V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida
Eftallar davlati O‘rta Osiyo, Afg’oniston, hozirgi
Pokiston, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston
hududlarini o‘z ichiga olgan
484-yil Pero’z eftallarga qarshi yurishi va bu halok
bo’lishi bilan tugagan
V asr oxiri — VI asr boshlarida Xorazm,So‘g‘diyona,
Choch va Toxariston viloyatlarida hashamatli binolari
bo‘lgan alohida-alohida qo‘rg‘onlar yuzaga kelgan.
531-579-yillar Sosoniy Xusrav I Aneshervon davri
V asrda Darg‘om kanali barpo etilgan
V–VI asrlarda sug‘d, xorazm va eftal yozuvlari tarqalgan.
V asrda O‘rta Osiyoda shishasozlik rivojlangan.
VI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan
turkiy qabilalarni birlashtirgan Turk xoqonligi vujudga keldi.
552-yil Bumin xoqon deb e’lon qilinishi va “Turk
xoqonligi” vujudga kelishi
555-yil Turk xoqonligi Sirdaryo va Orolgacha bo’lgan
yerlarni bosib oldi
563-yil-Turklar eftallar davlatiga bostirib kirdi.
563-567-yillar Turklar Eftallar davlatiga bosirib kirishi va Eftallar davlatini tugatilishi
VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va
Amudaryo havzalarida o‘ndan ortiq voha hokimliklari
mavjud edi.
VI asrning 80-yillari oxirlarida Turk xoqonligi ikkiga
bo‘linib ketadi.
VII asrning birinchi choragida G‘arbiy xoqonlik
nihoyatda kuchaygan. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga,
janubda Sind (Hind) daryosi bo‘ylariga borib yetgan.
VII asrning birinchi yarmida G‘arbiy turk xoqonligi
bilan Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bu
davrda Xitoyga to‘qqiz marotaba savdo elchilari
yuboriladi.
V–VII asrlarda mamlakat 15 dan ortiq hokimliklarga
bo‘linib ketgan edi.
V–VII asrlarda O‘rta Osiyoda, bir tomondan, yerga
egalik qilish munosabatlarining o‘rnatilishi va
mustahkamlanib borishi, ikkinchi tomondan,
ko‘chmanchi chorvadorlarning kirib kelishi va
o‘troqlashuvi shahar va qishloqlarning qiyofasi hamda
aholisining turmush tarzi va ijtimoiy ahvoliga jiddiy
ta’sir ko‘rsatadi.
V–VII asrlarda dehqonchilk maydonlari kengayib,
mahsulotlarning ortib borishi, hunarmandchilik buyum
va jihozlarga bo‘lgan ehtiyoj, savdo-sotiqning avj olishi
shaharlarning ravnaqiga ta’sir etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |