7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet63/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Chingizxon davlati.
Mo‘g‘ul qabilalari orasidagi o‘zaro urushlarda Temuchin (1155–1227) g‘olib chiqadi.
1206-yilda Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda u ulug‘ xon deb e’lon qilinadi. Bosh shomon butun xalq oldida Temuchinga Chingizxon unvonini beradi. Chingizxon so‘zi «kuchli», «qudratli», «toza» ma’nolarini anglatadi. Mamlakatni markazlashtirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qal’asini o‘z davlatining poytaxtiga aylantiradi. Mo‘g‘ullar qo‘shinni kuchaytirishga katta e’tibor qaratishadi. Tinch paytda chorvachilik bilan shug‘ullangan mo‘g‘ullar urush boshlanishi bilan o‘nlik tizimdan iborat muntazam qo‘shinga aylanar edi. Qo‘shin yuzboshi, mingboshi,tumanboshilar tomonidan boshqarilgan.


  • Mo‘g‘ullarning sevimli quroli kamon edi, jangchi raqibini yuzlab metrdan nishonga ola bilgan.

  • Qo‘shni mamlakatlarni istilo qilish jarayonida Chingizxon qo‘shini devorni buzishda maxsus moslama – palaxmonlardan foydalanishni yaxshi o‘zlashtirgan.


Mo`g`ullar qo‘shini tuzilishi

1-qanot

2-qanot



Markaz


Asosiy qo‘shindan tashqari Chingiz xon ixtiyorida «keshik» deb yuritilgan maxsus gvardiya ham tashkil etiladi. Keshik favqulodda vaziyatlar uchun doimo jangovar holatda turar edi.





Mo‘g‘ullarga g‘alaba keltirgan omillar

1

jangni mohirona boshqarish

2

kuchli va intizomli otliq qo‘shinning bo‘lishi

3

qo‘shni mamlakatlardagi siyosiy tarqoqlik




Chingizxon tomonidan olib borilgan istilolar



Istilo qilingan yillar

Istilo qilingan hududlar

1

1211-yil

Shimoliy Xitoyga

2

1218-yil

Yettisuv va Sharqiy Turkistonga

3

1219–1221-yillar

Xorazmshohlar davlatiga




  • Mo`g`ullar tomonidan Afg‘oniston, Sharqiy Eron egallanib, Kavkaz orqali 1223-yilda Dashti Qipchoqqa chiqadi. Kalka daryosi bo‘yida qipchoqlarning ittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan ruslar qo‘shini mag‘lub etiladi.




  • 1224-yilda Chingizxon zabt etilgan hududlarni o‘z o‘g‘illari: Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy va Tuliga uluslarga bo‘lib, taqsimlab beradi. O‘qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi.


Ulus (mo‘g‘ulcha – davlat, xalq, odamlar) Chingizxon farzandlariga mulk sifatida bo‘lib bergan mo‘g‘ullar bosib olgan hududlar.


37-§. OLTIN O‘RDA XONLIGI
Mo‘g‘ullarning 1235-yilda bo‘lib o‘tgan qurultoyi Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini
bosib olish haqida qaror chiqaradi. To‘planadigan qo‘shinga Botuxon yetakchilik qilishi e’lon qilinadi.
Uluslardan 10 ta askardan 1 tasining ajratilishi, Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan
Subutoy Bahodirning berilishiga kelishiladi. Botu va Subutoylar 1237-yilning kuzida rus yerlariga hujum boshlab, dastlab Ryazanni bosib olishadi. Rusdagi siyosiy tarqoqlik mo‘g‘ullarga qarshilik ko‘rsatish imkonini ham bermasdan 1238–1240-yillarda Vladimir, Suzdal, Kiyev, Galich, Volin
va boshqa shaharlar bosib olinadi. 1243-yilda O‘qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo‘yi dashtlariga qaytadi. Shu tariqa Botuxon istilo qilgan, , hududlarida, rus yozma manbalarida bayon qilinishicha, Oltin O‘rda nomini olgan Jo‘ji ulusi shakllanadi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling