7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan
-O’rta asrlarda Amerika xalqlari (35)
Download 0.76 Mb.
|
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.
040-O’rta asrlarda Amerika xalqlari (35)
Testlar1. Amerika qit’asiga dastlabki odamlar qayerdan o`tgan? A) Shimoliy Osiyodan B) Avstraliyadan C) G`arbiy Afrikadan D) G`arbiy Yevropadan 2. Amerika qabilalarining asosiy qismi nima bilan shug`ullangan? A) Ovchilik va baliqchilik B) Hunarmandchilik C) Dehqonchilik D) Termachilik va Chorvachilik 3. Amerikada qaysi xalqlar o`zlarining davlatlarini barpo etganlar? A) Bushmen, Olmek, Gottentot B) Olmek, Toltek, Bushmen, Gerero C) Kechua, Mayya, Olmek D) Mayya, Atstek, Kechua 4. Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida chakalakzorlar bilan qoplangan hududlarda qadimdan qaysi xalqlar yashab keladi? A) Mayyalar B) Atsteklar C) Kechualar D) Olmeklar 5. Mayyalar hozirgi qaysi davlat hududida yashaganlar? A) Peru B) Kanada C) Meksika D) Argentina 6. O’rta asrlarda mayyalarda yer kimning mulki bo’lgan? A) Jamoa mulki hisoblangan B) Hukmdorniki hisoblangan C) Harbiy boshliqlarga tegishli bo`lgan D) Kohinlarga qarashli bo`lgan 7. Mayyalarda eng og`ir ishlarni kimlar bajargan? A) qullar B) dehqonlar C) hunarmandlar D) kohinlar 8. Mayyalarda har bir shaharga kim hukmdorlik qilardi? A) imperator B) kohinlar C) buyuk kishi D) harbiylar 9. Mayyalar davlati poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? A) Mexiko B) Chichen-Itsa C) Kusko D) Tenochtitlan 10. Mayalarning qaysi shahrida rasadxonasi bo’lgan? A) Chichen-Itsa B) Tenochtitlan C) Mexiko D) Kusko 11. Qaysi davlatda kohinlar sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanish vaqtini hisoblab chiqqanlar? A) Inklar davlatida B) Olmeklarda C) Atsteklar davlatida D) Mayyalar davlatida 12. Kimlar tomonidan matematikana «nol»ni anglatuvchi belgi hindlardan oldin kiritilgan? A) Mayyalar B) Inklar C) Olmeklar D) Atsteklar 13. Atsteklar davlati hozirgi qaysi davlat hududida bo`lgan? A) Peru B) Kanada C) Argentina D) Meksika 14. Atsteklar davlati poytaxti? A) Kusko B) Mexiko C) Tenochtitlan D) Chichen-Itsa 15. O’rta asrlarda qaysi shaharga katta ko`l o`rtasidagi orollarda asos soladilar? A) Tenochtitlan B) Mexiko C) Chichen-Itsa D) Kusko 16. Tenochtitlan shahriga qachon asos solingan? A) XI asrda B) XIV asrda C) XII asrda D) XIII asrda 17. Kimlar sollarda «suzuvchi dalalar» yaratganlar? A) Olmeklar B) Atsteklar C) Inklar D) Mayyalar 18. Qaysi davlatda hukmron qabila vakillaridan tlatoani – lashkarboshi saylanib, u oliy hukmdor bo`lishidan tashqari, bosh kohin vazifasini ham bajargan? A) Olmeklarda B) Inklar davlatida C) Atsteklar davlatida D) Mayyalar davlatida 19. Qaysi davlatda yuqori lavozimlarni egallagan zodagonlar xizmatlari uchun maosh olganlar? A) Mayyalar davlatida B) Olmeklarda C) Inklar davlatida D) Atsteklar davlatida 20. O'rta asr Amerikadagi qaysi xalqlar urushlar paytida 150 ming kishilk qudratli qo`shin tuzish imkoniyatiga ega bo`lganlar? A) Inklar B) Olmeklar C) Atsteklar D) Mayyalar 21. 12 Atsteklarda eng muhim ekin nima bo`lgan? A) makkajo`xori B) kakao C) bug`doy D) kartoshka 22. Atsteklar xo`jaligining asosi nima bo`lgan? A) Dehqonchilik B) Chorvachilik C) Savdo-sotiq D) Hunarmandchilik 23. Atsteklar xudolari orasida eng e’tiborlisi, qaysi xudo sharafiga hatto odamlar ham qurbonlik qilingan? A) Quyosh xudosi B) Suv xudosi C) Urush xudosi D) Dehqonchilik xudosi 24. O'rta asrlarda Amerikadagi qaysi shaharda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar bo`lgan? A) Chichen-Itsa B) Mexiko C) Kusko D) Tenochtitlan 25. Qaysi shaharda har yili madhiya, qissalar yozadigan shoir-qo`shiqchilar o`rtasida ko`rik-musobaqalar o`tkazilib, g`oliblar mukofotlangan? A) Tenochtitlan B) Kusko C) Mexiko D) Chichen-Itsa 26. Janubiy Amerikaning And tog`lari yonbag`rida minglab kilometrga cho`zilgan vohalarda qaysi davlat vujudga kelgan? A) Mayyalar davlati B) Olmeklar davlati C) Atsteklar davlati D) Inklar davlati 27. Inklar davlati poytaxti qaysi shahar bolgan? A) Tenochtitlan B) Kusko C) Mexiko D) Chichen-Itsa 28. Kimlar kechua tillariga mansub xalq? A) Olmeklar B) Atsteklar C) Inklar D) Mayyalar 29. XII-XIII asrlarda Kusko shahriga qaysi daryo havzasida asos solingan? A) Niger daryosi B) Aymara daryosi C) Urubamba daryosi D) Senegal daryosi 30. Inklar qaysi qabilalar yerlarini bosib olib And tog`laridan Tinch okeaniga qadar cho`ztlgan ulkan hududda o`z hokimiyatini o`rnatadilar? A) Atstek, Mayya va Aymara B) Aymara va Chimu C) Olmek va Toltek D) Mayya va Chimu 31. Tauan Tinsiyyu (dunyoning to`rt tomoni) kimlarning davlati? A) Mayyalar B) Olmeklar C) Inklar D) Atsteklar 32. Qaysi davlatni Sapa Inka (Oliy Ink) boshqargan? A) Mayyalar davlati B) Inklar davlati C) Olmeklar davlati D) Atsteklar davlati 33. Qaysi davlatda urushlar, hosilsizlik yillari yoki tabiiy ofatlar paytida, barcha jabrlanganlarga davlat zahirasidan makka doni va quritilgan kartoshka tarqatilgan? A) Mayyalar davlati B) Olmeklar davlati C) Atsteklar davlati D) Inklar davlati 34. Qaysi davlat viloyatlari orasida pochta xizmati o`rnatilgan? A) Olmeklar davlati B) Inklar davlati C) Mayyalar davlati D) Atsteklar davlati 35. Kimlarning o`ziga xos «tugunli xati» (kipu) bo`lgan? A) Olmeklar B) Inklar C) Mayyalar D) Atsteklar Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling