7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan
Download 0.76 Mb.
|
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.
038-39-O’rta asrlarda Yaponiya va Hindiston (45)
Savollar va javobi1. Yaponiyada mulkchilik munosabatlari nechanchi asrlarda uzil-kesil shakllangan? XI-XII asrlarda 2. Yaponiyada qanday yerlar merosiy bo`lib barcha soliqlardan ozod etilgan? Syoen 3. Yaponiyada yirik yer egalarining eng nufuzlilari qanday atalgan? Xanke 4. Yaponiyada yirik yer egalarining eng nufuzlilarining vassallari kimlar bo`lgan? Ryoka 5. Yaponiyada harbiy bo`linmalar jangchilari qanday nomlangan? Samuray 6. Yaponiyani nechanchi asrdan boshlab imperator boshqargan? XII asrdan 7. Yaponiyada imperator qanday ataladi? Mikado 8. Yaponiyada dastlab syogunlik XII asrning oxiridan kim tomonidan o`rnatiladi? Minamoto 9. Yaponiyada imperator poytaxti qaysi shahar bo`lgan? Kioto 10. Minomoto davlatni o`zining qayerdagi qal’a-saroyidan turib boshqargan? Kamakura 11. Nechanchi asrlarda yapon qishloqlarida ocharchiliklar tez-tez takrorlanib turgan? XIV-XV asrlarda 12. Yaponiyaning yirik, aholi zich yashaydigan port shaharlar qaysilar? Sakai, Xyogo, Xakata, Nagasaki 13. Hindistonning shimoliy hududlariga turk va afg`on qabilalarining hujumlari va joylashuvi nechanchi asrlarda ayniqsa kuchaygan? XI-XII asrlarda 14. Dehli sultonligi qachon tashkil topgan? 1206 yilda 15. Dehli sultonligiga kim asos solgan? Qutbiddin Oyboq 16. Dehli sultonligi nechanchi yilarda mavjud bo`lgan? 1206-1526 yillarda 17. Dehli sultonligining poytaxti qaysi shahar bolgan? Dehli 18. Qutbiddin Oyboqning qo`shini asosini kimlardan tuzilgan suvoriylar tashkil qilgan? turklardan 19. Nechanchi asrlar davomida Dehli sultonligining barcha hududlarida musulmonlar hokimiyati uzil-kesil o`rnatiladi? XII-XIII asrlarda 20. Sulton Qutbiddin Oyboq vafotidan so`ng taxtga kim keladi? Shamsiddin Eltutmish 21. 1211-1236 yillarda Dehli sultoni kim bo`lgan? Shamsiddin Eltutmish 22. Kimning boshqaruvi davrida Panjob, Sind, Bengaliya Dehli sultonligiga bo`ysundiriladi? Shamsiddin Eltutmish 23. Dehli sultonligida davlatga dastlab dehqonlar hosilning qancha qismini to`laganlar? 1/5 24. Dehli sultonligida XIII asr oxiridan davlatga dehqonlar hosilning qancha qismini to`laganlar? 1/4 25. Dehli sultonligida yer egaligining asosiy turi nima hisoblangan? iqto 26. Kim Dehli shahrining atrofidagi qishloqlarni o`z shaxsiy gvrdiyasining 2000 suvoriysiga iqto’ qilib bo`lib bergan? Shamsiddin Eltutmish 27. Hindistonda qanday yerlar davlat ixtiyoridagi yerlar bo`lib, undan olinadigan soliqlar xazinaga tushib, davlat xarajatlari va maxsus qo`shinni ta’minlash uchun ishlatilgan? Xolisa 28. Dehli sultonligining qaysi hukmdori islohotlar o`tkazib, davlat xazinasi daromadlarini oshiradi, kuchli qo`shin tuzib, o`zboshimcha feodallarni bo`ysundiradi? Alouddin Xiljiy 29. Dehli sultonligida kim 1325 yilda taxtga keladi? Muhammad Tug`luq 30. Muhammad Tug`luq kimning o`g`li? Alouddin Xiljiy 31. Kim o`z hukmdorligini otasi paytida mustaqillik yo`lini tutgan knyazliklarni bo`ysundirishdan boshlaydi? Muhammad Tug`luq 32. Dehli sultonligining qaysi hukmdori o`zini «Iskandar Zulqarnaynning davomchisi» deb nomlagan? Muhammad Tug`luq 33. Dehli sultonligining qaysi hukmdori davrida Hindiston yarimoroli to`liq birlashtirildi? Muhammad Tug`luq 34. Dehli sultonligining qaysi hukmdori poytaxtni Davlatobodga ko`chirgan? Muhammad Tug`luq 35. Davlatobod shahrining avvalgi nomi qanday atalgan? Devagiri 36. Dehli sultonligining qaysi hukmdori davrida Hindistonda qatoriga 7 yil qurg`oqchilik davom etgan? Muhammad Tug`luq 37. Dehli sultonligining qaysi hukmdori davrida soliqlar kamaytirilib, davlat yerlari dehqonlarga ijaraga bo`lib berilgan? Feruzshoh Tug`luq 38. Dehli sultonligining qaysi hukmdori davrida qishloq xo`jaligi, hunarmandchilikning yuksalishi oqilona boshqaruvi sultonga xalq homiysi sifatida shuhrat keltiradi? Feruzshoh Tug`luq 39. Dehli sultonligining qaysi hukmdori 1398-1399 yillarda Amir Temur qo`shinlariga qarshi kurashadi? Mahmud 40. Amir Temurning Hindistonga yurishidan so`ng …? Hindiston mayda knyazliklarga bo`linib ketdi 41. 1414-1451 yillarda Hindistonda qaysi sulola hukmronlik qilgan? Sayidlar 42. 1451-1526 yillarda Hindistonda qaysi sulola hukmronlik qilgan? Lo`diylar 43. Hindistonda Sayyidlar sulolasini kim taxtdan tushiradi? Bahlul Lo`diy 44. 1451-1489 yillarda Hindistonda kim hukmronlik qilgan? Bahlul Lo`diy 45. Kim Hindistonda Zahiriddin Boburga qarshi kurashadi? Ibrohim Lo`diy Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling