7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 0.76 Mb.
bet145/151
Sana02.06.2024
Hajmi0.76 Mb.
#1840302
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   151
Bog'liq
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.

035-Mo’g’ullar davlati va bosqini (14)

Savollar va javobi


1. Mo`g`ullarning ko`pchiligi nima bilan shug`ullangan?
 Chorvachilik
2. XIII asrning boshlarida mo`g`ullar orasidagi o`zaro urushlarda kim g`olib chiqadi?
 Temuchin
3. Quyidagilardan 1155-1227 yillarda yashagan humdorni aniqlang?
 Temuchin
4. Qachon Temuchin mo`g`ullarning ulug` xoni deb e’lon qilinadi?
 1206 yilda
5. Qayerda bo`lib o`tgan qurultoyda Temuchin mo`g`ullarning ulug` xoni deb e’lon qilinadi?
 Onon daryosi bo`yida
6. Qachon Mo`g`ullar davlati tashkil topadi?
 1206 yilda
7. Mamlakatni markazlashtirish maqsadida Chingizxon qaysi shaharni poytaxtga aylantiradi?
Qoraqurum
8. Asosiy qo`shindan tashqari Chingizxon nima deb yuritilgan maxsus gvardiya tashkil etgan?
 Keshik
9. Chingizxon qachon Shimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi?
 1211 yilda
10. Chingizxon qachon Yettisuv va Sharqiy Turkistonga qarshi urush boshlaydi?
 1218 yilda
11. 1219-1221 yillarda Chingizxon qaysi davlatga qarshi urush olib borgan?
 Xorazmshohlar davlatiga
12. Mo`g`ullar qayerda qipchoqlarning ittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan ruslar qo`shinini mag`lub etadi?
 Kalka daryosi bo`yida
13. Qachon Chingizxon zabt etilgan hududlarni o`z o`g`illari: Jo`ji, Chig`atoy, O`qtoy va Tuluga taqsimlab beradi?
 1224 yilda
14. Chingizxon kimni taxt vorisi etib tayinlaydi?
 O`qtoyni


036-Oltin O'rda davlati (39)

Savollar va javobi


1. Mo`g`ullarning 1235 yilgi qurultoyida O`qtoy qoon (xon) Chingizxonning Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqidagi vasiyatini eslatib, to`planadigan qo`shinga kim yetakchilik qilishini e’lon qiladi?
 Botuxon
2. Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan kim beriladi?
 Subutoy
3. Botu va Subutoylar 1237 yilning kuzida rus yerlariga hujum qilib, dastlab qayerni bosib olishadi?
 Ryazanni
4. Botu va Subutoylar tomonidan 1238-1240 yillarda bosib olingan Rus knyazliklarini ketma-ketlikda joylashtiring?
Vladimir, Suzdal, Kiev, Galich, Volin
5. Mo`g`ullar tomonidan 1241-1242 yillarda qaysi davlatlarning bir qismi egallanadi?
 Chexiya, Vengriya, Polsha
6. Nechanchi yili O`qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo`yi dashtlariga qaytadi?
 1243 yilda
7. Botuxon istilo qilgan Volgabo`yi, Shimoliy Qora dengiz sohillari, Shimoliy Kavkaz, Moldaviya hududlarida rus yozma manbalarida qanday nom olgan Jo`ji ulusi shakllanadi?
 Oltin O`rda
8. Botuxon kimning o`g`li bo’lgan?
 Jo`jining
9. 1236-1255 yillarda Oltin O`rda xoni kim bo`lgan?
 Botuxon
10. Qachon Oltin O`rda xonligi tashkil topgan?
 XIII asrning 40-yillari boshida
11. 1224 yilda Jo`ji ulusiga qayerlar kirar edi?
 Shimoliy Xorazm va Shimoliy Kavkaz
12. Oltin O`rdada ijro hokimiyati boshlig`i kim bo’lgan?
Beklarbegi
13. Oltin O`rdada devon ishlarini kim boshqargan?
 Vazir
14. Oltin O`rdada mahalliy boshqaruv kimlarning qo`lida bo`lgan?
 Dorug`a va bosqoq
15. Oltin O`rda XIV asrdan necha katta viloyatga bo`linib, ular ulus nomini olgan?
 4 ta
16. Oltin O`rda davlatida qo`shinni kim boshqargan?
 Beklarbegi
17. Oltin O`rdada qaysi beklarbegilar hatto xonlarni ham o`z xohishlariga qarab tayinlaganlar?
 No`g`ay, Mamay, Edigey
18. Mo`g`ullar qachon Rusning janubiy knyazliklarida aholini ro`yxatga olish tadbirini o`tkazadi?
 1248 yilda
19. Mo`g`ullar qachon Rusning shimoliy knyazliklarida aholini ro`yxatga olish tadbirini o`tkazadi?
 1257 yilda
20. Oltin O`rdada aholini ro`yxatga olinishining yakunida mamlakat aholisi nima deb nomlangan katta to`lovga tortiladi?
Chiqim
21. Oltin O`rdada aholidan shoshilinch yig`iladigan soliq qanday atalgan?
 Talab
22. Oltin o`rdada soliq va bojlar to`lanishini kimlar nazorat etishgan?
 Bosqoq
23. Mo`g`ullar imperiyasi bo`ylab tashkil etilgan yomlar – yo`l bekatlari qaysi davlatdan qabul qilingan?
 Xitoydan
24. Mo`g`ullar bilan tinchlik siyosatini Vladimir boshlab kim davom ettirgan?
 Aleksandr Yaroslavich
25. Eronda mo`g`ullar davlatini kim tuzgan?
 Xuloku
26. Xuloku va uning vorislari Oltin O`rda bilan qayerga egalik qilish masalasida raqobatlasha boshlaydi?
Kavkaz ortiga
27. Qachon Botuxonning ukasi Berkaxon vafot etadi?
 1266 yilda
28. Xuloku ulusiga qarshi kurashda Oltin O`rda qayerning sultoni bilan ittifoq tuzadi?
 Misr
29. Qachon Oltin O`rda davlati o`z qudratining cho`qqisiga erishadi?
 XIV asrning birinchi yarmida
30. Oltin O`rda davlati o`z qudratining cho`qqisiga erishishi kimlarning faoliyati bilan bog`liq?
 O`zbekxon va Jonibek
31. 1312-1342 yillarda Oltin O`rda xoni kim bo`lgan?
 O`zbekxon
32. 1342-1357 yillarda Oltin O`rda xoni kim bo`lgan?
 Jonibek
33. 1314 yilda Oltin O`rdaning qaysi xoni islomni davlat dini deb e’lon qiladi?
 O`zbekxon
34. Oltin O`rdada kimning davri shaharsozlikning yuksalishi bilan xususiyatlanadi?
 O`zbekxon
35. Oltin O`rda davrida Rossiyada 100 tadan ortiq shaharlar vujudga kelgan bo`lib, ularning qaysilari hozir ham mavjud?
 Tula, Tyumen, Azov, Astraxan
36. XIV asrning o`rtalarida kim Oltin O`rdani yana o`n besh yilga birlashtiradi?
 To`xtamish
37. Amir Temur Jo`ji ulusiga qarshi necha marta yurish qiladi?
 3 marta
38. To`xtamishning Amir Temurdan Shimoliy Kavkazdagi nechanchi yilgi mag`lubiyati Saroy, Saroy Berka, Astraxan shaharlarining vayron etilishiga sabab bo`ladi?
 1395 yilda
39. Oltin O`rda XV asrning birinchi yarmida qaysi xonliklarga bo`linib ketadi?
 Qrim, Sibir, Qozon, Qozoq, No`g`ay



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling