Zoologiya
7-sinf (3 soat, 40-42 darslar)
Mavzu: Suvda ham quruqda yashovchilar sinfi.
40-dars mavzusi: Suvda ham quruqda yashovchilarning tashqi tuzilishi va skeleti
41-dars mavzusi: Ichki tuzilishi
42-dars mavzusi: Ko’payishi, rivojlanishi va umumiy o’xshashliklari
Darsning maqsadi: O’quvchilarni suvda ham quruqda yashovchilarning xilma-xilligi, dumsizlar, dumlilar turkumining o’ziga xos xususiyatlari, tashqi tuzilishi, skeleti, ichki tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, sinf vakillarining o’xshashligi va ahamiyati bilan tanishtirish.
O’quvchilarni suvda ham quruqda yashovchilarning xilma-xilligi, dumsizlar, dumlilar turkumining o’ziga xosxususiyatlari, vakillari va ahamiyati bilan tanishtirish orqali ularning ilmiydunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.
O’quvchilarning suvda ham quruqda yashovchilarning xilma-xilligi, dumsizlar, dumlilar turkumining o’ziga xosxususiyatlari, tashqi tuzilishi, skeleti, ichki tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, sinf vakillarining o’xashaliklari haqidagi bilimlarini, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Suvda ham quruqda yashovchilarning xilma-xilligi,dumsizlar, dumlilar turkumining o’ziga xos xususiyatlari, tashqi tuzilishi, skeleti, ichki tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, sinfvakillari aks etgan plakatlar, Gatteriya, har xil baqalar, qurbaqa, salamandra, tritonlar tasvirlangan rasmlar. Baqaning skeleti va barelyef modeli, slaydlar, ho’l preporatlar, jadvallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |