v
O’zbеkiston Rеspublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi
Namangan viloyat Xalq Ta’limi Boshqarmasi
Namangan shahar
Davlatobod tumani xalq ta’limi
bo’limiga qarashli
79-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
INFORMATIKA VA AT
fani o’qituvchisi
IBRAGIMOVA NAIMA XAKIMJANOVNANING
9- sinflar uchun
“Pythonda sodda masalalarni dasturlash ”
mavzusida yozgan
d ars ishlanmasi
Mavzu: Pythonda sodda masalalarni dasturlash I.O’quv maqsadi.
II.Asosiy shakli va turi.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: suhbat, T-sxema, “Savol-javob” ,”Aqliy hujum”,”Kuz” metodi,”MY ART “metodi,”Imkoniyatlar” metodi.
Dars turi: Yangi bilim va ko’nikmalarni shakllantiruvchi.
Dars shakli:savol-javob,jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi:elektron resurslar,darslik, plakatlar,ko’rgazmalar,krossvord,tarqatmalar.
DTS: Python dasturida chiziqli dasturlarni tuzish haqida bilimga ega bo`lish.
Nazorat : og’zaki,savol-javob,muhokama,kuzatish
Baholash : rag’batlantirish,5ballik reyting tizimi asosida
III.O’quv manbalari.
1)darslik,metodik qo’llanma
2)internet resurslari : www.uzedu.uz , www.ZiyoNet.uz, www.edunet.uz, www.bilim.uz , www.namakt.uz , www.dr.rtm.uz, https://pythonru.com/
3)elektron resurslar: Respublika Ta’lim Markazi elektron darsliklari, Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi resurslari.
IV.Dars tafsiloti va texnologik xaritasi
№
|
Dars
bosqichlari
|
Qisqacha tavsif
|
Qo’llaniladigan usullar va vositalar
|
vaqt
min.
|
1
|
Tashkiliy qism
|
1)salomlashish
2)sinf jurnalini to’ldirish
3)o’quvchilarni darsga hozirlash
4)navbatchi hisoboti
5)ma’naviyat daqiqasi:Respublikamizda dasturchilikka berilayotgan e’tibor,bir million o’zbek dasturchilari uzbekcoders.uz haqida qisqacha suhbat o’tkazish.
|
Muloqot
Suhbat
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzu va uy vazifasini tahlili
|
1.Uy vazifasini bajarilganligini tekshirish.
2. Kichik guruhlarga bo’linib, kartochkalar bilan ishlash.
Savollarga og’zaki javob olish.
Sinf 2 guruhga bo’linadi,har bir guruh o’ziga nom qo’yadi.Turli shartlar bo’yicha bellashadi.
1-shart. Doskaga osilgan “savollar”daraxtidan 1tadan kartochka tanlaydi.Savollar:
1.Algoritm deganda nimani tushunasiz?
2.Algoritm so’zi qaysi alloma nomidan olingan?
3.Algoritmning qanday turlari bor?
4.Qanday algoritmlar Chiziqli algoritm deyiladi?
5.Chiziqli algoritmlarga hayotimizdan misollar keltiring.
6.Python dasturi qachon, kim tomonidan yaratilgan?.
7.Python dasturida yaratilgan qanday ilovalarni bilasiz?Yana qanday dasturlar nomini bilasiz?
8.Python dasturida qanday matematik amallarni bajarish mumkin?
9. Identifikator nima?
10. Ma’lumot va qiymatlarni dasturga kiritish uchun qaysi operatordan foydalaniladi?
2-shart.Krossvord yechish.Guruhlar tomonidan o’tilgan mavzularga doir krossvord yechiladi
|
Musobaqa –kim zukko?
“Savollar”daraxti plakati
Kichik guruhlar bilan ishlash
“Kuz”metodi.
|
10
|
3
|
Motivatsiya
|
Hozirgi kunda mamlakatimizda Dasturchilarga bo’lgan talab
|
Aqliy hujum
|
3
|
4
|
Yangi mavzuning qisqacha bayoni,asosiy tushunchalar
|
Sodda masalalarni dasturlash tartibi:
1.Asosiy ma’lumotlar va ularning turini aniqlash.O’zgaruvchilar uchun nom tanlash.
2.Natija qanday va qaysi turga mansub bo’lishini aniqlash.Natijani akslantiruvchi o’zgaruvchilar nomini tanlash.
3.Ma’lumotlarni kiritish,hisoblash va natijani ekranga chiqarish kabi qadamlardan iborat algoritmni tuzish.
4.Tuzilgan algoritmga turli qiymatlar berib,uning to’g’riligini tekshirish.
|
Mavzuga doir slayd
Bahs-munozara
Aqliy hujum
|
15
|
5
|
Mavzuni
mustahkam-lash
|
3-shart.
1. darslikda berilgan 1-2-mashqlar amaliy yechiladi
4-shart.Mening dasturlash ijodim.
|
dars musobaqa tarzida o’tiladi.
“MY ART” metodi orqali guruhdagi o’quvchilar kompyuterda ijod qilishadi.
|
10
|
6
|
O’quvchilar bilimini baholash
|
5ballik tizim asosida
Rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantirish
|
“Imkoniyatlar”metodi.Bunda 1,2,3,4 ballarga mos qiyinchilikdagi savollar bali yetmayotgan o’quvchiga beriladi,natijada o’quvchi balini ko’tarish imkoniyatiga ega bo’ladi
|
2
|
7
|
Uy vazifasini belgilash
|
1)dars bo’yicha savollarga yozma javob yozish.
2)3-4-masalalarni bajarish.
|
Sinf doskasi
Slayd
|
1
|
8
|
Darsni yakunlash.
Dars maqsadidan xulosa chiqarish
|
Pythonda sodda masalalar yechish mavzusini o’rganish o’quvchi masalalarni hal qilishda algoritmlar tuzishni o’rganadi,matematik savodxonligini oshiradi,fikrlashini rivojlantiradi,mantiqiy fikrlashi va aqliy xulosalar chiqarish qobiliyatini rivojlantiradi.
|
Suhbat
|
1
|
Do'stlaringiz bilan baham: |