72i-20i guruh talabasi Abdukarimov Asadbekning faq ishi
Download 15.38 Kb.
|
FAQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 ) M ikromuhit nima
- 4) Etalon strategiya deb nimaga aytiladi va uning qanday elementlarini bor
- 5) Bozor segmenti nima
72i-20i guruh talabasi Abdukarimov Asadbekning FAQ ishi. 1)Konglomerativ diversifikatsion strategiya nima? Firmaning mahsulotlami ishlab chiqarish bilan texnologik bog‘- liq bo‘lmagan ishlab chiqarish bilan yangi bozorda imkoniyatlarini kengaytirishi. Bu usul rivojlanish strategiyasining eng murakkablaridan biri hisoblanib, uning muvaffaqiyatli amalga oshishi bir qancha faktorlarga: personal va menejerlaming layoqatiga, bozor hayotidagi mavsumiylik, kerakli pul mablag‘larining mavjudligi va hokazolarga bog‘liqdir. 2) Mikromuhit nima ? Mikromuhit deb shunday raqobat muhiti tushuniladiki, tashkilot unda nafaqat iste’mol resurslari uchun, balki ishlab chiqargan mahsulotlami sotish bozori uchun raqobat kurashini olib boradi. 3) Makromuhit nima ? Makromuhit tarmoqda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotga, umuman butun tarmoqqa ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator mexanizmlarga ega. 4) Etalon strategiya deb nimaga aytiladi va uning qanday elementlarini bor? Bozorning aniq segmentiga e’tibor berish. Bu holatda firma hamma bozorda ishlashga harakat qilmay, ma’lum aniq guruhda ishlaydi. Bunda firma mahsulot ishlab chiqarishda ixtisoslashish siyosatini o‘tkazish orqali xarajatni kamaytirishga intiladi. Firma biznesini rivojlantirishda quyidagi beshta element katta ta’sir ko‘rsatadi: a) mahsulot; b) bozor; d) tarmoq; e) tarmoq ichida firmaning о‘mi; f) texno-logiya. Yuqoridagi elementlaming firma faoliyatiga qay ma’noda ta’sir qilishi uning qanday strategiyani qo‘llashga imkon tug‘diradi. Umuman, etalon yoki bazis strategiyaning to‘rtta turi bor: 1. Jamlangan (концентрированный) o‘sish. 2. Yaxlitlashtirilgan (интегрированный) o‘sish. 3. Diversifikatsiya qilingan (диверсификацион-ный) o‘sish. 4. Qisqartirish (сокращенный). 5) Bozor segmenti nima? Bozor segmenti (lot. segmentum — qism) — bozorning sotiladigan tovarlar turi, hududiy joylashuvi, haridorlarning toifasi va ijtimoiy qatlamlari kabi belgilarga koʻra alohida qismlarga ajralishi. Bozorni segmentlarga ajratishda aholining harid qobiliyati, yashash sharoiti, yoshi va jinsi, qaysi tovarlarni afzal koʻrishi, kishilarning mehnat faoliyati, turmush tarzi, inflyatsiya darajasi, bozor infratuzilmasi va boshqa belgilar asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. Oʻz navbatida bozorda qanday valyutaning yurishi, nimaning yaxshi sotilishi, haridorlarning odatanʼanalari va feʼlatvorlari, harid qobiliyatiga muvofiq bozorga tovar yetkazib turiladi. Bozor segmenti orkali tovarlarni kam sarfharajatlar bilan yaxshi narxda sotish imkoni yaratiladi. Download 15.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling