7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan
-O’rta asrlarda Afrika (45)
Download 0.76 Mb.
|
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.
041-O’rta asrlarda Afrika (45)
Testlar1. Afrikaning sharqidagi Misr, Arabiston va Hindiston bilan savdo aloqalari ta’sirida qaysi davlatlar tashkil topgan? A) Sudan va Mali B) Songai va Aksum C) Nubiya va Aksum D) Gana va Mali 2. Aksum hozirgi qaysi davlat hududida boolgan? A) Efiopiya B) Sudan C) Misr D) Songai 3. Arab savdogarlari VII asrdan Sudan yerlariga, O`rta dengiz sohillaridan Afrikaga yuksak qadrlanuvchi nima keltirganlar? A) g`alla B) tuz C) kumush D) chorva mollari 4. O`rta asrlarda Niger va Senagal daryolari havzasida qaysi davlatlar tashkil topadi? A) Sudan, Mali, Efiopiya B) Songai, Aksum, Misr C) Gana, Mali, Songai D) Nubiya, Songai, Aksum 5. Niger va Senagal daryolari havzasidagi davlatlarning dastlabkisi G`arbiy Sudandagi qaysi davlat bo`lgan? A) Mali B) Nubiya C) Aksum D) Gana 6. Gana davlati qachon vujudga kelgan? A) IX asrda B) VII asrda C) VIII asrda D) X asrda 7. Gana davlati nechanchi asrda o`z taraqqiyotining cho`qqisiga erishadi? A) VIII asrda B) IX asrda C) VII asrda D) X asrda 8. Gana va Malining shimoli-sharqida songai qabilalari qaysi shahar atrofida yashagan? A) Niara B) Tombuktu C) Gao D) Janna 9. Ma’lumki, Gana davlatining daromad manbalaridan biri bu – savdodan keladigan boj to`lovlari edi.Ushbu bojning asosiy qismini qayerlik savdogarlar to`laganlar? A) Arablar, hindar, mayyalar, atsteklar B) Arablar, tigrelar, tuareglar, atsteklar C) Yahudiylar, tuareglar, atsteklar D) Arablar, barbarlar va yahudiylar 10. O’rta asrlarda Gana podshosi va zodagonlari qanday mahsulotlar savdosidan katta foyda olganlar? A) kumush va temir buyumlar B) oltin va tuz C) kumush va movut D) oltin va olmos 11. O’rta asrlarda Marokash sultoni qachon katta qo`shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan? A) 1076 yilda B) 1016 yilda C) 1176 yilda D) 1087 yilda 12. O’rta asrlarda qaysi Marokash sultoni katta qo`shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan? A) Abdulqodir B) Abu Bakr C) Sundiata Keyt D) Muso I 13. Qachon Gana xalqi marokashliklar zulmiga qarshi qo`zg`olon ko`taradilar? A) 1176 yilda B) 1016 yilda C) 1076 yilda D) 1087 yilda 14. Mali davlat sifatida nechanchi asrlarda vujudga kelgan? A) VIII-IX asrlarda B) V-VI asrlarda C) VII-VIII asrlarda D) X-XI asrlarda 15. Qachon Mali aholisi islom dinini qabul qiladi? A) XI asrda B) VIII asrda C) VI asrda D) IX asrda 16. Mali davlati qachon o`z taraqqiyotining cho`qqisiga erishadi? A) IX asrda B) XI asrda C) X asrda D) XIII asrda 17. 1230-1255 yillarda Mali davlatida kim hukmdor bo`lgan? A) Abu Bakr B) Abdulqodir C) Muso I D) Sundiata Keyt 18. Mali davlatining qaysi hukmdori qadimgi Gana yerlarini bosib olgan? A) Abdulqodir B) Sundiata Keyt C) Abu Bakr D) Muso I 19. Mali davlatining qaysi hukmdori Makkaga haj safari uyushtiradi? A) Abdulqodir B) Sundiata Keyt C) Abu Bakr D) Muso I 20. Mali davlatining hukmdori Makkaga qachon haj safari uyushtiradi? A) 1316 yilda B) 1376 yilda C) 1324 yilda D) 1387 yilda 21. Mali davlatini qaysi hukmdorining Makkaga haj safarida bo’lgani uzoq yillar davomida arab dunyosida oltinning narxi pasayishiga sabab bo’lgan? A) Muso I B) Sundiata Keyt C) Abu Bakr D) Abdulqodir 22. Mali davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan? A) Qohira B) Niara C) Benin D) Gao 23. O’rta asrlarda qaysi davlat hukmdorlari o`z yaqinlarining toj-u taxtga tajovuzidan qo`rqib, ko`pincha saroy amaldorlarini, lashkarboshilarni va hatto jangchilarni ham qo`shni qabilalar vakillaridan olishgan? A) Mali B) Songai C) Aksum D) Gana 24. O’rta asrlarda Afrikadagi qaysi davlat hukmdorining shaxsiy gvardiyasi qullardan tuzilgan? A) Gana B) Songai C) Mali D) Aksum 25. Feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar nechanchi asrda Malining zaiflashuviga olib kelgan? A) X asr ohirida B) IX asr ohirida C) XIII asr ohirida D) XIV asr ohirida 26. Mali davlati nechanchi asrda butunlay inqirozga uchrab, parchalanib ketadi? A) X asrda B) XI asrda C) IX asrda D) XV asrda 27. O’rta asrlarda Afrikadagi Gao shahri qaysi davlatning poytaxti bo`lgan? A) Mali B) Songai C) Gana D) Aksum 28. Songailiklarning qaysi hukmdori XIV asr oxirida Malini yengib, mustaqil davlat tuzadi? A) Abu Bakr B) Abduqodir C) Almi D) Manelik 29. O’rta asrlarda Songai davlati qaysi daryo havzasida o`z hukmronligini to`liq o`rnatgan? A) Amazonka daryosi B) Nil daryosi C) Niger daryosi D) Songai daryosi 30. O’rta asrlarda Afrikadagi qaysi davlatning asosiy daromad manbai tranzit savdosi va oltin konlari edi? A) Aksum B) Songai C) Mali D) Gana 31. O’rta asrlarda Afrikadagi qaysi davlatning gullab-yashnashi IV-V asrlarga to`g`ri keladi? A) Mali B) Gana C) Songai D) Aksum 32. O’rta asrlarda Afrikadagi qaysi davlat Rim imperiyasi, keyinchalik Vizantiya bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqda bo`ladi? A) Gana B) Songai C) Mali D) Aksum 33. O’rta asrlarda Afrikadagi qaysi davlat hukmdori va uning a’yonlari xristian dinini qabul qiladilar? A) Gana B) Songai C) Aksum D) Mali 34. Aksumda nechanchi asrda hokimiyat yangi sulola qo`liga o`tadi? A) XI asrda B) IX asrda C) X asrda D) XV asrda 35. Efioplarning xristian davlati nechanchi asrda qayta tiklangan? A) XI asrda B) XII asrda C) X asrda D) XV asrda 36. Efiopiyada Solomon sulolasi qachon taxtga kelgan? A) X asrda B) XIII asrda C) XI asrda D) XII asrda 37. Solomonlar sulolasi Efiopiyada qachongacha imperator bo`lib qoladi? A) 1974 yilgacha B) 1924 yilgacha C) 1916 yilgacha D) 1987 yilgacha 38. Aksumning birinchi hukmdori kim bo`lgan? A) Abduqodir B) Almi C) Manelik D) Abu Bakr 39. Kim podsho Sulaymonnning Arabiston malikasidan tug`ilgan o`g`li bo`lgan? A) Almi B) Manelik C) Abduqodir D) Abu Bakr 40. Shoh Lalibeli ibodatxonasi qaysi davlatda joylashgan? A) Aksum B) Mali C) Songai D) Gana 41. Arablarning Sharqiy Afrikadagi dastlabki savdo qo`rg`onlari nechanchi asrlarda shakllangan? A) X-XI asrlarda B) XIV-XV asrlarda C) VIII-IX asrlarda D) XI-XII asrlarda 42. Aksumda nechanchi asrda mahalliy yozuv islohoti o`tkaziladi? A) III asrda B) IV asrda C) I asrda D) II asrda 43. Afrikaning qaysi davlatida qadimgi alifbo hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan? A) Songai B) Mali C) Aksum D) Efiopiya 44. O’rta asrlarda qaysi davlatda qurilgan saroylar, xristian ibodatxonalari va yerosti dahmalari bugungi kungacha saqlanib qolgan? A) Songai B) Efiopiya C) Aksum D) Mali 45. O’rta asrlasda qaysi davlatda shoh saroyida jezdan ishlangan jangchi nog`orasi, podsho va a’yonlari bo`rtma rasmlari topilgan? A) Mali B) Songai C) Efiopiya D) Aksum Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling