Choson LI sulolasi davri adabiyoti mundarija


Download 41.4 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi41.4 Kb.
#1564419
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Choson Li sulolasi davri adabiyoti


Choson Li sulolasi davri adabiyoti
MUNDARIJA:




KIRISH

2




I BOB. O’RTA ASRLAR ADABIYOTI NASRI VA NAZMI




1.1

O’rta asrlar nasrining rivojlanish bosqichlari …………………

6

1.2

O'rta asrlar nazmi…………………………………………………………….

15




II BOB. ESSE VA KUNDALIKLAR




2.1

Pak Chivon…………………………………………………………….

24

2.2

Akpu she'riyati…………………………………………………………………

28




XULOSA………………………………………………………………………………

34




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………

35



















KIRISH
Ilk temir davrida Koreya yarim oroli va unga tutash hududlarda yirik qabilalararo uyushmalar shakllana boshlagan. Ularning tipologik mavqei hozirga qadar ilmiy munozara mavzusi hisoblanadi. Ba’zi mutaxassislar fikricha, bu harbiy yoki siyosiy uyushma bo‘lgan bo‘lsa, boshqa bir guruh olimlar dastlabki koreys davlati, uchinchi guruh olimlar esa yuqoridagi ikki fikrni umumlashtirib, qabilalar o‘rtasidagi ittifoqqa asoslagan ilk davlatchilik shakli deb ta’kidlaydilar. Xullas, dastlabki markazlashgan boshqaruvga ega bo‘lgan davlat – bu Choson yoki Ko–Choson (Qadimgi Choson)dir.
Qadimgi Choson Koreya yarim oroli shimoli–g‘arbida va Xitoyning Lyaodun va Lyaosi mintaqasida joylashgan. Ichki va tashqi nizolar ta’sirida qadimgi Chosonning chegarasi o‘zgarib turgan. Afsonaga ko‘ra, davlat poytaxti Vangomson (Pxenyan) bo‘lgan. Dastlab, bu shahar Lyaodun hududida bo‘lgan va poytaxt eramizgacha bo‘lgan IV asrda xitoyliklar hujumlari natijasida ko‘chirilgan. Biz “qadimgi chosonliklar“ haqida to‘xtalganimizda shuni nazarda tutishimiz kerakki, “qadimgi chosonliklar“ turli qabilalar birlashmasi hisoblangan. Choson iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i dehqonchilik bo‘lgan. Chorvachilik esa qo‘shimcha xo‘jalik mashg‘uloti bo‘lgan. Koreyslarda xitoyliklarga qaraganda metall quyish texnologiyasi va temir buyumlarni ishlab chiqarish, ayniqsa, bronzadan turli kundalik ehtiyoj buyumlarini tayyorlash ham rivojlangan. Shuningdek, mahalliy aholi orasida amaliy san’at namunalari, xususan, qo‘l mehnatiga asoslangan taqinchoqlar, xanjar va kulolchilik buyumlarini tayyorlash rivojlangan. Bu davrda ijtimoiy tabaqalashuv ham kuchaygan. Aholining aksariyat qismi qullardan iborat bo‘lgan bo‘lsa–da, lekin qulchilik qanday darajada bo‘lganligi masalasi birmuncha bahsli hisoblanadi. Hukmdorlar sulolasi (van) meros tarzida o‘tgan. Davlat boshqaruvi tizimi shakllangan. Xitoy manbalarida tebu, paksa, changun atamalarining uchrashi koreys davlatidagi vazirlar, maslahatchilar hamda qo‘shin sarkardalari yoki shunga o‘xshash boshqaruv tizimi haqida ma’lumotlar beradi. Biroq, ba’zi olimlar mamlakatda davlat amaldorlari bilan bog‘liq lavozimlar bo‘lganiga shubha bilan qaraydilar. Kijada qadimgi Chosonda “Sakkizta taqiqlovchi bandlar“ nomli kodeksdan iborat huquqiy tizim bo‘lganligi haqida ma’lumotlarni uchratamiz. O‘z navbatida shuni ham aytib o‘tish joizki, mazkur huquqiy hujjatning uchta bandigina bizgacha yetib kelgan. Hujjatning birinchi bandida odam o‘ldirgan kishiga o‘lim jazosi berilishi, ikkinchisida jismoniy zarar yetkazgan odam don mahsulotlari bilan xun to‘lashi to‘g‘risida yozilgan. Uchinchi bandda esa, o‘g‘rilik qilgan kishining ushbu xonadon quliga aylantirilishi borasida fikr bildirilgan. Garchi, gunohkor kishi 500 000 von jarima to‘lash orqali qullikdan ozod bo‘lgan bo‘lishiga qaramay, u jamiyatdan ajratilgan. Choson kodeksida bayon qilingan “Xan shu” (Xan sulolasi tarixi)da ta’kidlanishicha: “Agar kimki pul to‘lab qulliqdan ozod bo‘lgan bo‘lsa ham, unga nisbatan o‘g‘ri deb qarash saqlanib qolgan. Shu bois, u bilan hech kim oila qurmagan“. Aynan mazkur band koreys jamiyatida sinfiy tabaqalashuv va xususiy mulk instituti bo‘lganidan dalolat beradi. Manbada ta’kidlanishicha, mazkur bandning joriy etilishi odamlar orasida o‘g‘rilikning butkul yo‘qolishiga olib kelgan. Qonunlar majmuida oilada er yoki xotinni xiyonati uchun jazolash to‘g‘risida maxsus band bo‘lgan. Qolaversa, bu borada “Xan shu”da yozilishicha, “...ayol o‘z eriga vafodor bo‘lgan va u fohishalik qilmagan”. Qadimgi Chosonda konxu (koreys arfasi) jo‘rligida kuylangan qo‘shiq bandlari (Xitoy yilnomalarida tasvirlangan) bugungi kungacha yetib kelgan bo‘lib, rivoyatlarga ko‘ra, bu qo‘shiqni vafot etgan qayiqchining bevasi Re Ok yozgan: “Daryoga borma, sevgilim. Sen sarkash bo‘lib ketding va daryoga g‘arq bo‘lding. Men endi qanday qilib yolg‘iz yashayman?“.

Download 41.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling