7-sinf O’zbekiston tarixi


Download 23.65 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi23.65 Kb.
#1595368
Bog'liq
7-sinf O’zbekiston tarixi 21-26 mavzu


7-sinf O’zbekiston tarixi
1.Jaloliddin o‘z qo‘shini bilan dastlab Kirmon, keyin Sheroz va Isfahonga borib, mahalliy hukmdorlar bilan
kelishib, biroz mustahkam kuchga ega bo‘ladi. Ammo bu yerlar kimga tegishli edi?
A) O’zbekxon B) Xalifa Nosir C) Shamsiddin Eltutmish D) G’iyosiddin Pirshoh
2. Ozarbayjon hukmdori ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan edi, davlatni amalda kim boshqarar edi?
A) Bosh vazir B) Malika Xotun
C) Beklarbegi D) Mehri Xotun
3. Ozarbayjon, Shirvon (Armaniston) va Gurjiston Xorazmshoh qo‘liga o‘tgach, mo‘g‘ullar qaysi shahar yonida paydo bo‘ladi?
A) Sheroz B) Isfahon C) G’azna D)Tabriz
4. 1230-yil avgustda qaysi davlatlarning birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari mag‘lubiyatga uchradi?
1. Ko‘niya 2. Jazira 3. Damashq 4. Misr
A) 1,2 B) 2,3,4 C) 1,4 D) 1,2,3,4
5. Anushteginiylar sulolasi qaysi davrda Xorazmni boshqargan?
A) 995- 1221-yil B) 1097-1221-yil C) 1097–1231-yil D) 1097-1225-yil
6. “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni” asari kimning qalamiga mansub?
A) An-Nasaviy B) Ibn al Asir
C) Juvayniy D) Mirxond
7. Alouddin Atomalik Juvayniy qaysi asarida Jaloliddin Manguberdi haqida muhim ma’lumotlar beriladi?
A) “Tarixi arba’ ulus” B) “Jahon fotihi tarixi” C) “Tarix haqida mukammal kitob”
D) “Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”
8. Maqsud Shayxzoda “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasini qachon yozgan?
A) 1943-yili B) 1944-yili C) 1947-yili D) 1948-yili
9. O’zbekiston hukumati qachon “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi?
A) 1993-yili B) 1999-yili C) 1997-yili D) 1998-yili
10. Kimlarning istilosi oqibatida butun Sharqda shuhrat topgan qurol-aslaha yasash, nafis ipak matolar to’qish, naqshli shishasozlik hunarmandchiligi barham topdi?
A) Forslar. B) Yunonlar.
C) Arablar. D) Mo’g’ullar.
11. Mo’g’ullar istilosi natijasida qayerning aholisi o’z shaharlarini tark etib chiqib ketdilar?
A) Samarqand B) Buxoro
C) Qarshi D) Termiz .
12. Chingizxon vafotidan so’ng (1227) kim mo’g’ullar davlatining ulug’ xoqoni qilib tayinlandi?
A) Tulu. B) O’qtoy. C) Jo’ji. D) Chig’atoy.
13. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda Chig’atoy kimlar xizmatidan foydalanadi?
A) Ko’chmanchi qabila boshliqlaridan B) Mo’g’ul zadoganlardan C) Musulmon savdogarlardan
D) O’ziga bo’ysundirilgan xalqlarning yuqori tabaqa vakillari xizmatidan
14. Kim Buxoro va atrof viloyatlarining sadri deb e’lon qilinadi?
A) Shamsiddin Muhammad Miskin.
B) Shamsiddin Mahbubiy.
C) Shamsiddin Muhammad Havofiy.
D) Shamsiddin Kulol.
15. Targ’u ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning nechadan bir qismi hajmida undirilgan?
A) 1/10. B) 1/20. C) 1/30. D) 1/40.
16. Mo`g`ullar davriga oid soliq turlarini to`g`ri belgilang?
1) xiroj; 2) kalon; 3) tamg`a; 4) targ`u; 5) qopchur; 6) shulen; 7) zakot; 8) tuz solig`i; 9) tutun solig`i;
10) jun solig`i; 11) jizya; 12) kumush solig`i.
A) 2,3,5,6,10,11,12 B) 1,2,4,5,6,9,10,12
C) 2,4,7,8,10,11,12 D) 2,4,5,6,8,10,12.
17. Yom - bu ...
A) Mo’g’ullar davrida savdo yo’llarida joylashgan bekat. B) Oltin, kumush, jez va yog’ochdan yasalgan taxtachalar C) Soliq turi D) Aholidan turli xil yig’im va to’lovlarni olish huquqini beruvchi yorliq
18. Mo’g’ulistonning qaysi ulug’ xoqoni chiqargan maxsus farmonida yomlar bo’ylab pochta xizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanib, aholidan ortiqcha ot talab qilish man etiladi?
A) O’qtoy B) Munke C) Tulu D) Botu
19. Chig’atoy hukdorlaridan Kebekxon shaxsi bilan bog’liq ma’lumotlarni aniqlang.
1) Qarshi shahriga asos soldi 2) Andijn shahriga asos soldi 3) ma’muriy islohot o’tkazildi
4) Ta’lim islohoti o’tkazildi 5) yomlardagi otlardan xususiy shaxslar, savdogarlarning foydalanishi ta’qiqlandi 6) Islom dini qabul qilindi 7) pul islohoti o’tkazildi
A)1,3,7 B) 5,6,7 C) 2,3,4 D) 3,4,7
20. Kebekxon tomonidan necha xil turdagi pul zarb qildiradi?
A) Kumush tangalari namunasida ikki xil pul B) Oltin tangalari namunasida ikki xil pul
C) Kumush tangalari namunasida uch xil pul D) Mis tangalari namunasida ikki xil pul
21. Mo’g’ullar hukmronligi davrida O’rta Osiyoda yerga bo’lgan egalikning qanday shakli mavjud edi?
1. “Mulki sultoniy”. 2. “Iqto yerlari”. 3. “Mulki xos”. 4. “Tanho”. 5. “Mulki devon”. 6. “Mulki inju”.7. “Mulki vaqf’. 8. “Mulk”.
A) 1-2-3-4. B) 5-6-7-8. C) I-3-5-7. D) 2-4-6-8.
22. Mo’g’ullar hukmronligi davrida davlat yeri qanday atalgan?
A) “Mulki devon”. B) “Mulki inju”.
C) “Mulki vaqf’. D) “Mulki xos”.
23. Qaysi so’z mo’g’ul tilida duragay degan ma’noni anglatadi?
A) “Qamurg’a”. B) “Qalochin”.
C) “Jete” D) “Qoraunas”.
24. Qadimda mahalliy sug’diylar, baqtriylar, xorazmiylar va farg’onaliklar, shoshliklarning asosiy mashg’uloti nimalardan iborat bo’lgan?
A) Savdo-sotiq va hunamandchilik
B) Sug’orma dehqonchilik va hunarmandchilik
C) Chorvachilik va dehqonchilik
D) Dehqonchilik va savdo-sotiq
25. … davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, o‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat shakllanadi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat “Qovunchi madaniyati” nomini olgan
A) Xiyoniylar davlati B) Turk xoqonligi
C) Qang` davlati D) O`g`uzlar davlati
26. Qachondan boshlab o’lkamiz “Turkiston” nomi bilan atala boshlagan?
A) V asr. B) VI asr. C) VII asr. D) VIII asr.
27. “Bayt ul-hikma” - “donishmandlik uyi” da qaysi olimlar ijod qilgan?
1. Abu Nasr ibn Iroq. 2. Muso al-Xorazmiy. 3. Abulxayr ibn Hammor. 4. Ahmad al-Farg’oniy.
5. Abu Sahl Masihiy. 6. Ahmad al-Marvaziy. 7. Abu Rayhon Beruniy. 8. Al-Abbos Javhariy.
9. Abu Ali ibn Sino. 10. Yahyo bin Abu Mansur.
A) 1-2-3-4-5. B) 6-7-8-9-10.
C) 1-3-5-7-9. D) 2-4-6-8-10.
28. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nechanchi yillarda yashagan?
A) 781-848-yillarda. B) 783-850-yiIIarda.
C) 797-865-yillarda. D) 873-950-yillarda.
29. Muso al-Xorazmiyning qaysi asari asrlar davomida avlodlar qo’lida yer o’lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o’lchov ishlarida dasturulamal bo’lib xizmat qilgan?
A) “Usturlob bilan ishlash haqida kitob” i. B) “Al-jabr” C) “Kitob at-tarix” D) “Kitob surat ul-arz”
30. “Dorul hikma va maorif’ (“Bilimdonlik va maorif uyi”) - “Ma’mun akademiyasi” ning asosini kimlar tashkil etgan?
1. Abu Nasr ibn Iroq. 2. Muso al-Xorazmiy. 3. Abulxayr ibn Hammor. 4. Ahmad al-Farg’oniy.
5. Abu Sahl Masihiy. 6. Ahmad al-Marvaziy. 7. Abu Rayhon Beruniy. 8. Al-Abbos Javhariy.
9. Abu Ali ibn Sino. 10. Yahyo bin Abu Mansur.
A) 1-2-3-4-5. B) 6-7-8-9-10.
C) 1-3-5-7-9. D) 2-4-6-8-10.

Download 23.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling