O’quv faoliyati elementi (O’FE)
|
O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv materialiga oid topshiriqlar
|
Topshiriqlarni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar
|
O’FE-0
|
O’quvchilani darsda o’rganilayotgan mavzuning maqsadi bilan tanishtirish: Baqaning misolida suvda ham quruqda yashovchilarning ichki tuzilishi, sinf vakillarining og’iz apparati, nafas olish, yurak-qon tomir tizimi, ayirish organlari, nerv sistemasining tuzilishini o’rganish.
|
Darsning maqsadini diqqat bilan o’qib chiqing
hamkorlikda ishlang
|
1-O’FE
|
Darslikning 118-120 betlaridagi matnni diqqat bilan o’qib chiqing.
|
2-O’FE
2.1
2.2
2.3
2.4
2.5
2.6
|
O’qib chiqilganlar asosida quyidagi savollarga javob toping va va topshiriqlarni bajaring:
1. Darslikning 118 betidagi 71-rasmni diqqat bilan o’rganib chiqing. Baqaning og’iz apparati qanday tuzilgan? Uning o’ziga xos jihatlarinibelgilang.
2.Baqaning nafas olish tuzimining xususiyatlarini aniqlang
3. Ovqat hazm qilish organlarinimalarni o’z ichiga oladi? Darslikning 118 betidagi 71-rasm asosida mavzuni o’rganib chiqing.
4. 72-rasmni diqqat bilan o’rganib chiqing. Baqaning yurak-qon tomir tizimini nimalar tashkil etadi? Uning o’ziga xos tomonlari nimalardan iborat?
5. Baqaning ayirish organlari tuzilishini tushuntiring.
6. Darslikning 119-120 betlaridagi “Nerv sistemasi” nomli kichik matnni 73-rasm asosida o’rganib chiqing. Baqa nerv sistemasining tuzilishini tushuntiring.
|
O’quvchilarguruhi bilano’tkaziladigansavol-javoblar va topshiriqlarning bajarilishidafaol ishtirok etish
|
3-O’FE
|
Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib, mavzuga oid rasmlar va plakatlardan foydalanib qiyosiy tahlil qilish.
|
hamkorlikda ishlash
|
3.1.
|
O’rganilganlar asosida quyidagi savollarga javob topish va topshiriqlarni bajarish:
|
hamkorlikda ishlash
|
3.2
3.3
3.4
|
1. Sinfga kiruvchi hayvonlar og’iz apparati tuzilishidagi o’ziga xoslikni rasmlardan foydalanib sxematik tarzda daftaringizga chizib oling
2. Baqaning katta va kichik qon aylanish doiralarida qonningharakatlanishini darslikning 118 -betidagi 72-rasm va tegishli plakatlar yordamida tushuntiring.
3. 119 - betidagi 72-rasm va tegishli plakatlar yordamida baqaning bosh miyasi qanday qismlarga bo’linishini tahlil qiling.
|
O’quvchilarguruhi bilano’tkaziladigansavol-javoblar va topshiriqlarning bajarilishidafaol ishtirok etish
|
4-O’FE
|
Modul dasturini yakunlash.
Modul dasturining didaktik maqsadini o’qibchiqing. Siz qo’yilgan maqsadga qay darajada erishdingiz?
|
O’z faoliyatini tahlil qilish
|
5-O’FE
|
O’zingizning o’quv faoliyatingizni besh ballitizimda baholang. Bunda savollarga to’liq va to’g’ri javob berilgan bo’lsa 5 ball, qisman kamchiliklar mavjud bo’lsa 4 ball, xatoliklar va kamchiliklari bo’lsa 3 ball, vazifa qisman bajarilgan bo’lsa 2 ball, vazifalar qisman yozilgan ammo javob berilmagan bo’lsa 1ball qo’yiladi.
O’quv faoliyatingizdan qoniqish hosil qilgan bo’lsangiz bugungi mavzu bo’yicha o’rgangan yangi so’zlar, tushunchalarningnomlarini daftaringizga yozib oling.
|
O’z-o’zini baholash
|
6-O’FE
|
Modul dasturiyordamida mavzuni qayta o’rganish. O’rganilganlar asosida baqaning ichki tuzilishini baliqning ichki tuzilishi bilan qiyoslab, jadvalni to’ldiring.
|
Uyga vazifa
|