73-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati 4-sinf o‘qituvchisi Dushayeva Rokibaxon Xakimxonovnaning


Download 17.5 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi17.5 Kb.
#1333363
Bog'liq
Хисобот Душаева Р. 2021-2022



73-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati 4-sinf o‘qituvchisi
Dushayeva Rokibaxon Xakimxonovnaning
2021-2022 o‘quv yili uchun
H I S O B O T I

2021-2022 o‘quv yilida sinf bo‘yicha 13 nafar o‘quvchini qabul qildim, ulardan 3 nafari qiz bola, 10 nafari o‘g‘il bola. O‘quvchilar ota-onalar tomonidan o‘quv jarayoniga kerakli bo‘lgan o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlar, lekin maktab tomonidan darsliklar bilan to‘liq ta’minlanmaganlar. Ota-onalar bilan sinf yig‘ilishi o‘tkazib, ota-onalar komitetining raisi va o‘rinbosarlarini saylab oldik.


Har xafta sinf soatlarida berilgaqn mavzular yuzasidan ochiq tadbirlar sifatida olib borilmoqda.
Shu oy “Boshlang‘ich ta‘lim” oyligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab ochiq tadbir, o‘qish fanidan “O‘zbekiston vatanim manim” mavzusida, ochiq darslar bilan faol qatnashdik.
Oktabr oyida Prezidentimizning 4-oktabrdan – 10 oktabrgacha “Keksalar haftaligi” ga bag‘ishlab 4-sinf ishtirokida “Faxriylarga hurmat” nomli ochiq tadbir uyushtirib, tadbirga keksa internatimizda ko‘p yil ishlagan faxriy ustozlarni taklif etib, ularga estalik sovg‘alari berdik. Shu oyda “Ona tili va adabiyoti” fan oyligi bo‘lganligi sababli o‘quvchilar o‘rtasida “Kitob mening do‘stimsan”, “O‘zbekiston”, “Kitobxonlik kechasi” she‘rxonlik tanlovi, rasmlar tanlovlari o‘tkazilib o‘quvchilarning ijodiy ishlari baholandi va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi.
Maktab rejasi asosida “PISA-2022” tadqiqodlariga tayyorgarlik ko‘rilib, o‘quvchilar 100% qatnashib borishdi. Har bir berilgan mavzularni muntazam o‘qib shu mavzular bo‘yicha berilgan testlar yechilib borildi. O‘zim ham Angren shahar XTB tomonidan tashkillashtirilgan o‘quv seminarlarida muntazam ishtirok etib, olingan malakalarni o‘quvchilarga tadbiq etib bordim.
Maktab-internat kutubxonchisi G.A.Pozdneyeva bilan birgalikda davra suxbatlari, turli xil uchrashuvlar o‘tkazib, o‘quvchilarimning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib bordim. Bunda o‘quvchilar bobokolonlarimiz hayotlari, o‘gitlari, xadislari bilan yaqindan tanishdilar. 2022-yil fevral oyida buyuk siymolarimizdan Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur tavallud kunlariga bog‘ishlab ochiq tarbiyaviy soatlar o‘tkazdim. Bunda o‘quvchilarim ulug‘ siymolarining aks etuvchi sahna ko‘rinishlar, ruboiy va g‘azallar ijro etdilar, turli videoroliklar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etilgan tanlovlarda ishtirok etib borishdi.
2022-yil mart oyida o‘tkazilgan “Kitob marafoni” o‘tkazilib, o‘quvchilarim va ota-onalari faol qatnashib, kutubxonaning boyitishda o‘z hissalarini qo‘shishdi.
“Bahor keldi” mavzusida sinf o‘quvchilari bilan turli gullar, applikasiyalar yasadik, rasmlar chizdik va tabiat qo‘yniga sayohat uyushtirdik.
“8-mart- onajonlar bayrami”ga atab “ Ona jonim – mehribonim” mavzusida tadbir o‘tkazib onajonlarni taklif etdim. Bu kechada o‘quvchilarim o‘zlarining she’r, qo‘shiq, raqs va sahna ko‘rinishlari bilan qatnashib, o‘zlari yasagan bahoriy gullarini taqdim etishdi.
“Navro‘z – bahor bayrami”ga atalgan kechaga o‘quvchilar bilan birgalikda sinfda ochiq tadbir tashkil qilib, tadbirga ularning she’rlari, qo‘shiqlari, milliy laparlari va raqslarini tomosha qildik. Bu kechada sumalak haqida ma’lumotlar berildi va sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. Angren shahar 33-sonli umumta’lim maktabida matematika fanidan o‘tkazilgan xalqaro “KANGAROO” olimpiadasida o‘quvchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
2022-yil aprel oyida Respublika ilmiy-uslubiy jurnalida “Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo ‘shimcha mashqlardan foydalanish uslublari” mavzusida maqolam bilan “Ta’lim Fidoiylari” telegram kanalida ishtirok etib sertifikat va diplomi bilan taqdirlandim. Hamda Rossiya davlatining “Образование и наука в XXI веке” jurnalida “Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanishning ahamiyati” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etib, “Моя профессиональная карьера” markazi tomonidan xalqaro sertifikat va tashakkurnomalarga ega bo‘ldim.
XTB tomonidan tashkillashtirilgan shahar miqyosida ilg‘or ish tajribalarimni ommalashtirdim va ishlarimni viloyat miqyosiga topshirdim.
May oyining 13-sanasida “Ta’lim Fidoiylari” telegram kanalida tashkil etilgan onlayn olimpiada testida faol ishtirok etib, birinchi darajali diplom va Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Registon ta’lim loyihasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi hamkorligida Respublika miqyosida tashkil etilgan REGISTON STIPENDIYASI tanlovida faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandim.
Sinf o‘quvchilarim bilan birgalikda “9-may Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan maktab internatimizda ko‘p yillar ishlab yosh avlodga talim tarbiya bergan fahriy ustozimiz Kulboboyeva Mukarram opani sanatoriyga borib tabriklashdi va estalik sovg‘alarini topshirishdik. Ustoz o‘quvchilar bilan suhbatlashib juda xursand bo‘ldilar.
O‘IBDO‘ N.Sh.Fettayeva bilan birgalikda ikkinchi yarim yillik uchun o‘qish tezligi tekshirilib, yaxshi o‘qigan o‘quvchilarga I, II, III darajali diplomlar berildi. Sinf o‘quvchilarim o‘qish tezligini 92% bajarishdi.
Maktab-internatining ichki monitoring tashkil etilib, o‘quvchilarimdan test va nazorat ishlari olindi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi: _______R.X.Dushayeva
Download 17.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling