7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan


Download 0.76 Mb.
bet150/151
Sana02.06.2024
Hajmi0.76 Mb.
#1840302
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151
Bog'liq
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.

koreya (37)

Savollar va javobi


1. Choson Koreyscha qanday ma'noni anglatadi?
 Tonggi tarovat
2. Koreyaning ilk qadimgi davlatini belgilang?
Choson
3. Choson "Tonggi tarovat" davlatining asoschisi kim?
 Tangun
4. Tangun Choson "Tonggi tarovat" qiroligiga qachon va qayerda asos soladi?
 Mil.avv 2333-yil Pxenyanda
5. Choson "Tonggi tarovat" qirolligi qachongacha mavjud bo'lgan?
 Mil.avv 2-asrgacha
6. Choson "Tonggi tarovat" qachon uch qirolligga bo'linib ketdi?
 Mil.avv 1-asrda
7. Choson "Tonggi tarovat" qirolligi uchga bo'lingach qaysi davlatlar vujudga keladi? 1.Pekche 2.Parxe 3.Silla 4.Sonak 5.Koguryo
 1,3,5.
8. Choson "Tonggi tarovat" kimlar bilan bo'lgan jangdan so'ng uchga bo'linib ketdi?
 Xitoy
9. Koguryo Xitoyliklarni qachon o'z hududidan surib chiqargan?
 313-yil
10. Koguryo qirolligi o'rniga qaysi qirollik vujudga keldi?
 Parxe
11. Parxe qirolligi qachon o'zining qudrat cho'qqisiga erishadi?
 IX-asrning 1-yarmida
12. Parxe qirolligi qachon parchalanib ketadi?
X-asrda
13. Parxe qirolligi kimlarning hujumidan keyin parchalanib ketadi?
 kidanlar
14. Pekche qirolligi nechanchi asrlara vujudga kelgan?
III-IV-asrlarda
15. Pekche qirolligi Koreyaning qaysi tarafida vujudga kelgan?
 Janubiy
16. Pekche qirolligi qachon markazlashgan davlatga aylanadi?
IV-asrda
17. Yaponiyaga ilk buddalik tasvirlari qayerdan yetib borgan?
 Pekche qirolligidan
18. Yaponiya taxt vorisi bo'lgan shahzodaga kim ustozlik qilgan?
Pekchelik olim Van In
19. Silla qirolligi Koreyaning qaysi tarafida joylashgan?
 Janubiy Sharqida
20. Dastlab uch qirollik ichida eng zaifi qaysi qirollik bo'lgan?
 Silla
21. Nechanchi yilda Silla qirolligi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzib Koreya yarim orolini o'z qo'l ostida birlashtirdi?
 668-yilda
22. Silla qirolligining oltin davri qachon boshlangan?
VIII-asrda
23. Pulguksa ibodatxonasini Koreyada qachon qurilgan?
 VIII-asrda
24. Koryo qiroligiga kim asos solgan?
Van Gon
25. Koryo qirolligining hukmronlik yillarini aniqlang?
 918-1392-yillar
26. Koryo qirolligining poytaxtini aniqlang?
 Sonak
27. Sonak shahri hozirgi Shimoliy Koreyada qanday ataladi?
 Keson
28. Van Gon o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan, ammo uni amalga oshira olmagan edi?
 Xitoydan mamlakatning shimoliy-sharqini qaytarib olish
29. Qachon mug'ullar Koryo qirolligini bosib oladi?
 1231-yilda
30. Mo'g'ullar Koryo qirolligini qachongacha boshqarganlar?
 1368-yilgacha
31. Li Son Ge so'nggi Koryo qirolini qacon taxtdan ag'daradi?
 1392-yilda
32. Li sulolasiga kim asos soladi?
Li Son Ge
33. Li sulolasining hukmronlik yillarini aniqlang?
 1392-1910-yillar
34. Choson qirolligi qachon iqtisodiy madaniy jihatdan yuksaladi?
 XV-asrning o'rtalari
35. Sechjon buyukning hukmronlik yillarini aniqlang?
 1418-1450-yillar
36. Sechjon Buyuk qaysi sohada islohot o'tkazgan edi?
 soliq sohasida
37. Qirol Sechjon Buyuk davrida nimalar yaratildi? 1.taqvim 2.yomg'irni oldindan aytadigan asbob 3.shamol tezligi va yo'nalishini aniqlaydigan asbob 4.quyosh va suv soatlari 5.yulduzlar xaritasi
 1,2,3,4,5




Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling