7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/49
Sana09.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#258764
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish uslublari

Dorivor  qaynatma.  Qaynatma  (otvar)  aksariyat  o`simlikning  dag`al 

qismlaridan  (masalan,  ildiz,  po`stloq,  tuganak,  g`uddalar)  tayyorlanadi. 

Qaynatmaning  tayyorlanishi  damlamani  tayyorlash  usuliga  o`xshab 

ketadi.  Qaynatma  tayyorlash  uchun  yaxshilab  maydalangan  dorivor 

mahsulot  sirlangan  yoki  chinni  idishga  solinadi  va  uning  ustiga  lozim 

ko`rilgan  miqdordagi  qaynoq  suv  solinib,  yengil  alanga  ustida  20-30 

minut  davomida  qaynatiladi.  Shundan  so`ng  qaynatma  alanga  ustidan 

olinib,  uy  sharoitida  10-15  minut  davomida  sovitiladi.  So`ngra  qaynatma 

suzilib  turpidan  ajratiladida,  kamayib  qolgan  suv  miqdori  qaynatib 

sovitilgan suv qo`shish bilan me`yoriga yetkaziladi. 

Uy  sharoitida  va  umuman  dorixonada  tayyorlangan  damlama  va 

qaynatmalar  ko`p  saqlansa  achishi,  buzilishi  mumkin,  shu  sababli  ularni 

faqat iste`mol qilish oldidan tayyorlash ma`qul. Damlama va qaynatmalar 



22 

 

iloji  boricha  salqin  yoki  sovuq  (xolodilnik)  joylarda  3  kun  saqlanishi 



darkor.  Mabodo  dorivor  damlama  va  qaynatmalar  saqlanish  jarayonida 

rangini  o`zgartirsa,  ichida  po`panaksimon  pardalar  hosil  bo`lsa, 

loyqalansa,  ta`mi  o`zgarsa,  shuningdek,  begona  narsalar  tushib  qoladigan 

bo`lsa, bunday dorilarni ishlatib bo`lmaydi. 

Uyda  tayyorlanadigan  dori-darmonlar  va  barcha  preparatlar 

davolovchi  vrach  tavsiyasi  bo`yicha  va  belgilab  bergan  me`yorida 

iste`mol  etilishi  lozim.  Quvvatbaxsh,  ishtaha  ochuvchi,  darmondorilarni 

ko`p iste`mol qilmaslik kerak. 

Uy  sharoitida  dorivor  omillar  tayyorlanishida  damlama  hamda 

qaynatma  tayyorlanish  jarayonining  belgilangan  muddatdan  oshirib 

yuborilishi xosiyatli o`simlik mahsulotlari tarkibida bo`lgan biologik faol 

moddalar  (vitaminlar,  efir  moylari,  fermentlar  va  boshq)  tabiatning 

o`zgarib ketishiga sababchi bo`lishi mumkin. 

Mabodo 


shifobaxsh 

o`simliklardan 

dorivor 

mahsulot 

tayyorlanadigan bo`lsa, unda foydalanilayotgan o`simlik mahsulotlarining 

maydalanish darajasi katta ahamiyat kasb etadi. 

Agar 

o`simlik 



barglari, 

o`ti, 


gullaridan 

dorivor 


damlama 

tayyorlanadigan  bo`lsa,  kattaligi  5  mm  dan  (barglar  qalin  bo`ladigan 

bo`lsa,  1  mm  dan  ortiq  bo`lmasligi  lozim)  oshmasligi  kerak.  Mabodo 

dorivor  o`simlikning  shoxchasi,  po`stlog`i,  ildizpoyasi,  ildizidan 

qaynatma  tayyorlanadigan  bo`lsa,  u  holda  maydalangan  mahsulotning 

kattaligi  3  mm  gacha  borishi  darkor,  o`simlikning  meva  va  urug`larining 

kattaligi 0,5 mm gacha bo`lishi talab etiladi. 



23 

 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling