7-tajriba ishi yarim sferik aktiv ko'mir qatlamli adsorber gidrodinamikasini o'rganish Ishning asosiy maqsadi
Download 20.65 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqATJQ yarim sferik
7-TAJRIBA ISHI Yarim sferik aktiv ko'mir qatlamli adsorber gidrodinamikasini o'rganish Ishning asosiy maqsadi: Harakatchan nasadkali kolonnalarda modda berish va o'tkazish koeffitsentlari miqdorini aniqlash. Ishning nazariy qismi Ximiya va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasida modda almashinish protsesslari muhim o’rin egallaydi. Bunday protsesslar bir fazadan ikkinchi fazaga moddalarning o'tishiga asoslangan. Modda o'tkazish protsessining mexanizmi o'zaro ta'sir qilayotgan fazalarning agregat xolatlariga bog'liq bo'ladi. Bu xususiyatlarga ko'ra faza sistemalari quyidagicha bo'ladi: 1. Gaz-suyuqlik; 2 - qattiq jism-gaz; suyuqlik-bug'; suyuqlik-suyuqlik; qattiq jism-suyuqlik. Bug', gaz yoki tutunli gazlarning hamda bug'-gaz aralashmalaridagi bir va bir necha komponentlarning suyuqlikda yutilish protsessi absorbtsiya deyiladi. Absorbtsiya protsessi gaz- suyuqlik sistemasida olib boriladi. Yutilayotgan gaz absorbtiv, yutuvchi suyuqlik absorbent deyiladi. Teskari protsess, ya'ni yutilgan komponentlarning suyuqlikdan ajralib chiqishi desorbtsiya deb ataladi. Sanoatda absorbtsiya protsessi turli maqsadlarda qo'llaniladi: Gaz aralashmalaridan qimmatbaxo komponentlarni ajratib olishda, komponentlarni har xil zaharli moddalardan tozalash uchun (mineral o'g'itlarni olishda hosil bo'lgan gaz aralashmalarini ftor birikmalaridan), tayyor mahsulotlar, masalan SO3 va azot oksidlar, HCl ning suvda yutilishi natijasida sulfat., azot, xlorid kislotalar olishda va xokazo. Adsorbtsiya, quritish, ekstraktsiya modda almashinish protsesslari qattiq-jism, suyuqlik, qattiq - jisim bug’ (gaz) fazalar sistemasida olib boriladi. Gaz, bug' yoki suyuqlik aralashalaridan bir xil yoki bir necha komponentlarning g’ovaksimon qattiq moddaga yutilishi protsessi adsorbtsiya deyiladi.Aktivyo’zagaega bo’lgan qattiq materiallar adsorbentlar deb ataladi. Yuitiluvchi modda adsorbent yoki adsorbtiv deyiladi. Teskari protsess ya'ni desorbtsiya adsorotsiyadan keyin olib boriladi va ko’pincha yutilgan komponentni bentdan ajratib olish uchun(yoki adsorbentni regeneratsiya qilish uchun) xizmat qiladi. Ion almashinish protsessi adsorbiyaning bir turi bo’libi, ayrim qattiq moddalar (ionitlar) o’zlarining harakatchan ioalarini elektrolit eritmalardagi ionlarga almashtirish qobilyatiga asoslangan. Har bir adsorbent murakkab aralashmalarda ma'lum komponentlarni yutib, aralashmaning boshqa komponentlariga ta'sir qilmaydi. Demak, adsorbentlar tanlovchanlik qobiliyatiga ega. Adsorbtsiya protsessi ko’pincha gaz va suyuqlik aralashmalaridagi yutilayotgan komponentning kontsentratsiyasi kam miqdorda bo’lganda adsorbtivni butunlay ajratib olish uchun qo'llaniladi. Agar ajratilayogan komponentning kontsentratsiyasi yuqori bo'lsa, u xolda adsorvtsiya qo'llaniladi. Adsorbtsiya protsessi gazlarni, eritmalarni tozalashda, eritmalardan qimmatbaxo moddalarni ajratib olishda, neft mahsulotlaridan hosil bo'lgan aralashmalarni tozalashda, neftni qayta ishlash natijasida hosil bo'lgan gaz arashmalaridan vodorod va etilenni, benzin fraktsiyalaridan aromatik uglevodorodlarni ajratib olishda, yoglarni, vint mahsulotlarini, har xil mevasazavot sharbatlarini tozalashda ximiya va ozik-ovkat sanoatining barcha tarmoqlarida keng qo'llaniladi. Download 20.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling