonya

2

Ispaniya

Sevilya va Valensiya

3

Fransiya

Parij va Tuluza

4

Angliya

Oksford va Kembridj


Magistr va shkolyarlar hamjamiyatlari.
Universitet bu o‘qituvchi va o‘quvchilar jamiyatidir. Universitetni o‘qituvchilar magistrlar boshqarishgan. Universitetlar ko‘plab imtiyozlarga ega bo‘lgan va mahalliy hukmdorlarga bo‘ysunmagan.
Taniqli o‘qituvchilar ma’ruzalariga shkolyarlar (o‘quvchilar) Yevropaning turli burchaklaridan kelishgan. Ba’zida Parijda 30 minggacha talaba baravariga to‘plangan. Talabalarning o‘qishi bir xil tabaqaga mansub shkolyarlar jamoalari tomonidan boshqarilgan. Omadli talabalar hozirgi yotoqxonalarga o‘xshash kollegiyalarga joylashishga muvaffaq bo‘lishgan. Eng qadimgi Parij kollegiyalaridan biri – Sorbonning nomi keyinchalik butun universitetga o‘tgan. Angliya va Fransiyada kollegiyalar yangi o‘quv muassasalari – kollejlarga asos bo‘lgan. O‘qitish fakultetlarda olib borilgan, ularning har birini dekan boshqargan. Hamjamiyat tepasida esa saylangan rektor yoki hokimiyat tomonidan tayinlangan kansler turgan. Maktab va universitetlarning taraqqiyoti davomida kitobga talab kuchayadi.
XII asrda kitoblarni rohiblar emas, shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlashi bilan ular arzonlasha boshlaydi.
XIV asrdan boshlab qog‘ozdan keng foydalanish kitob ishlab chiqarishni yanada qulaylashtiradi.

1445-yilda Nemis muhandisi Iogann Gutenberg kitob bosish dastgohini kashf qiladi. Uning ixtirosi kitobni ommaviy tarqalishiga olib keladi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling