021-Keyingi salb yurishlari natijasi (17)
1. XII asr oxirida qaysi papa yangi salib yurishlarini tashkil etishga kirishadi?
Innokentiy III
2. Salibchilar qasi shahar bilan dengiz orqali qo`shinni kemalarda Falastinga olib o`tishga kelishib, 85 ming marka pul to`lashni zimmalariga oladilar?
Venetsiya
3. To`rtinchi salib yurishining sababi?
Venetsiyaning savdodagi asosiy raqibi Vizantiyaga qarshi urush edi
4. To`rtinchi salib yurishiga bahona?
Vizantiya imperatori Isaak II Angelga o'z ukasidan taxtni olib berish
5. Salibchilar qaysi Vizantiya imperatoriga toj-u taxtni qaytarmoqchi edilar?
Isaak II Angelga
6. Salibchilar qachon Vizantiya imperiyasi poytaxti Konstantinopolni egallaydilar?
1204 yilda
7. Salibchilar qayerda Lotin imperiyasini tuzadilar?
Vizantiyada
8. Lotin imperiyasi nechanchi yillarda mavjud bo`lgan?
1204-1261 yillarda
9. Romaniyaning birinchi imperatori etib, salibchilar yo`lboshchilaridan biri saylangan.U kim edi?
Bolduin
10. Romaniyaning birinchi imperatori Bolduin qayerning grafi bo`lgan edi?
Flandriya
11. Qachon Vizantiya imperiyasi qayta tiklanadi?
1261 yilda
12. Vizantiya vasilevslari so`nggi sulolasi asoschisi kim?
Mixail VIII Paleolog
13. Kim 1261 yilda Vizantiya imperiyasini qayta tiklaydi?
Mixail VIII Paleolog
14. Qayerning imperatori Vizantiya imperiyasini qayta tiklaydi?
Nikeya
15. So`nggi, sakkizinchi salib yurishlarining tashkilotchisi kim?
Fransiya qiroli Lyudovik IX
16. Salib yurishlari yakun topishining asosiy sababi?
G`arbiy Yevropa mamlakatlarida boshlangan o`zgarishlar
17. Salib yurishlari o`zining qaysi asosiy maqsadiga erisha olmadi?
Sharqda kuchli xristian davlatlarini yaratish
022-Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi (23)
Do'stlaringiz bilan baham: |