Choson LI sulolasi davri adabiyoti mundarija


AKPU SHE’RIYATI (XON HONIMNING KUNDALIGI TAHLILI)


Download 41.4 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi41.4 Kb.
#1564419
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Choson Li sulolasi davri adabiyoti

2.2.AKPU SHE’RIYATI (XON HONIMNING KUNDALIGI TAHLILI)
XVIII asr - koreys adabiyoti gullab-yashnagan davr. Bu davrda mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi barcha asosiy jarayonlar ayniqsa faollashgan. Chunonchi, bir asr muqaddam koreys feodalizmining teran ziddiyatlari tufayli vujudga kelgan Sirxak - "Aniq bilimlar uchun" g'oyaviy harakati XVIII asrda o'z yuksalish davrini boshdan kechirgan. Uning tarafdorlari - Koreya jamiyatining fikrlovchi qismining eng ilg'or vakillari o'z davlatining holatini anglab yetishga, yaponlar (1592-1598) va manchjurlar (1637) istilosidan so'ng u kirib qolgan ichki siyosiy va iqtisodiy boshi berk ko'chadan mamlakatni chiqarish yo'llarini topishga harakat qilganlar.
Bu davrda ayniqsa xanmunda yaratilgan badiiy asarlar obro'si katta bo'lgan. U koreys davlatining rasmiy adabiy tili bo'libgina qolmasdan, ilg'or g'oyalar va yangi bilimini ham tarqatgan, o'z ma'naviy qadriyatlarini o'zlashtirish va o'rganishga bo'lgan milliy- madaniy ehtiyojlarni ham qondirgan. Ammo unda eng faxrli o'rinni xitoy adabiy an'analari doirasida rivojlangan she'riyat egallashda davom etgan. Qadim zamonlarda o'zlashtirilgan bu tizim o'zning qat'iy belgilangan chegarasi va me'yorlariga ega bo'lgan. Ammo mazmun jihatdan xanmundagi koreys sh'eriyati ancha erkin bo'lgan: ayrim janrlarning dolzarblik darajasi va ularning mazmunini davr belgilagan ular koreys madaniyatida yuz berayotgan mafkuraviy jarayonlarga bevosita bog'liq bo'lgan.
Bu davr koreys adabiyotida "akpu" (xit. yuefu)dagi she'riat alohida o'rin egallaydi. Akpu xalq she'riy ijodi bilan bog'liq bo'lgan adabiyot turi. XVIII asrda ba'zan yuztagacha va undan ortiq asarlarni o'z ichiga olgan o'ndan ortiq to'plamlar yaratiladi. Shu davr shoirlari ijodiga ulkan ta'sir ko'rsatgan Li Ik to'plami (Akpu Sonxo) shular jumlasidan. Bu davr akpulari qadimgi rivoyatlar va afsonalarning syujetlariga yozilgan, mifologik va tarixiy personajlarga bag'ishlangan. Masalan, Lim Chxantek (1680- 1721)ning 35 asardan iborat to'plami Xedon akpu - "Dengizdan sharqdagi mamlakat akpusi")dan koreys xalqining mifologik va tarixiy o'tmishiga bag'ishlangan "Tangun haqida", "Pektusan yo'lbarsi" kabi boshqa she'rlar o'rin olgan. Li Gvansu (1705-1777) to'plami (Togug akpu - "Sharqiy davlat akpusi") 30 she'rdan iborat bo'lib, ularning orasida koreys tarixining shonli an'analariga bag'ishlangan "Txebeksandagi mehrob" qahramoni qadim zamonlarning afsonaviy kohini Chxoyen bo'lgan "Tiniq oy balqiyotgan ko'cha" she'rlari bor. XVIII asrda yaratilgan akpularda mamlakatning tarixiy o'tmishi haqida o'ylar aks ettirilgan. Bunga taniqli tarixchi An Chjonbok tomonidan akpu uslubida yaratilgan "Sharqiy davlat tarixiga nazar tashlab, tuyg'ularimni jilovlayman" asari misol bo'ladi.
Xalq qo'shiqlarining yoki xalq uslubida yozilgan koreyscha she'rlarning, sichjo janridagi koreys she'riy asarlarining tarjimalari akpuda alohida yo'nalishni tashkil etadi. Bunga Xon Nyanxoning "Choxgu tangog" - "Yashil daraxtzorlar mamlakatining qisqa qo'shiqlari" to'plami, Nam Yuyen (1698-1773) akpusi misol bo'lishi mumkin. Bu davrda xanmunga sichjolargina emas, balki boshqa milliy janr -kasada yaratilgan asarlar ham tarjima qilingan. Chunonchi, Chon Chxol (1537-1594)ning mashhur dostonlari aynan XVIII asrda tarjima qilingan.[8]
XVIII asrda xanmunda ijod qilgan mualliflari o'z ona tilidagi asarlarga murojaat etishi koreys madaniyatining o'z milliy sarchashmalariga e'tiboridan dalolat beradi. Bunday tarjimachilik faoliyati koreys madaniyati arboblari ona tilidagi she'riy asarlarni xanmundagi adabiyot sohasiga kiritib, ularning nufuzini oshirishga harakat qilganlarini tasdiqlaydi. Bu harakat zamirida milliy she'riyatga mamlakat tashqarisida dovruq qozonishga ko'maklashish istagi ham yotadi. Koreya tarixida shunga o'xshash hodisa ilgari, ayniqsa IX-X asrlarda, Koreya davlati tashqi dunyo bilan keng aloqalar o'rnatgan, Xitoy qarshisida milliy-madaniy uyg'onishni rag'batlantirgan davrlarda qayd etilgan.
XVIII asr koreys madaniyatining mazkur tendentsiyasi - koreys ma'naviy madaniyatining milliy jihatlariga kuchli qiziqish eng avvalo Li Ik va Li Unxyu (adabiy ismi "xexvanlik zohid") boshchiligidagi sirxakchilar guruhi faoliyatida namoyon bo'ladi. Milliy tarixni, rivoyatlar va afsonalarni o'rganish she'riy ijodgagina ta'sir ko'rsatmagan. U mazkur adiblarning ijtimoiy-siyosiy tafakkurida ham o'z aksini topgan. Ular boshqa mamlakatlarning bilimlarini o'zlashtirish va o'z tarixiy tajribasini anglab yetish orqali o'z davlatining milliy madaniyating rivojlanish yo'llarini aniqlashga harakat qilganlar. Bu jarayonning cho'qqisi ijtimoiy adolat haqidagi utopik g'oyalar negizida jamiyatni isloh qilish dasturini taklif qilgan buyuk matafakkir Chon yagyon ijodidir.
Xanmundagi sh'eriyatning deyarli barcha turlari va janrlarida, shu jumladan si (xit. shi) she'rlarida ham jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Mazkur she'rlarning odatdagi mavzulari saqlangan holda, ularning mazmun xususiyati o'zgardi va XVIII asr koreys voqeligiga yaqinlashdi. Bunga Li Yenxyuning Yenchxongr tayinlagan elchi Simga yo'l-yo'riq ko'rsatishga bag'ishlangan she'ri misol bo'ladi:
Oddiy xalq orasida oddiy so'zlash - odat.
Adiblar esa ularni ishlatmaydilar.
Siz ularni birvarakay oqlang,
Adiblarga ularning muhimligini tushuntiring.
Yenchxon - ovloq joy, boz ustiga kichkina.
Unda yuksak mansabni egallash – odamlar haqida o'ylash demak.
O'zingizni quyosh, oy va tog'larni tomosha qilayotgandek qilib ko'rsatib,
Xalq fig'onlariga diqqat bilan quloq solishingizni so'rayman.
Yozuvdagi belgilar bilan siz oyni madh etmang,
Og'izda may quyilgan jomga muk tushmang.
Faqat o'zingiz ijro etayotgan lavozim haqida gapiring.
Shuni haqiqiy asar deb hisoblang!
Bu she'rda shoir o'z hamfikri, shoir Sim Gvansega murojaat etadi. Unda sirxakchilarga xos bo'lgan jamiyat ravnaqi yo'lida ish ko'rishga, xo'rlanganlar va muhtojlarning ehtiyojlariga quloq solishga, ularga yordam berishga, hatto bo'sh vaqtida ham manzaralarni madh etish va mayxo'rlikka chalg'imaslikka chorlov yangraydi. Muallif davlat xizmatidagi odamning burchi ana shu amallarni bajarishdan iborat, deb hisoblaydi. Ayni shu voqelikni she'riy so'zda aks ettirish esa sirxakchining shoir sifatidagi asosiy vazifasidir.
Ijtimoiy muammolarga bag'ishlangan xanmundagi she'riyatga ayniqsa sirxakchilarning asarlariga o'ta publitsistik ruh hos. Ammo bu ularga iste'dodli peyzajchilar va nozikta'b liriklar bo'lishga xalaqit bermagan. Ijtimoiy tanqidda ham kuchli sanalgan Chon Yagyon ijodi ayniqsa serqirra bo'lgan (masalan, "Suv va tosh" she'rida qarama-qarshi tabiat kuchlarining to'qnashuvi manzarasi mohirona gavdalantirilgan.) "Tashvish chulg'aganlar" she'rida u amaldorlarning ochko'zligi, bag'ritoshligi va ularga zarba berishga qodir bo'lmagan jamiyatning tuban ma'naviy holati haqida alam bilan yozadi.[9]
Mashhur Pak Chi Von o'z she'rlarida davlatning muhim manfaatlarini yaxshi tushunmaydigan, zamondan orqada qolgan aqidaparast konfutsiychilarni tanqid tig'i ostiga oladi (masalan, "Chxvasolik zohidga" she'ri). Shu bilan bir vaqtda Pak Chi Vonning zamondoshlari shoirning kichkina, lekin fojeaga to'la "Yenam o'lgan akasini eslaydi" she'riga yetmish misradan iborat bo'lgan "Chxonsok shiyponida quyosh tug'ilishini kuzatyapman" dostoniga baho berganlar.
XVIII asr koreys adabiyotida doston alohida o'rin egallaydi. Unfa ikki manzara taqqoslangan. Birinchi manzara- Kimgansan tog'larida dengiz qirg'og'ida joylashgan mashhur Chxonsok shiyponida turgan odamning qarshisida namoyon bo'lovchi aniq peyzaj manzarasi. U serto'lqin va sovuq dengiz uzra quyosh chiqishining rang, ovoz va harakatga boy manzarasi sifatida tasvirlanadi. Ikkinchi manzara mifologik obrazlarga o'ralgan koinot kuchlari ta'sirining ulan manzarasi. Quyoshning tug'ilishi dostonida quyoshning paydo bo'lishiga monelik qilayotgan qudratli kosmik kuchlarning quyosh tug'ilishiga ko'maklashuvchi kuchlar bilan to'qnashuvi mahsuli sifatida tasvirlanadi. Mazkur kuchlarning mangu jangi natijasida quyosh paydo bo'ladi.
Shoir qorong'i tunda shiyponda dengizni kuzatish asnosida olamshumul jarayonning shohidi bo'ladi. Tungi manzara olamdagi ilk tartibsizlik holati sifatida idrok etiladi. Uning o'rnini asta-sekin dunyoga quyoshni chiqarishga harakat qilayotgan ilohlar kurashi manzaralari egallaydi. Quyoshning tug'ilishi va paydo bo'lishi bosqichlari hamma narsa tartibga solingan koinotga o'tish bosqichlari. Quyoshning tug'ilishi dunyoni tartibga solish jarayoninig boshlanishi.
Osmon va yer bir-biridan ajralmagan,
Lekin o'z chegaralariga ega bo'la boshlaydilar.
Yaxlitlik qizil chiqiz bilan ikkiga ajratiladi.
Quyosh qiyinchilik bilan tug'iladi. Bunda quyosh paydo bo'lishining barcha bosqichlari kuzatiladi. Va har bir bosqich uchun ayovsiz kurash ketadi. Nihoyat, jang tugaydi, yorug'lik kuchlari tartibsizlik, zulmat kuchlari ustidan tantana qiladi:
Deyarli yumaloq, lekin hali g'ildirakka o'xshash emas,
Balki sopol ko'za kabi cho'zinchoq.
U dam paydo bo'ladi, dam suv bag'rida ko'zdan yo'qoladi
Go'yo to'lqinlarning toqqa urilgan ovozi eshitiladi.
O'n minglab narsalar ko'rina boshladi,
O'tgan kundagi kabi.
Xuddi uni ikki qo'li bilan ushlab,
Tepaga ko'tarib olayotgan birov bordek!
Shu tariqa yangi kun boshlanadi.
Pak Chi Von dostonda xitoy adabiyotining mifologik obrazlaridan foydalanadi. Bu borada u o'zini qadimgi xitoy eposlarining bilimdoni sifatida namoyon etadi. Mifologik muammolarga e'tibor Pak Chi Von dostonini koreys miflari va afsonalariga nag'ishlangan akpu she'riyati bilan yaqinlashtiradi.
Bu davrda xanmundagi she'riyat koreys adabiyoti va madaniyatiga mansub bo'lgan, faqat ungagina xos bo'lgan xususiyatlar bilan tavsiflanadigan hodisa sifatida idrok etilgan. "Men - koreysman. Koreyscha "si" she'rlarini to'qishdan Jazzatlanaman.", deb yozadi Chon Yagyon. Bunday munosabat sarxakchi adiblaming shaxsiy she'riy tajribasiga asoslanibgina qolmagan, balki uni milliy madaniy an'ana tarix, til va adabiyotni sinchiklab o'rganish mahsuli sifatida vujudga kelgan o'sha davr koreys fani ham qo'llab-quvvatlangan. Xanmundagi she'riyat bu davrda koreys tili va fonetikasi muammolari munosabati bilan o'rganiladi. Turli xitoycha-koreyscha lug'atlar va xitoycha qofiyalarning lug'atlari yaratiladi. Jumladan, she'riyat bilimdoni, taniqli olim va davlat arbobi Xon Gexi (1703-1771) tomonidan tuzilgan qofiyatlar lug'atida oxirgi yuz yillik ichida koreys tilida yuz bergan fonetik o'zgarishlar hisobga olinadi.[10]
Xanmundagi she'riyat koreyslarning milliy boyligi sifatida anglab etilishiga yana bir muhim omil turtki beradi. XVIII asr Koreya davlati o'z qo'shnilari bilan faol diplomatik va savdo aloqalari o'matgan davr bo'lgan. Koreyslarda xanmundagi she'rlarni o'sha davr xitoy she'riyati, shuningdek Yaponiya va Vetnamning xitoy tilidagi she'riyati bilan taqqoslash imkoniyati paydo bo'lgan.

XULOSA
Shunday qilib koreys adabiyoti azaldan ikki tilda yaratilgan, bunda ilk bosqichlarda koreys tilida va xitoy tilida yozilgan asarlar teng qimmatga ega, deb hisoblangan va ularning "barkamollik" va "oliyjanoblik" darajasiga ko'ra ajratilmagan. Bunday ajratish keyinchalik odat tusini olgan: koreys tilida yozilgan asarlar "tuban", xitoy tilida yaratilgan asarlar esa "yuksak" adabiyot namunalari - sifatida qarala boshlagan. Shunga qaramay, har xil turdagi asarlar uchun u yoki bu tildan foydalanish afzal ko'rilgan, masalan, mahalliy madaniyat bilan bog'liq matnlar uchun koreys tilidan, rasmiy tarixiy asarlar uchun - xitoy tilidan foydalanilgan. Ona tiliga "vulgar" til sifatida past nazar bilan qarash ancha keyin, Li sulolasi hukmronlik qilgan davrdagina paydo bo'lgan.
Bu davrda koreys tilida yozish qora xalqqa xos, haqiqiy adabiyot faqat xitoy tilida yaratilishi mumkin, degan qarash ilm ahli orasida keng tarqalgan. Ammo milliy yozuv paydo bo'lganidan so'ng, ayniqsa Li sulolasi hukmronligi davrining ikkinchi yarmida ko'pgina yozuvchilarning ijodida xitoy tilida yozilgan asarlar ham, koreys tilida yozilgan asarlar ham paydo bo'lgan. Boz ustiga, ayrim adiblar o'z hamkasblarini birovning yozuviga sajda qilishda ayblay boshlaganlar va o'z xalqining ijodiga murojaat etishga chaqirganlar.
Yozuv bilan birga Koreyaga xitoy she'riyati va nasr janrlari ham kirib kelgan. Janrlar o'z nomlari va belgilariga ega bo'lgan. Masalan, she'riyatda cholgu (xit. tszyuetszyuy), yulsi (xit. lyuyshi), akpu (xit. yuefu), nasrda - chon (xit. chjuan), ki (xit. tszi), sol (xit. sho), nok (xit. lu). Janrlarning nomlarini o'zbek tiliga aniq tarjima qilish qiyin, chunki nomga kiruvchi iyerogliflarni to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilish mazkur janr xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilish imkoniyatini bermaydi (masalan, cholgu she'riy janri so'zma-so'z tarjimada "uzilgan bandlar" degan ma'noni, akpu "musiqa palatasi" degan ma'noni anglatadi). Bu atamalar illyustrativ material yordamida tushuntirishni talab etadi. Hozirgi vaqtda xitoy sheriyatiga doir ko'p sonli tarjimalar va tadqiqotlar e'lon qilingan, shu bois barcha kerakli ma'lumotlarni ayni shu maxsus ishlardan olish mumkin.

Download 41.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling