7-sinf O’zbekiston tarixi
Download 1.64 Mb.
|
CHINGIZXON DARS ISHLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.
- III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish: Xorazmshoh va Chingizxon munosabatlari
- Chingiz
- Sulton Muhammad Xorazmshoh
- 1216-yil da Chingizxon
- Chingizxon
- CHINGIZXON
- III. Yangi mavzuni mustahkamlash
- 2-topshiriq
DARSNING BLOK CHIZMASI:
I. Tashkiliy qism. O’quvchilar davomati aniqlanadi.Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish. 1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi. 1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish: 1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi: O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi. II. O’tilgan mavzuni takrorlash: “Guruhlarda ishlash”O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi. 1-topshiriq: Guruhlarga o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar beriladi: Xorazmning ma’muniylar sulolasi davridagi yuksalishi? 1-GURUHGA 3-GUHGA O’quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi.
Mo‘g‘ul urug‘ va qabilalari qudratli davlatga birlashuvi va jipslashuvi Temuchin (1155–1227) nomi bilan bog‘liq. 1206-yilda Onon daryosi bo‘yida chaqirilgan mo‘g‘ul urug‘ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug‘ xon (qoon) deb e’lon qilinadi, unga “Chingiz” laqabi beriladi hamda Mo‘g‘ullar davlatiga asos solinadi. Chingizxon olib borgan urushlar natijasida Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog‘ (Tyanshan) tizmasining g‘arbiy etaklarigacha bo‘lgan viloyatlar Mo‘g‘ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi. Endilikda Mo‘g‘ullar davlatining g‘arbiy hududlari Sulton Muhammad Xorazmshoh saltanatining chegarasiga bevosita tutashib ketgandi. Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasida bir-birining kuchqudratini bilib olishga va bu haqda ma’lumotlar to‘plashga harakat qilinadi. Ikki o‘rtada hatto elchilik aloqalari o‘rnatiladi. Dastavval, 1216-yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o‘z elchilarini yuboradi. Elchilarni Chingizxon iltifot bilan qabul qiladi. Hatto elchilardan u Sulton Muhammadni G‘arbning sohibqironi (G‘arb mamlakatlari yerlarining sultoni), o‘zini esa Sharqning podshosi deb hisoblashini Xorazmshohga yetkazishlarini so‘raydi. Chingizxon qimmatbaho sovg‘alar va mollar ortilgan katta karvon bilan o‘z elchilarini Xorazmga yuboradi. Elchilarga xorazmlik savdogar Mahmud Yalavoch boshliq qilib tayinlanadi shartnoma tuzishga roziligini aytadi Eng ardoqli o‘g‘illari qatorida ko‘rish “iltifoti”, shubhasiz, Sharq ustomonligida “Chingizxonning Xorazmshohni o‘ziga qaram qilib olish niyati bor” degan ma’noni anglatardi/ O‘zini Iskandari soniy (Ikkinchi Iskandar) deb hisoblab yurgan podshoga bunday “istiqbol” sira yoqmas edi CHINGIZXON . Xorazmshoh Mahmud Yalavochni tunda xufiyona o‘z huzuriga chaqirtirib keladi. Elchiga xorazmlik bo‘lgani uchun Chingizxonga emas, balki Xorazm shohiga xizmat qilishini, Chingizxon to‘g‘risidagi bor haqiqatni aytishini, keyinchalik xon qarorgohida Xorazmshohning josusi bo‘lib qolishini talab qiladi. Chingizxon o‘z elchilarining ish natijalaridan mamnun bo‘ladi Chingizxon Sulton Muhammadga o‘z minnatdorchiligini izhor etish va ikki buyuk qo‘shni davlatlar o‘rtasida shartnoma tuzish uchun 1218-yilning o‘zidayoq Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini jo‘natadi. Karvon ko‘p miqdorda oltin, kumush buyumlar, xitoy ipak matolari, suvsar va qunduz mo‘ynalari va boshqa har xil qimmatbaho mollar ortilgan 500 tuyadan hamda 450 musulmon savdogarlardan tashkil topgan edi. Bu ulkan savdo karvoni mamlakat poytaxti Urganch shahri tomon borar edi. Ammo karvon yo‘lda chegara shahar O‘trorda ushlanib qoladi. Shaharning noibi G‘oyirxon (Inolchiq) tomonidan karvon talanib, savdogarlarning hammasi qirib tashlanadi. Faqat bir tuyakashgina o‘limdan qutulib qoladi. U Chingizxonning qarorgohiga zo‘rg‘a yetib borib, karvonning dahshatli qismatidan xabar beradi. Chingizxon Xorazm ma’murlaridan hisoblangan O‘tror noibining xiyonatkorona xatti-harakatidan nihoyatda g‘azablandi. Ammo g‘azabini bosib, Ibn Kafroj Bug‘roni ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuboradi. Chingizxon Sulton Muhammaddan aybdorlarni jazolashni va Inolchiqni tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga javoban elchini o‘ldirishni va u bilan birga kelgan ikkita mulozimning soqol-mo‘ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikkita eng katta davlatlar o‘rtasida savdo aloqalari va elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi. Xorazmshoh uyushtirgan bu voqea har ikki buyuk davlatlar o‘rtasida urush boshlanishiga bahona bo‘ldi III. Yangi mavzuni mustahkamlash: Darsning bu bosqichi quyidagi savol-topshiriqlar yozilgan kartochkalarni o’quvchilarga (guruhlarga) tarqatish orqali bajariladi: 1-topshiriq: O’quvchilarga “Rasmlar asosida hikoya tuzing?” deb nomlangan kartochkada yetishmayotgan so’zni qo’yib, matnning asosiy mazmuni aytib bering. 2-topshiriq: Guruhlarga o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar beriladi: 3 Yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi. V. Dars yakunlarini chiqarish 1. O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish; 2. Baholarni e'lon qilish. 3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi VI. Uyga vazifa Mavzu yuzasidan darslikda berilgan savollarga javob topish. Krossvord tuzib kelish. Kelgusi darsda o’tiladigan mavzu bilan tanishib kelish, asosiy tushunchalarni eslab qolish, qo‘shimcha manbalarni izlab topish. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling