Ish haqi o’z tarkibiga ko’ra ikkiga bo’linadi: 2- qo’shimcha ish haqi Asosiy ish haqi ishchi va xodimlarning ishlagan vaqtlari uchun to’lanadigan haq bo’lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: ishchilarning aybi bo’lmagan va bekor turib qolishlar uchun to’lanadigan haq; tunda ishlaganlik uchun qo’shimcha haq; akkord usulida to’lanadigan haq; ish haqi fondidan to’lanadigan mukofotlar; dam olish kunlari, bayram kunlari, ish vaqtidan tashqari soatlarda ishlaganlik uchun odatdagi ish shart-sharoitidan chetga chiqqanlik va boshqalar uchun ishchilarga yuqori narxlar bo’yicha to’lanadigan qo’shimcha haq. Qo’shimcha ish haqi xodimlarning ishlamagan vaqtlari uchun to’lanadigan haq bo’lib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: ta’tillarga to’lanadigan asosiy va qo’shimcha haq; o’smirlarga imtiyozli soatlar uchun to’lanadigan haq; davlat va jamoat burchlarini bajarganlik uchun to’lanadigan haq; Hozirgi sharoitda ishchi va xodimlarga to’lanadigan ish haqi shakllari ham rang-barangdir. Quyidagi jadvalda ish haqi to’lashning shakllari keltirilgan:
Ish haqi to’lash shakllari
| |
Ishbay
|
Vaqtbay
|
Oddiy ishbay
Ishbay-mukofot
Ishbay-progressiv
Bilvosita ishbay
Akkord
|
Oddiy vaqtbay
Vaqtbay-mukofot
| Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ishga amaldagi narxlar asosida ish birligi uchun hisoblanadi - Oddiy ishbay shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sonini ishbay narxiga ko’paytirish yo’li bilan ish haqi miqdori aniqlanadi.
- Ishbay-mukofot shaklida bevosita ishbay narxlar bo’yicha ish haqidan tashqari ma’lum ishlab chiqarish yutuqlariga erishilganligi uchun haq oladi. Masalan, ish sifatining yaxshiligi, moddiy boyliklar tejalgani va hokazolar.
- Ishbay-progressiv shaklida ishchilar mehnatiga belgilangan boshlang’ich me’yor doirasida bevosita ishbay narxlar bo’yicha, bu me’yordan ortiqchasiga esa oshirilgan narx bo’yicha haq to’lanadi. Ishbay narxlar oshishi har bir holda maxsus shkala bo’yicha aniqlanadi.
- Bilvosita ishbay shakli ishbay narxlari bo’yicha belgilanib, xizmat ko’rsatayotgan uchastkadagi o’rtacha ish me’yorining bajarilish foiziga ko’paytirilishi mumkin.
- Akkord shakli butun ish hajmi uchun ish haqi miqdorini belgilaydi hamda akkord topshiriqlarni bajarish muddatlarini qisqartirganlik uchun mukofotlashni o’z ichiga oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati vaqt me’yorlari va narx asosida aniqlanadi. Ishbay akkord shakli asosan mavsumiy ishlarni hamda ayrim buyurtmalarni bajarishda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |