7-sinf “Zoologiya” fanidan 3- chorak 40,41,42 dars
Download 165.5 Kb.
|
biologiya dars iwlanma 7-sinf
7-sinf “Zoologiya” fanidan 3- chorak 40,41,42 dars Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarining Biologiya fanidan optimallashtirilgan o’quv dasturi asosida 7-sinf Zoologiya darslari misolida ta’limning innovatsion va interfaol usullaridan foydalanib, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish yuzasidan yo’riqnomalar tavsiya qilindi. O‘qituvchiga tavsiyalar Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida biologiya o‘quv fani 5-sinfdan 9-sinfgacha o‘qitiladi. Sinflar kesimsda Botanika 5-sinfda haftasiga 1 soat, 6-sinfda haftasifa 2 soat, Zoologiya 7-sinfada haftasifa 2 soat, Odam va uning salomatligi 8-sinfda haftasifa 2 soat, Biologiya (sitologiya va genetika asoslari) 9-sinfda haftasifa 2 soatdan o‘qitiladi. Mazkur o‘quv fani bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarida belgilangan mavzular bo‘yicha o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malaka elementlarining o‘zlashtirilishi darajasi ichki va tashqi nazoratlarni o‘tkazish natijasida aniqlab boriladi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2011 yilning may oyida olingan nazorat ishlari tahlillarining monitoring natijalari asosida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalaridagi bo‘shliqlar aniqlandi. Ushbu tahlillar asosida quyidagi mavzular yuzasidan bo‘shliqlarning mavjudligi aniqlandi: Zoologiya fanidan 7-sinfda “Suvda ham quruqlikda yashovchilar sinfi (xilma-xilligi, ahamiyati)” mavzulari. O‘zlashtirishda qiyinchiliklar mavjudligi sababli mazkur mavzularni o‘tishda o‘qituvchi tomonidan nazariy bilimlarni yetkazish bilan chegaralanib qolmasdan, amaliy mashg‘ulotlar, o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini rivojlantirish, ijodiy izlanishga o‘rgatish, guruhlarda va hamkorlikda ishlash malakalarini shakllantirish, izlanish, mavzuga oid materiallar to‘plash va ularni tahlil qilish, ularning asosida o‘z fikrini bayon eta olish kabi o‘quvchi faoliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tanlash va ularning asosida ta’lim berishni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shunga ko‘ra mazkur mavzularni o‘rganishda ayrim pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan mavzularni o‘qitish bo‘yicha dars ishlanmalarini taqdim etilmoqda. Jumladan, biologiya darslarida modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda olimlarning olib borgan tadqiqotlari asosidagi quyidagi ta’riflarni bilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Modul dasturlari - mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruv- chi maqsadidan kelib chiqadigan modul dasturining didaktik maqsadi, o’quvchilarning dars davomida bajaradigan o’quv topshiriqlari,topshiriklarni bajarish bo’yicha berilgan ko’rsatmalar, modul dasturini yakunlash qismini o’zida mujassamlashtiradi.
Download 165.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling