7-sinf jahon tarixi fanidan mavzulashtirilgan
Download 0.76 Mb.
|
7-Sinf Jahon tarixi mavzu.
040-O’rta asrlarda Amerika xalqlari (35)
Savollar va javobi1. Amerika qit’asiga dastlabki odamlar qayerdan o`tgan? Shimoliy Osiyodan 2. Amerika qabilalarining asosiy qismi nima bilan shug`ullangan? Ovchilik va baliqchilik 3. Amerikada qaysi xalqlar o`zlarining davlatlarini barpo etganlar? Mayya, Atstek, Kechua 4. Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida chakalakzorlar bilan qoplangan hududlarda qadimdan qaysi xalqlar yashab keladi? Mayyalar 5. Mayyalar hozirgi qaysi davlat hududida yashaganlar? Meksika 6. O’rta asrlarda mayyalarda yer kimning mulki bo’lgan? Jamoa mulki hisoblangan 7. Mayyalarda eng og`ir ishlarni kimlar bajargan? qullar 8. Mayyalarda har bir shaharga kim hukmdorlik qilardi? buyuk kishi 9. Mayyalar davlati poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Chichen-Itsa 10. Mayalarning qaysi shahrida rasadxonasi bo’lgan? Chichen-Itsa 11. Qaysi davlatda kohinlar sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanish vaqtini hisoblab chiqqanlar? Mayyalar davlatida 12. Kimlar tomonidan matematikana «nol»ni anglatuvchi belgi hindlardan oldin kiritilgan? Mayyalar 13. Atsteklar davlati hozirgi qaysi davlat hududida bo`lgan? Meksika 14. Atsteklar davlati poytaxti? Tenochtitlan 15. O’rta asrlarda qaysi shaharga katta ko`l o`rtasidagi orollarda asos soladilar? Tenochtitlan 16. Tenochtitlan shahriga qachon asos solingan? XII asrda 17. Kimlar sollarda «suzuvchi dalalar» yaratganlar? Atsteklar 18. Qaysi davlatda hukmron qabila vakillaridan tlatoani – lashkarboshi saylanib, u oliy hukmdor bo`lishidan tashqari, bosh kohin vazifasini ham bajargan? Atsteklar davlatida 19. Qaysi davlatda yuqori lavozimlarni egallagan zodagonlar xizmatlari uchun maosh olganlar? Atsteklar davlatida 20. O'rta asr Amerikadagi qaysi xalqlar urushlar paytida 150 ming kishilk qudratli qo`shin tuzish imkoniyatiga ega bo`lganlar? Atsteklar 21. 12 Atsteklarda eng muhim ekin nima bo`lgan? makkajo`xori 22. Atsteklar xo`jaligining asosi nima bo`lgan? Dehqonchilik 23. Atsteklar xudolari orasida eng e’tiborlisi, qaysi xudo sharafiga hatto odamlar ham qurbonlik qilingan? Urush xudosi 24. O'rta asrlarda Amerikadagi qaysi shaharda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar bo`lgan? Tenochtitlan 25. Qaysi shaharda har yili madhiya, qissalar yozadigan shoir-qo`shiqchilar o`rtasida ko`rik-musobaqalar o`tkazilib, g`oliblar mukofotlangan? Tenochtitlan 26. Janubiy Amerikaning And tog`lari yonbag`rida minglab kilometrga cho`zilgan vohalarda qaysi davlat vujudga kelgan? Inklar davlati 27. Inklar davlati poytaxti qaysi shahar bolgan? Kusko 28. Kimlar kechua tillariga mansub xalq? Inklar 29. XII-XIII asrlarda Kusko shahriga qaysi daryo havzasida asos solingan? Urubamba daryosi 30. Inklar qaysi qabilalar yerlarini bosib olib And tog`laridan Tinch okeaniga qadar cho`ztlgan ulkan hududda o`z hokimiyatini o`rnatadilar? Aymara va Chimu 31. Tauan Tinsiyyu (dunyoning to`rt tomoni) kimlarning davlati? Inklar 32. Qaysi davlatni Sapa Inka (Oliy Ink) boshqargan? Inklar davlati 33. Qaysi davlatda urushlar, hosilsizlik yillari yoki tabiiy ofatlar paytida, barcha jabrlanganlarga davlat zahirasidan makka doni va quritilgan kartoshka tarqatilgan? Inklar davlati 34. Qaysi davlat viloyatlari orasida pochta xizmati o`rnatilgan? Inklar davlati 35. Kimlarning o`ziga xos «tugunli xati» (kipu) bo`lgan? Inklar Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling