7. zatvor turlari va konstruksiyalari. Gidrotexnika inshootlarining suv tо‘sqichlari (zatvorlar). Gidrotexnika inshootlarida qo’llaniladigan suv to’sqichlar va ularning turlari
Download 241.73 Kb. Pdf ko'rish
|
7-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- TURLARI. Reja: 1
- 7.1. GTI ning zatvorlari va mexanik qurilmalari tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
7. ZATVOR TURLARI VA KONSTRUKSIYALARI. GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINING SUV TО‘SQICHLARI (ZATVORLAR). GIDROTEXNIKA INSHOOTLARIDA QO’LLANILADIGAN SUV TO’SQICHLAR VA ULARNING TURLARI. Reja: 1. GTI ning zatvorlari va mexanik qurilmalari tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. 2. Zatvorlarning vazifasi va turlari. Oddiy zatvorlar: shandorlar, spitsalar, yassi shitlar. 3. Yuza va chuqur joylashgan zatvorlar. 4. Segmentli zatvorlar, ularning turlari va konstruksiyalari. 7.1. GTI ning zatvorlari va mexanik qurilmalari tо‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish davrida suv sarfini yoki suv sathini rostlash, suzgichlar va kemalarni o‘tkazish uchun suv o‘tkazish oraliqlarini to‘liq yoki qisman yopishga zarurat tug‘iladi. Bu funksiya (ish)larni bajaruvchi muhandislik konstruksiyalari gidrotexnika zatvorlari deb ataladi. Inshootdan suv o‘tkazishni to‘xtatmasdan suzgichlar va hokazolarni ushlab qolishga to‘g‘ri keladi. Bu maqsadlar uchun panjaralar ishlatiladi. Zatvorlar va panjaralar harakat qilishini ko‘tarib-tushirish mexanizmlari, ta’mirlash va avariya to‘siqlari hamda boshqa moslamalar orqali amalga oshiriladi. Yuqorida qayd qilingan konstruksiyalar majmuasiga gidrotexnika inshootlarini mexanik jihozlari deb ataladi. Mexanik jihozlar tarkibiga quyidagilar kiradi: zatvorlar harakatlanuvchi konstruksiya bo‘lib, uning yordamida tirqishlar yopiladi va sarflar, sathlar orasidagi farq, inshoot byeflardagi hajm boshqariladi. Qo‘yilma qismlar – harakatlanmaydigan konstruksiya bo‘lib, u inshoot tanasiga o‘rnatiladi va quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) zatvorlar va panjaralar harakatini yo‘naltiradi yoki ularning holatini belgilaydi; 2) zatvorning inshoot bilan tutashgan joyida suv o‘tkazmaslikni ta’minlaydi; 3) tutashgan joylarni qizitish va qirralari hamda beton sirtlarni buzilishdan himoyalaydi. Tayanch harkatlanuvchi qismlar – zatvorlardan tushadigan bosimni qo‘yilma qismlarga va ular orqali inshootga o‘tazuvchi va zatvor holatini belgilaydigan konstruksiya va ularga quyidagilar kiradi: 1) suzgichlarni ushlovchi panjara va boshqa to‘siqlar; 2) zatvorlar panjaralar va boshqalarni ko‘tarib-tushuruvchi mexanizmlar hamda ustidan ushlab turuvchi to‘sinlar; 3) zatvorlar va panjaralarni harakat qildiruvchi qurilmalar va tizimlar; 4) panjaralarni tozalaydigan suzgichlarni chiqarib tashlaydigan moslamalar, panjara tozalaydigan mashinalar. Mexanik jihozlar ishlashini bir qator yordamchi doimiy va vaqtinchilik qurilmalar (qurilish ko‘priklari, estakadalar), kran osti to‘sinlari hamda kran yo‘llari, tayanch ustunlari, xizmat ko‘priklari, mexanik va gidravlik ko‘targichlar hamda ularning uzatmalari va boshqalar ta’minlaydi. Download 241.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling